Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

Savollar va topshiriqlar. 
1.  Qutblilik nima? 
2.  Qanday gullar aktinomorf, zigomorf, asimmetrik gul deyiladi? Misollar keltiring. 
3.  Shoxlanishning qanday tiplarini bilasiz? 
4.  Konvergensiya, reduksiya nima? 
5.  Qaysi organlar gomologik va analogik organlar deyiladi? 
 
 
19 - Mashg‘ulot. 
O‘SIMLIKLARNING VEGETATIV KO‘PAYISHI.  
 
O’simliklarning  vegetativ  ko’payishi.  Vegetativ  ko’payish  (lot.  vegetativus-o’sish)  – 
o’simliklarning  jinssiz  ko’payish  formalaridan  biri  bo’lib,  bir  o’simlikdan  bir  organizmning 
yuzaga kelishi bilan izohlanadi. 
Vegetativ ko’payish barcha o’simliklarga xos belgidir. Bu jarayon bir va ko’p hujayrali 
suvo’tlarida (spirogira, vosheriya, valoniya, kaulerpa va boshqalar) zamburug’ va lishayniklar 
tanasining regeneratsyaga qarab tananing bir necha bo’laklarga bo’linib ketishi  yoki  yuksak 
o’simliklarda,  ildizpoya,  bachki,  piyoz  to’ganak  kabi  organlarni  yuzaga  kelishi,  shuningdek 
tananing ayrim qismlaridan bir butun o’simlik paydo bo’lish xususiyatiga asoslangandir. 
Vegetativ  ko’payish  ko’pincha  urug’dan  ko’payishi  qiyin  bo’lgan  o’simliklarda 
uchraydi.  Bu  jarayon  ko’p  yillik  o’simliklar  orasida  (o’t,  chala  buta,  buta,  daraxt)  ko’proq 
ko’rinadi.  Ko’pincha  o’rmonzorlarda  daraxtlarni  ostida  o’sishga  moslashgan  o’tchil 
o’simliklarning  urug’lari  deyarli  pishib  yetilmaydi.  Bunga  asosiy  sabab  urug’lik  omilining 
yetarli darajada bo’lmasligi hamda changlatuvchi hasharotlarni oz miqdorda bo’lishligidadir. 
Shuning  uchun  ham  bu  xildagi  o’simliklar  yer  osti  ildizpoya,  ildiztuganak,  piyozboshlar 
yordamida  juda  ham  tez  ko’payadi  va  ko’plab  yosh  o’simliklar  o’sib  chiqadi  (landish, 
qizilmiya shirinmiya), lola va boshqalar). 
Tabiiy vegetativ ko’payishning eng ko’p tarqalgan usullari quyidagilardir: 
1.  Ildizpoyalar.  Talaygina  ko’p  yillik  o’simliklar  ildizpoyalari  yordamida  vegetativ 
ko’payadi. Ildiz poyalari kalta va bo’g’im oralig’i qisqa bo’lgan o’simliklarda (masalan, ajriq, 
go’may, tog’ rayhon, kiyiko’ti va boshqalar) kurtaklar bir-biriga yaqin turadi, shuning uchun 
ham yer usti novdalari g’uj bo’lib chiqadi. Ildizpoyalari uzun bo’lgan o’simliklarda kurtaklar 


 
232 
bir-biridan  uzoq  joylashgan,  shu  sababli  ulardan  chiqadigan  yer  usti  novdalari  tarqoq  holda 
joylashadi qamish, kuyok va boshqalar. 
2.  Tuganaklar.  O’zbekistonning  adir  va  cho’llarida  o’sadigan  zira,  xashaki  zira 
(qarg’aoyoq)  va  skorsonera  degan  o’simliklarni  ildizpoyasining  yer  ostida  qalinlashgan 
(yo’g’onlashgan)  qismi  bo’lib,  tuganak  deb  ataladi.  Tuganaklar  o’simlik  uchun  zarur  oziq 
moddalar to’playdi va vegetativ ko’payish vazifasini bajaradi. Bunday ko’payishni kartoshka, 
topinambur  va  boshqa  o’simliklarda  ko’rish  mumkin.  Bu  xildagi  to’ganaklar  yer  ostida 
joylashgani uchun yer osti tuganaklari deb ataladi. 
3.  Piyozboshlar  (boshpiyoz).  O’rta  Osiyo  cho’l,  adir  va  tog’  o’simliklari  orasida  lola, 
narsiss,  chuchmoma,  boychechak,  liliya  (piyozgul),  piyoz  kabilar  piyozboshlar  bilan 
ko’payadi. Ba’zi o’simliklarda piyoz kurtaklari barg qo’ltiqlari yoki to’pgullari hosil bo’ladi. 
Sarimsoq va liliya singari o’simliklarning piyozi mayda piyozchalardan iborat, ular to’kilsa, 
undan  yangi  o’simlik  o’sadi.  Ba’zi  o’simliklarning  gullarida  urug’  o’rnida  kichkina  bargli 
novdalar  hosil  bo’ladi  va  keyinchalik  ona  o’simlikdan  uzilib  ildiz  chiqaradi  (masalan, 
qo’ng’irbosh). Bunday o’simliklar bolalovchi o’simliklar deb ataladi. 
4.  Ildizbachkilar  –  tabiiy  vegetativ  ko’payishning  bir  vositasi  osilib,  ildizdagi 
kurtaklardan  o’sib  chiqadigan  qo’shimcha  bachki  poyadir,  masalan,  pechak,  yantoq,  kakra, 
olvoli,  terak,  tol,  qayrag’och  va  boshqalar.  Ildizbachkilar,  qo’shimcha  ildizlarning  endogen 
usul  bilan  hosil  bo’lgan  kurtaklardan  rivojlanadi  va  juda  qisqa  muddat  ichida  katta 
maydonlarni egallaydi.  
Tabiatda shunday o’simliklar borki, ular bir necha xil vegetativ ko’payish xususiyatiga 
ega.  Masalan,  adir  va  qirlarda  o’sadigan  erta  bahor  (gazako’t)  ildizbachkilar,  ildizpoya  va 
parsekulyatsiya vositasida ko’payadi. 
O’simliklarning  tabiiy  vegetativ  ko’payish  xususiyatlarini  o’rganib,  madaniy 
o’simliklarni  vegetativ  ko’paytirishda  qo’llash  mumkin.  Masalan,  bog’  park  va  skverlarda 
ekiladigan ziynatli, manzarali (dekorativ) o’simliklar ildizpoyalari, ildizbachkilar va to’plarni 
bo’lish  vositasida  ko’paytiriladi.  Loladoshlar  (piyozdoshlar)  oilasining  ko’pchilik  vakillari 
sun’iy ravishda piyozboshlar, tuganaklar yordamida ko’paytiriladi (masalan, piyoz, sarimsoq, 
lola, gulisumbul (giasint), ilongul (gladiolos) va boshqalar. 
O’simliklarni  qalamchalar  vositasida  ko’paytirish.  Qalamcha  usuli  bilan  gul,  mevali 
daraxt  va  toklar  ko’paytiriladi.  Qalamcha  ona  organizmidan  ajratib  shoxchalarni  20-40  sm 
uzunlikda qirqib olingan bo’lakchalardan iboratdir. 
Qalamcha,  o’simlik  turiga  qarab  bir  necha  kun  (tol,  terak,  chakanda),  bir  necha  hafta 
yoki  bir  necha  oydan  keyin  ildiz  oladi.  Qalamchalarda  yangi  novdalar  qo’ltiq  kurtaklaridan 
chiqadi, qo’shimcha kurtaklar hosil bo’lmaydi.  
Qalamchalar  novdadan  (tol,  terak,  smorodina,  chakanda,  tok  va  boshqalar)  bargdan 
(masalan, begoniya) yoki ildizpoyadan (qoqi, malina (hujagat) iborat bo’lishi mumkin. 
Qishloq xo’jalik amaliyotida juda ko’p mevali va manzarali o’simliklar (daraxt, buta va 
o’tchil  o’simliklar)  qalamchalar  vositasida  ko’paytiriladi.  Bu  usul  bilan  olingan  o’simlik, 
urug’dan  ko’paytirilgan  o’simlikka  nisbatan  tez  hosilga  kirib,  nav  xususiyatlari  to’la 
saqlanadi. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish