O’quv qo’llanma
8
6.
Qon
plazmasining
oqsillari
yuqumli
kasalliklar
bilan
og‘rimaslik, ya’ni immunitetning
muhim faktori hisoblanadi
(globulinlar).
7.
Qon plazmasining oqsillari garmonlar, mineral moddalar,
lipidlar va xolesterin moddalarni tashishda ahamiyati katta.
8.
To’qima oqsillari uchun rezerv hisoblanadi.
9.
Kreator bog'lar hosil qilishda ishtirok etadi. To’qimalarning
genetik apparatiga ta’sir etadi va ularning o’sishini, rivojlanishini,
tabaqalanishini ta’minlaydi. Qon plazmasida bir necha o‘n turli oqsillar
bor, ular albuminlar, globulinlar va fibrinogenlardan iborat.
Albuminlar
barcha
oqsillarning
60%ni
tashkil
qiladi.
Harakatchanligi yuqori (70000 mol. og‘irligi),
qonning onkotik
bosimining 80% ni tashkil qiladi. Qonda har xil moddalarni tashishda
(xolesterin, yog‘ kislotalari, bilirubin, o‘t kislotalarni, og‘ir metall tuzlari,
dorivor preparatlar - antibiotiklar va sulfanilamidlar) ishtirok etadi.
Albuminlar jigarda hosil bo’ladi.
Globulinlar
bir necha fraksiyalardan iborat: α, β, γ. γ -globulinlar
organizmni viruslar, bakteriyalar va ularning toksinlaridan saqlashda
muhim ahamiyatga ega. Buning boisi shuki, qondagi antitanachalar deb
ataluvchi moddalar asosan γ - globulinlardan iborat. γ -globulinlar kasal
organizmga
yuborilganda
uning
yuqumli
kasalliklarga
qarshi
chidamliligini oshiradi. So‘ngi vaqtda qon
plazmasida ahamiyati katta
oqsillar kompleksi properdin topildi.
γ - globulinlar
karbon suv prostatik gruppa tutgan oqsil
glikoproteindir. Plazmada aylanib yurgan glukozaning 60% ni
glikoproteinlar tarkibida bo‘ladi. Bu oqsillar, garmon, vitamin,
mikroelement va lipidlarni tashiydi. Eritropoetin, plazminogen va
protrombinlar γ - globulin turkumiga kiradi.
γ -
globulinlar
, xolesterin, steroidlar va metall kationlarini tashishda
ishtirok etadi. Bu oqsil fosfolipid turkumiga
temirni tashib yuruvchi
transferrin, shuningdek, qon ivishida qatnashuvchi plazma faktorlari
kiradi.
γ -
globulinlar
(IgA, IgG, IgM, IgD va IgE) immunoglobulinlardan
tashkil topgan. Organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi.
Qonning α va β agglyutininlari β - globulin turkumiga kiradi. Globulinlar
jigarda, suyak ko’migida, taloqda va limfa tugunlarida hosil bo'ladi.
Fibrinogen-qon ivishida qatnashuvchi plazmaning I omili. Trombin
ta’sirida u erimaydigan fibringa aylanadi va qon laxtasini hosil qilishda
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
9
ishtirok etadi. Fibrinogen jigarda sintezlanadi.
Oqsil va lipoproteinlar
qonga tushgan dorivor moddalarni biriktirib olish xossasiga ega.
Biriktirib olingan dorivor moddalar faolligini yo‘qotadi va shu
moddaning qondagi zaxirasini hosil qiladi. Qon tarkibida dorivor
moddalar konsentratsiyasi ozayganda, u oqsildan ajraladi va faol holatga
o‘tadi. Organizmga bir vaqtning o’zida bir necha farmakologik moddalar
yuborayotganda yuqoridagi holatni hisobga olish zarur. Organizmga
yuborilgan keyingi preparat oldin yuborilgan
dorivor moddani birikkan
holatdan siqib chiqarishi va uning qondagi faol holatini kuchaytirib
yuborishi mumkin. Plazmaning organik tarkibiga oqsil bo‘lmagan azot
saqlovchi moddalar (aminokislotalar, polipeptidlar, mochevina, siydik
kislotasi, kreatin, amiak) ham kiradi. Oqsil bo’lmagan
azot saqlovchi
moddalar qoldiq azot deb ataladi va uning umumiy miqdori 11-15 mmol/l
ni (30-40 mg%) tashkil qiladi. Buyrak faoliyati buzilganda bu moddalar
miqdori qonda ortib ketadi. Plazmaning tarkibida, shuningdek, azot
saqlamaydigan organik moddalar ham mavjud: glukoza 3,3-5,5 mmol/1
(80 -120 mg%), neytral yog’lar, lipidlar, gidrolitik fermentlar,
profermentlar, qon ivishi va fibrinolizda ishtirok etuvchi fermentlar.
Plazmaning anorganik tarkibi 0,9-1% ni tashkil qiladi.
Bu moddalarga
Na
+
, Ca
2
+
, K
+
, Mg
2
+
kationlari va CI
-
, HP0
2-
4
, HCO
-
, anionlari kiradi. Bu
ionlar organizm barcha hujayralari, xususan, ko‘zg‘aluvchan hujayralar
faoliyatini ta’minlaydi, osmotik bosimni yaratadi va pH ni boshqarib
turadi. Plazmada doimo barcha vitaminlar,
mikroelementlar, modda
almashinuvining oraliq moddalari (sut va pirovinograd kislotalari)
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: