45
1922 yilda Kozo - Polyanskiyning nazariy morfologiya va gulli o‘simliklarni filogenezi
to‘g‘risida ilmiy ishlari bosib chiqildi. U o‘simliklarga mansub biogenetik qonun ishlab chiqdi,
ontogenez va filogenez masalalarini muhokama qildi. Moskva dorilfununining professori M.I.
Golenkin (1864-1941) suvo‘tlarning ontogenezi bilan shug‘ullangan. 1927 yilda yopiq urug‘li
o‘simliklarning bor davrida tarqalish sabablari to‘g‘risidagi nazariyani rivojlantirdi. Evolyusiya
prosessida yopiq urug‘li o‘simliklarning vegetativ organlari o‘zgarib turuvchi tashqi muhitga
moslashganligini ko‘rsatdi.
Yirik Rossiya olimi N.I. Vavilov (187-1941) tomonidan ta’riflab berilgan
gomologik qator
ta’limotini tadbiq etib, hayvonlar va o‘simliklar dunyosi taksonomik birliklarining filogenetik
aniqlash qonun yaratildi.
Sobiq Sovet davrida o‘simliklar morfologiyasi sohasida bir qancha yirik tadqiqotchilar
etishdi. I.G. Serebryakov ekologik morfologiya, N.N. Kaden karpologiya, A.G. Taxtadjyan
yuksak o‘simliklarni evolyutsion morfologiyasi, V.G. Aleksandrov yopiq urug‘li o‘simliklarning
generativ organlari sohasida ilmiy ishlar bilan namoyon bo‘ldilar. V.G. Aleksandrov va uning
shogirdi madaniy o‘simliklarning anatomiyasi, P.A.Baranov, O.N. Radkevich, V.K.
Vasilevskaya ekologik-anatomiya sohasida ishlab amaliy masalalarni hal qilishga erishdilar.
O‘zbekiston F.A ning botanika institutida hozirgi va qazilma o‘simliklarni o‘rganish va
o‘simliklardan ratsional foydalanib ish olib borayapti. Bu sohada yirik monografiyalar nashr
etildi. Beruniy mukofotiga sazovor bo‘lgan 6 jildli «O‘zbekiston florasi», akademik E.I.
Korovinning 2 jildli «O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘istonning o‘simliklar qoplami», akademik
K.Z. Zokirovning 2 jildli «Zarafshon daryosi havzasining florasi va o‘simliklarning qoplami» va
10 jildli «O‘rta Osiyo o‘simliklarining aniqlagichi» kabi monografiyalar nashr etildi.
Respublikamizda o‘nlab yirik universitetlar va pedagogik institutlarda botanika kafedralari
bo‘lib, ularni ilmiy ishlari o‘lkamizni «florasi» ni, o‘simliklar qoplamini o‘rganib, undan
ratsional foydalanishga qaratilgan.
Atrofimizni o‘rab olgan tabiat tirik va o‘lik jismlardan iborat. Mashxur Shved olimi K.
Linney (VIII asr) da tirik va o‘lik tabiatni ikki olamga: O‘simliklar (yoki) va hayvonlarga
ajratgan. Ammo, XX asr o‘rtalariga kelib, turli organizmlarni hujayrasi chuqur o‘rganilgandan
so‘ng hamma tirik organizmlar prokariot (yunon. - «pro» - oldin, «kariot» - yadro), ya’ni
yadrogacha va eukariot (yunon «eu» - yaxshi, «kariot» - yadro), chin, asl yadrolilarga bo‘lib
o‘rganilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: