224
asos, tub) rivojlanish deyiladi. Rivojlanishning bunday usuli shoxcha, novdaning ichki
tomonidan asos tomonga qarab o’sish vaqtida ko’rinadi. Rivojlanishning bunday usuli shoxcha,
novdaning ichki tomonidan asos tomonga qarab o’sish vaqtida ko’rinadi. Bazipetal o’sish
ko’pincha suvo’tlarida (vosheriya), urug’li o’simliklarda barglarni o’sishi (begoniya) misol
bo’ladi.
4.
Soxta dixotamiya. Ba’zan uch kurtak o’sishidan to’xtaydi, uning tagidagi yon
kurtaklar tez o’sib asosiy kurtakdan katta bo’lib ketadi. Bunday shoxlanishga soxta dixotamik
shoxlanish deb ataladi. Bunday shoxlanishni nastarinda va qo’shaloq shoxchali to’pgullarda
uchraydi. Masalan, chinniguldoshlarning ko’pchilik vakillari misol bo’la oladi. Dixotamik va
yon shoxlanishning oraliq shakliga anizotomiya (yunon. an-aksincha, izo-bir xil) deb ataladi.
Bunday shoxlanish vaqtida dixotamik shakldagi shoxchaning biri o’sishini davom ettiradi,
ikkinchisi esa o’sishidan to’xtaydi va yon shoxchaga aylanadi.
Yuksak o’simliklarni evolutsiyasida yon shoxlanishning rivojlanishidan monopodial (lat.
monos-bitta, podos-o’q novda, tarmoq) va simpodial (yunon. sim – birgalikda, yonma-yon)
shoxlanish rivojlangan.
5.
Monopodial shoxlanish. Bunday shoxlanish natijasida o’simliklarning asosi (bosh)
tanasi o’sishni to’xtatmaydi va o’sish nuqtasidan pastroqda, yuqoriga ko’tariluvchi yon shoxlar
hosil qiladi. Yon tomondan o’sib chiqqan shoxlar xuddi o’sha yo’sinda o’sadi va shoxlanadi.
Bunday shoxlanishni bargli yo’sinlarda, qirq bo’g’imlarda, qarag’ayda, yelda va talaygina bargli
daraxtlarda (dub, shumtol, tog’terak, zarang va boshqalarda) ko’rish mumkin.
Bir yillik va ko’p yillik o’tchil o’simliklarda shoxlanishning tepa-bosh o’qida yoki
to’pgullar hosil bo’ladi va pirovardida o’sishdan to’xtaydi. Masalan, ko’knori. Bu o’simlik
urug’dan ko’karib chiqqandan so’ng, o’sib bitta monopodial shoxcha (novda) ga aylanib
vegetatsiya davrini oxirida gul hosil qiladi. Monopodial shoxcha (novda) pastrog’ida bir necha
yon shoxchalar (novdalar) rivojlanib, ularni ham o’z navbatida gul hosil qiladi.
Ko’p yillik o’tchil o’simliklarda monopodial shoxcha (novda) bir necha yil davomida
o’sib, qisqargan monopodiy hosil qilishini zubturumda ko’rish mumkin.
4.
Simpodial shoxlanish. Simpodial shoxlanish juda ko’p tarqalgan bo’lib monopodial
shoxlanishdan hosil bo’ladi. Monopodiyning asosiy o’sish nuqtasi (o’qi) o’sishdan to’xtaydi yoki
yonga surilib qoladi, uning o’rnini esa tepa tagidan chiqqan yon egallab, asosiy o’q tomonga
qarab o’sadi. Keyinchalik bu shox ham o’sishdan to’xtab, yonga so’riladi. Bunday shoxlanish
daraxtlardan: tol, oq qayin, olma, nok, shaftoli, o’rik, gilos anjir, va boshqa daraxt hamda
butalarda uchraydi. O’tchil o’simliklar orasida simpodial shoxlanish ituzumdoshlar,
ayiqtovondoshlar, gulxayridoshlar (g’o’za) oilalarida uchraydi. Gulli o’simliklarning simpodial
shoxlari gullab meva beradi.
Tepa kurtakning nobud bo’lishi natijasida yon kurtaklar ochilib yirik shoxlarni o’sishiga
sababchi bo’ladi. O’simliklarni bu biologik xususiyati muhim amaliy ahamiyatga ega. Shunga
asoslanib, mevali daraxtlarni bermaydigan o’suvchi (monopodial) shoxlari kesib tashalanadi.
O’simlikka shakl beriladi. Bundan tashqari o’suvchi shoxlarni kesish, uxlovchi kurtaklarni qayta
ko’karishdan simpodial shoxlar rivojlanadi.
Shoxlanish qonuniyatini o’rganish muhim amaliy ahamiyatga ega. Binobarin, shoxlanish
qonuniyatini o’rganib o’simliklarni hosildorligini muntazam ravishda oshirish mumkin. Shuning
uchun ham g’o’za hosilga o’tish davrida uning tepa o’sish nuqtasi kesib tashlanadi. Bu usulni
qo’llash natijasida g’o’zaning hosildorligi har bir gektar maydondan 2-3 sentnerga oshadi.
Toklarni o’suvchi novdalarini kesib tashlash ham hosilni oshishiga sababchi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: