225
mustahkam belgiga aylanib qolish hollari ko’rinadi. Masalan, gulli parazitlardan zarpechak va
shumg’iyalarda barglari reduksiya (lot. reduksio-qisqarish)lanib juda juda mayda po’stlarga
aylangan. Bu jarayon o’simliklarning yashash sharoitiga moslashuvi tufayli sodir bo’ladi.
Zarpechak va shumg’iyada barg va ildizlar reduksiyalangan bo’lib, boshqa o’simliklarni tanasiga
so’rg’ichlari yordamida o’rnashib tekinxo’rlik qilib o’sadi. Shuningdek, tropik o’rmonlarda
o’suvchi rafleziyada vegetativ organlarning yanada ko’proq reduksiyalanganligi ko’rinadi.
Ularda ildizlar ham bargli novdalar ham bo’lmaydi. Faqat tortmalar-so’rg’ichlar (gaustoriyalari)
yordamida xo’jayin o’simlikning po’stlog’i orasiga o’rnashib parazitlik qilib o’sadi va juda ham
yirik gul hosil qiladi. Ba’zan o’simliklarda biror organning butunlay yo’qolib yoki nobud
bo’lganligini uchratish mumkin. Masalan, sigirquyruqdoshlarda beshta changchilarning
ikkitagacha, bug’doydoshlarda oltita changchilarning bittagacha saqlanib qolganligini va
boshqalarni nobud bo’lganligini ko’rish mumkin: butguldoshlarda esa to’pguldagi qoplagich
barglar butunlay rivojlanmasdan qolgan. Bunday organlar abortiv (lat. abortivis-chiqarib
tashlash) organlar deb ataladi.
O’simliklar olamida ba’za biror organ taraqqiyotining ikkinchi organ taraqqiyotiga
bog’langan holda o’sish hollari uchrab turadi, bu hodisaga korrelyasiya (lot. korrelyasis-nisbat,
munosabat) deb ataladi. Korrelyasiya so'zini biologiya faniga birinchi marta fransuz olimi J.
Kyuve kiritgan. Hozirgi vaqtda bu hodisaga o’simlikshunoslikda keng qo’llanmoqda. Masalan,
gulxonalarda gul ko’chatlarini ildiz uchini kesib tashlash vositasi bilan yon va qo’shimcha
ildizlarni rivojlanishiga imkon yaratiladi. G’o’zaning bosh va yon novda uchki o’sish nuqtasi
chilpib tashlansa, oziq moddalar ko’proq hosil shoxlariga o’tadi, natijada yosh shonalar
to’kilmasdan tez rivojlanib ko’sak erta pishadi va hosildorlik oshadi.
Analogik va gomologik organlar. O’simliklardagi xilma-xil organlar evolutsiya jarayonida
shaklan keskin o’zgarib metamorfozga uchrab nasldan-naslga o’tib, shu darajada o’zgargan
bo’ladiki, uni qaysi organdan kelib chiqib kelishini faqat solishtirma – morfologik usul asosida
aniqlash mumkin. Chunonchi, analogik va gomologik organlarni o’rganish yuksak o’simliklar
vegetativ va generativ organlarining yoki shu organ qismlarining kelib chiqishini tushuntirishga
yordam beradi.
Analogik organ (yunon. analogiya-o’xshashlik) – kelib chiqishi har xil, bajarilgan vazifasi
(funksiyasi) va shakli bir xil bo’lga organlarga analogik organ deb ataladi. Masalan, zirkning
tikani o’zgargan barg, gledichiya (tikan daraxt), do’lananing tikani esa shaklni o’zgartirgan
novda (shoxcha) dir.
Do'stlaringiz bilan baham: