6. Aerenxima to‘qimalari
Aerenxima (yunon, aer-havo, enxima-to‘ldirilgan) hujayralarning oralig‘i havo bilan
to‘ldirilgan bo‘lib, suv ostida yoki suv yuzasida qalqib o‘suvchi g i d r o f i t (yunon, gidro-suv,
fiton-o‘simlik) va ba’zi quruqlikda o‘suvchi o‘simliklarga xos xususiyatlardan hisoblanadi.
Aerenxima to‘qimalari o‘simliklarni havo (kislorod va karbonat angidrid) bilan ta’minlaydi,
o‘simlik to‘qimalarini engil qiladi, shuning uchun ham suvda o‘suvchi o‘simliklar suv yuzasida
qalqib tura oladi (zulfio kabilar, o‘q barg, suv ayiq tovoni va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |