Gomologik organ (yunon. gomologik-o’xshash, xos) kelib chiqishi bir xil, lekin tuzilishi,
shakli va bajaradigan vazifalari (funksiyalari) har xil bo’lgan organlar gomologik organlar deb
ataladi. Masalan, no’xatning gajagi, zirkning tikani, nepentesning ko’zachasimon barglari misol
bo’la oladi. Bularning barchasi kelib chiqishga ko’ra barg bo’lsa ham, lekin turlicha vazifa
bajaradi. Jumladan, gajak novda juda xilma-xil funksiyalarni bajarishga moslashganligi uchun
ham tashqi ko’rinishi juda o’zgaruvchandir. Evolutsiya jarayonida barg, poya va ba’zan kurtak
bir vaqtda metamorfozga uchrab borgan. Novdalarning asosiy shakl o’zgarishlarini ko’rib
chiqamiz.
Ildizpoya. Ildizpoya deb-yer ostida gorizontal yoki biroz egri bo’lib o’sadigan, ba’zi
moddalarni g’amlab to’playdigan va ko’pincha vegetativ ko’payish uchun xizmat qiladigan
shakli o’zgargan novdaga aytiladi. Ildizpoya bo’g’in va bo’g’in oraliqlari, reduksiyalangan
barglar va yon kurtaklar bo’lib, qo’shimcha ildizlar yordamida mustahkam birikib turadi. Har
yili ildizpoyadan yer ustiga chiqadigan bir yillik novdalar hosil bo’ladi. Ildizpoyaning uchida
kurtak bo’ladi va uning faoliyati tufayli bir tomonga qarab har yili o’sadi. Ildizpoyaning eski
«qarigan» qismi esa asta-sekin nobud bo’ladi. Tik o’sadigan ildizpoyalar valeriana, cheremsha
o’simliklarida, gorizontal ildizpoyalar esa rang bug’doyiq , go’may, ajriq, marvaridgul, kupena,
kasatik va boshqa o’simliklarda uchraydi. Ildizpoyalarning hayoti uch-to’rt yildan bir necha
yillargacha davom etish mumkin.
Yer ostki stolonlar va tuganaklar. Ba’zi o’simliklar poyasining eng ostki qismidagi
kurtaklardan yoz oylarida yangi novdalar hosil bo’ladi, ular yer osti bo’ylab gorizontal o’sadi.
Ana shu novdalar stolonlar deyiladi va oq rangdagi ingichka, hamda mo’rt poyachalar bo’lib,
226
rangsiz tanachasimon mayda-mayda bargchalarga ega. Bu hodisani sedmichnik o’simligida
kuzatish mumkin. Demak, stolonlarda zapas modda yig’ilishi sodir bo’lmaydi. Bu funksiyani
tuganaklar bajaradi. Tuganaklarning ildizpoyalardan farqi, asosan ularning shaklidadir
(ovalsimon, sharsimon). Tuganak o‘qi kuchli yo’g’onlashgan bo’lib, barglar juda ham
reduksiyalangan va ko’pincha qo’shimcha ildizlarni umuman hosil qilmaydi (masalan
kartoshkada).
Yer usti stolonlar va bachkilar. Ba’zi o’simliklarda ularning har bir yangi novdasi bahorda
plagiotrop holatdagi bachkilar ko’rinishida hosil bo’ladi. Ular yer usti bo’ylab o’sib boraveradi
va ildiz otadi. Ildiz otgan joydan yangi o’simliklar hosil bo’ladi. Bachkilarning funksiyasi
ko’proq maydonni egallash va vegetativ ko’payishdir. Shuning uchun ham bachkilarning yer
ustki stolonlar deyishimiz mumkin. Masalan, kostyanka, zemlyanika, qulupnay kiradi.
Piyozboshlar. Piyozbosh-qisqargan yer osti novda hisoblanadi. Uning qisqargan poyasi
(donse) bo’lib, yerga qo’shimcha ildizlar orqali birikib turadi.
Tuganak-piyozboshlar. Tuganak piyozboshlar tuganaklar bilan piyozboshlar o’rtasidagi
oraliq shaklni egallaydi. Ustki tomondan ular quruq tangachalar bilan qoplanganligi uchun
piyozboshga o’xshab turadi. Ichki qismida esa tangachalar emas, balki poya qismi (donse)
yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Kaudeks. Ko’p yillik o’tchil o’simliklarning va chala butalarning ko’pchiligida yaxshi
taraqqiy etgan ildizdan tashqari kaudeks (lat. to’nka, tana) shakllanadi. U kelib chiqishi jihatidan
novda hisoblanadi va unda ko’plab kurtaklar bo’lib, unda oziq moddalarni g’amlangan holda
to’playdi.
Sukkulent o’simliklarning novdalari. Suv g’amlashga faqat yer osti novdalar-
piyozboshlargina emas, balki yer ustki novdalar ham mutaxassislashgan bo’lishi mumkin. Bunda
suvni poya ham, barg ham va hatto kurtak ham g’amlashi mumkin.
Bargli sukkulentlarga semizo’tlar, loladoshlar, chuchmomadoshlar oilalariga kiruvchi
o’simliklar misol bo’ladi. Ularning barglari o’z funksiyasini (fotosintez) saqlagan holda suvni
to’playdigan kuchli parenximaga egadirlar. Kurtakning sukkulent organga aylanishini madaniy
karam o’simligida ko’rish mumkin.
Poyali sukkulentlarga asosan kaktuslar va sutlamalar oilalarining vakillarini misol qilish
mumkin. Bunday o’simliklarda poya shakli o’zgarib sukkulentga aylanadi.
Yer ustki novdalarning boshqa shakl o’zgarishlari. O’simliklarda uchraydigan tikanlar
kelib chiqishiga ko’ra ikki xil bo’lishi mumkin. Kaktuslarning va zirk daraxtining tikanlari
bargning shakl o’zgarishlariga kiradi. Ko’p o’simliklarning, masalan, yovvoyi olma va
noklarning do’lana va gledichiyaning tikanlari poyaning shakl o’zgarishidan hosil bo’lgan. Har
qanday tikanlarning hosil bo’lishiga asosiy sabab namlikning butunlay yoki qisman
yetishmasligidir. Bundan tashqari ular, himoya vazifasini bajaradi.
Ba’zi o’simliklarning poyasi yoki butun novdasi metamorfozga uchrab bargsimon
tuzilishga ega bo’lgan fillokladiy yoki kladodiyga (yunon. fillon-barg, klados-shoxcha) aylanadi.
Bularga misol iglitsa turkumini olish mumkin. Ularning novdasida poyasi shakl o’zgarib xuddi
bargga o’xshab qoladi, rangi yashil bo’lib fotosintez shu yerda sodir bo’ladi. Uning ustida gullar
shakllanadi. Odatdagi barglarda bu hol hech qachon uchramaydi. O’zining haqiqiy barglari esa
eng uchki qismida tikan yoki tangachaga aylangan bo’ladi.
Ilashib o’suvchi o’simliklarda ularning bargi yoki poyasi gajaklarga aylanishi mumkin.
Bunday o’simliklarning poyasi ingichka, nozik tuzilganligi uchun mustaqil ravishda o’zini tik
tuta olmaydi, shuning uchun gajaklar biror obyektga chirmashib oladi va poyani ushlab turadi.
Burchoqdoshlar oilasining turlarida bargning shakl o’zgarishidan hosil bo’lgan gajaklarni ko’rish
mumkin. Masalan, no’xat, burchoq o’simliklarida bargning eng uchki qismi yoki bargning o’zi,
ba’zan yon bargchalar gajakka aylanadi. Poyaning shakl o’zgarishidan hosil bo’lgan gajaklarni
yovvoyi va madaniy toklarda, pasiflor va boshqa o’simliklarda uchratish mumkin.
Sho’rxok cho’llarda o’suvchi qizil sho’ra qumli cho’llarda o’suvchi qora saksovul va
boshqalarda barglar reduksiyalangan ular sal ko’rinadigan bo’rtmalar shaklida, shuning uchun bu
xildagi o’simliklar afill (yunon. a-inkor, yo’qlikni bildiradi, fillon-o’simlik) o’simliklar deb
227
aytiladi. Bunday o’simliklarda fotosintez vazifasini xlorofillga boy bo’lgan bir yillik novdalar
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |