Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

5. Botanikaning asosiy bo‘limlari. 
Botanika  (yunon.  botane-o‘t,  ko‘kat,  giyoh,  o‘simlik)  o‘simliklarning  hayoti,  taraqqiyoti, 
tuzilishi,  tarqalishi  va  ulardan  foydalanish  usullarini  o‘rganuvchi  fan.  Bu  fan  o‘z  taraqqiyoti 
mobaynida  tekshirish  obyektlariga  qarab,  o‘simlikni  hamma  tomonlama  o‘rganadi.  Tarixan 
botanika  bir  qancha mustaqil  fanlaga  bo‘linadi,  har  qaysi  fanning  o‘z  oldiga  qo‘ygan  vazifalari 
va metodlari bo‘ladi. 
Morfologiya  (yunon.  morfo-shakl,  logos-fan)  o‘simliklarning  tashqi  tuzilishi,  shakli, 
individual rivojlanishi (ontogenezi) va tarixiy taraqqiyoti (filogenezi) ni o‘rganadi. 
O‘z  navbatida  o‘simliklar  anatomiyasi-o‘simliklarni  ichki  tuzilishini,  asosan  mikroskop 
yordamida  o‘rganadi;  o‘simliklar  sitologiyasi  (yunon.  sitos-hujayra)  o‘simlik  hujayralari, 
ularning  tuzilishi,  organlari  va  ularni  funksiyalarini;  embriologiya  (yunon.  embrion-murtak) 
murtak  hosil  bo‘lishi  va  uning  rivojlanishi;  gistologiya  (yunon.  gistos-to‘qima)  o‘simliklarni 
organlaridagi  to‘qimalarni  joylanishi  va  tuzilishini  o‘rganadi;  gistoximiya-o‘simlik  to‘qima  va 
hujayralaridagi moddalarni joylanishi ximiyaviy reaktivlar va mikroskop yordamida o‘rganadi. 
Palinologiya (bion. polin-chang)-o‘simliklarni chang va sporalarini tekshiradi; karpologiya 
(yunon.  karp-meva)-mevalar  tavsifi  va  ularning  organlari  tuzilishidagi  uchraydigan  anomal 
(yunon. anomaliya-g‘ayri, o‘zgacha-umumiy tartibdan chetga chiqish) holatlarini o‘rganadi. 
O‘simlik fiziologiyasi-o‘simlik organizmida sodir bo‘ladigan barcha hayotiy protsesslarni 
(modda almashish, o‘sish, oziqlanish, nafas olish, fotosintez, rivojlanish va boshqa masalalarni) 
o‘rganadi.  Murakkab  biologik  hodisalargi  o‘rganishga  zamonaviy,  fizik,  ximik  metodlardan 
foydalanadi. 


 
46 
O‘simlik  bioximiyasi  –  bu  fan  organizmlar  tarkibiga  kiradigan  ximiyaviy  birikmalarning 
o‘zgarish jarayonlarini hamda tashqi sharoitdan organizmlaga kiradigan moddalarni o‘rganadi. 
O‘simliklar  sistematikasi  –  o‘simliklarni  kelib  chiqishiga  hamda  urug‘doshlik 
(qarindoshlik)  xususiyatiga  qarab,  ularni  alohida  gruppalar-taksonlar  (yunon.  taksis-tartib 
bo‘yicha  joylashish)  –  turkum,  oila,  qabila,  sinf  va  bo‘limlarga  ajratib,  klassifikatsiyaga  solib, 
gruppalar orasidagi urug‘doshlik (qarindoshlik) munosabatlari va o‘simlik olami evolyutsiyasida 
muayyan  gruppalarning  tutgan  o‘rnini  belgilash  bilan  shug‘ullanadi.  Bu  masalani  hal  etishga 
sistematika  faqatgina  morfologiya  ma’lumotlari  bilan  chegaralanmasdan  botanika  fanining 
hamma ma’lumotlariga asoslanadi. 
O‘simliklar sistematikasi tuban va yuksak o‘simliklar sistematikasiga bo‘linadi. 
Daraxt  va  butalarning  morfologiya,  sistematika  ekologiya  va  xo‘jalik  ahamiyatini 
Dendrologiya  (yunon.  palayos-qadimgi)  –  bu  qazilma  holda  uchraydigan  o‘simliklar  haqidagi 
fan bo‘lib, o‘simliklar olamini rivojlanish tarixini bilish uchun muhim ahamiyatga ega. 
Fitotsenologiya  (yunon.  fiton-o‘simlik,  kaynos-umumiy),  fitosenologiyaning  sinonimi 
geobotanika  (yunon.  geo-yer,  botanika  o‘simlik),  ya’ni  yer  yuzidagi  o‘simliklar  uyushmasi 
to‘g‘risida ta’limot, bu ta’limot 191 yilda Gams tomonidan taklif qilingan. 
O‘simliklar  geografiyasi  Yer  yuzidagi  o‘simliklar  (tur,  turkum,  oila)  hamda  o‘simliklar 
uyushmalarini yer yuzi bo‘ylab tarqalishi va taqsimlash qonuniyatlarini o‘rganadi. 
O‘simliklar  ekologiyasi  (yunon.  oykos-uy)  o‘simliklarni  o‘zaro  va  tashqi  muhit  bilan 
bog‘liq bo‘lgan munosabatini o‘rganadi. 
Fan  va  texnika  taraqqiy  etayotgan  hozirgi  zamonda  botanikaning  yana  bir  tarmog‘i 
iqtisodiy botanika rivojlandi. Bu fan oziq–ovqat, to‘qimachilik, sellyuloza, yog‘och ishlash, dori-
darmon  sohasidagi  ko‘pgina  masalalarni  hal  etadi.  Yovvoyi  o‘simliklarni  foydali  xossalarini, 
ularni  tabiiy  ehtiyoj  boyliklarini  ularni  madaniylashtirish  imkoniyatlarini  iqtisodiy  botanika 
o‘rganadi. 
 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish