Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi


po‘stloq  yuzaga  keladi;  u  o‘znavbatida  uch  qismdan:  ekzoderma,  mezoderma,  endodermadan  iborat.  Ekzoderma



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

po‘stloq  yuzaga  keladi;  u  o‘znavbatida  uch  qismdan:  ekzoderma,  mezoderma,  endodermadan 
iborat. 
Ekzoderma bir yoki bir necha qavat hujayradan iborat bo‘lib, rizoderma ostida joylashadi. 
Rivojlanishning dastlabki davrida ular bir-biriga zich joylashgan parenxima hujayralardan tashkil 
topadi. Keyinchalik hujayra devorida suberin to‘planadi, lekin tiriklik xususiyatini yo‘qotmaydi. 
Shu xususiyati bilan rizodermaning po‘kak qavatidan farq qiladi. 
Mezoderma bir nech qavat parenxima hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, ekzoderma va 
endoderma  o‘rtasida  joylashib  birlamchi  po‘stloqni  yuzaga  keltiradi.  Uning  chetki  hujayralari 
mayda va zich joylashgan bo‘lib, o‘rtadagi hujayralari yirik, ularni orasida bo‘shqalar uchraydi. 
Bu  bo‘shliqlar  a  e  r  i  n  x  i  m  a  to‘qimalarni  hosil  qiladi  va  ildiz  o‘qi  bo‘ylab  cho‘zilib 
kanalchalarga aylanadi. Aerinxima to‘qimalar orqali po‘stloq va rizoderma hujayralarining nafas 
olishi  uchun  havo  va  gazlar  harakatlanadi.  Aerinxima  to‘qimasi  botqoqda  o‘suvchi 
o‘simliklarning ildizida bo‘ladi. 
Endoderma birlamchi po‘stloqning ichki qavatini tashkil etadi. Uning hujayralari bir-biri 
bilan  zich  joylashgan  uzun  va  qisqa  tirik  parenximadan  iborat.  Asosiy  vazifasi  mezodermadan 
ko‘ndalangiga oqib keladigan moddalarni markaziy uzoqqa (stelga) yo‘naltirishdan iborat. 
Ontogenez  jarayonida  endosperma  hujayralari  zich  joylashib  uzunasiga  ketgan  bir  qator 
(kamdan-kam ikki qator) holda joy oladi. Bu hujayralar yupqa po‘stli bo‘lib, Kaspar halqasi yoki 
belbog‘ini hosil qiladi. Bu davrda plaunlardan tashqari boshqa hamma  o‘simliklarda ko‘rinadi. 
Ko‘pchilik  yuksak  sporali  o‘simliklarda  endodermaning  taraqqiyoti  birinchi  davr  bilan 
chegaralanadi.  Biroq,  ko‘pchilik  o‘simliklarda  endoderma  ikkinchi  davrga  o‘tadi.  Ikkinchi 
davrda  endoderma  po‘stining  ichkari  tomonida  selluloza  bilan  suberindan  tashkil  topgan  yaxlit 
qalinlashgan  qavat  hosil  bo‘ladi,  buni  yon  ildizlar  vujudga  kelgach  zonada  ko‘rish  mumkin. 
Biroq,  o‘q  ildizning  ksilema  gruppalari  qarshisidagi  qalinlashmasdan  qolgan  hujayralar 
(o‘tkazuvchi  hujayralar)  boshlang‘ich  holatiga  qoladi.  O‘tkazuvchi  hujayralar  o‘simliklar 
hayotida  benihoyat  katta  ahamiyatga  ega.  Chunki,  po‘stloqdan  keladigan  moddalar  markaziy 
o‘zakka (stelga) va steldan po‘stloqqa faqat endodermaning tirik protoplasti orqali o‘tadi. Kaspar 
halqasidan moddalar o‘tmaydi. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish