K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
11
onkotik bosim plazma osmotik bosimning (7,6-8,1 atm) atigi 1/200
qismini, ya’ni 0,03-0,04 atm (25-30 mm, simob ust.)ni tashkil qiladi.
Buning
sababi shuki, oqsillaning moIekulalari juda yirik bo‘lib,
plazmadagi kristolloidlarning molekulalariga nisbatan bir necha baravar
kam. Qonda albuminlar miqdori eng ko‘p. Uning hajmi globulin va
fibrinogennikiga nisbatan kíchik. Shuning uchun,
qon plazmasining
onkotik bosimini 80% albuminlar hosil qiladi. Qon plazmasi onkotik
bosimining miqdori kichik bo’lishiga qaramay, qon bilan to‘qima orasida
suv almashinuvida ahamiyati kattadir. Onkotik bosim filtratsiya
hodisalariga to‘qimalararo suyuqlik, limfa, siydik hosil bo‘lishi, ichakda
suv so‘rilishiga asoslangan flziologik jarayonlarga ta’sir qiladi.
Odatda
qon plazmasidagi yuqori molekulali oqsillar, kapillarlarning endotelial
devoridan o‘ta olmaydi. Oqsil molekulalari
qon-tomirlar ichida qolib,
qonda bir qadar suvni ushlab turadi. Qon oqsillari qon va to‘qimalardagi
suvni nisbiy doimiy miqdorda saqlab turadi. Qonda oqsil miqdori
kamayganda shish vujudga keladi, chunki qon-tomirlarda ushlab turuvchi
omil (oqsil) kamayganligi tufayli suv to'qimaga chiqib ketadi.
Qonda vodorod ionlarining konsentratsiyasi va pH boshqarilishi
.
Qonning vodorod (H
+
) va gidroksil (OH ) ionlari konsentratsiyasiga
bog‘liq bo‘lgan aktiv reaksiyasi g‘oyat muhim biologik ahamiyatga ega,
chunki almashinuv jarayonlari muayyan reaksiyadagina normal o‘tadi.
Qon kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega. Arterial qonning pH - 7,4 ga teng.
Venoz qonda CO
2
ko‘p bo‘lgani uchun uning aktiv reaksiya ko‘rsatkichi
7,35 ga teng. Hujayra ichida pH biroz past bo‘lib 7-7,2 ga teng. Bu
hujayralar metabolizmiga va ularda modda
almashinuvi natijasida
kislotali mahsulotlari hosil bolishiga bog‘liq. Homilada va yangi tug‘ilgan
bolada qon plazmasining pH kislotali tomonga surilgan bo‘ladi. 5 oylik
homilada atsidoz bo‘ladi. Aralash qonniki esa 7,33 ga teng. Homila
tug‘ilgandan so‘ng dastlabki soatlarda va birinchi sutkada atsidoz pasaya
boradi. 3 - 5 sutkada esa kattalarnikiday bo‘lib qoladi. Organizmda
qonning aktiv reaksiyasi nisbatan
doimiy bir darajada turadi, bu esa
plazmaning va eritrotsitlarning bufer xossalariga,
shuningdek, chiqaruv
organlarining faoliyatiga bog‘liq. Katta yoshdagi odamlarda qonning pH
7,35 - 7,40 atrofida bo‘ladi. Qonning pH 0,1 -0,2 ga uzoq vaqt o‘zgarsa,
og‘ir asoratlarga olib keladi, hatto organizm halok bo‘Iishi mumkin.
Moddalar
almashinuvida qonga doimo CO
2
, sut kislotasi va boshqa
moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari, kislotali moddalar tushib
turadi va vodorod ionlari konsentratsiyasi doimo o‘zgarib turadi. Qonning
O’quv qo’llanma
12
aktiv reaksiyasini nisbatan doimiy holda ushlab turish uchun bir necha
bufer tizimlar mavjud. Gemoglobin bufer tizimi qon bufer sig‘imining
75% ni tashkil qiladi. Bu tizim qaytalangan gemoglobin (HHb) va uning
kaliyli tuzidan (KHb) iborat. Bu tizimning
buferli xossasi kam
dissotsialangan kislota hosil qilishdan, ya’ni KHb, kuchsiz kislota tuzi
sifatida K
+
ionini ajratadi va H
+
biriktirib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: