Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

 


O’quv qo’llanma 

I BOB. QON VA UNING TARKIBIY QISMLARINI 
FIZIOLOGIYASI 
Qon, limfa, to'qima, orqa miya, plevra, bo‘g‘im va tananing boshqa 
suyuqliklari organizm ichki muhitini tashkil qiladi. Bular ichidan to'qima 
suyuqligi haqiqiy ichki muhitni hosil qiluvchi hisoblanadi, chunki u 
hujayra bilan bevosita aloqada bo‘ladi. Qon esa bevosita endokard va 
tomirlar endoteliysi bilan aloqada bo‘lib, ularning hayot faoliyatini 
ta’minlaydi, boshqa a’zolar va to'qimalar faoliyatiga to'qima suyuqligi 
orqali ta’sir ko‘rsatadi. 
Qon va to‘qima suyuqligi o'rtasida moddalar, garmonlar, gazlar va 
biologik faol moddalarning suvda erigan holda almashinuvi tinimsiz sodir 
bo’ladi. Demak, ichki muhit gumoral tashuvchanlikni amalga oshiruvchi 
bir butun tizim bo‘lib, quyidagi halqalardan tashkil topgan: qon – to’qima 
suyuqligi - to'qima suyuqligi - limfa - qon. 
1878- yil fransuz fiziologi Klod Bernar «ichki muhitning doimiyligi 
yashashning asosiy omilidir» degan xulosaga kelgan. Boshqacha 
aytganda, organizm faol yashashi uchun uning hujayralari boshqarilib 
turiladigan muhitda bo’lishi zarur. Keyinchalik bu nuqtayi nazar o‘z 
tasdig‘ini topdi, hayvonlar organizmi ichki muhiti bir necha mexanizmlar 
yordamida boshqarib turilar ekan. Shuning uchun ham ichki muhit tarkibi 
cheklangan o‘zgarishlarga uchraydi va doimiyligi saqlanib turadi. 1929-
yil Uolter Kennon fanga gomeostaz (grekcha homoios - o‘xshash, stasis - 
holat) atamasini kiritdi. Gomeostaz-organizm ichki muhitining jo‘shqin 
doimiyligi va shu holatni ushlab turishga yo‘naltirilgan boshqaruv 
mexanizmi. 
1. Qon tizimi haqida tushuncha. 
G. F. Lang 1939-yilda qon tizimi tushunchasini fanga kiritdi. Bu 
tizimga: qon-tomirlar bo‘ylab harakatlanayotgan periferik qon; qon 
yaratuvchi a’zolar (suyak ko’migi, limfa tugunlar, taloq); qonni 
parchalovchi a’zolar (jigar, taloq) va ularni boshqaruvchi nerv-gumoral 
tizimlar kiradi. Qon to‘qima sifatida o‘ziga xos hususiyatlarga ega: 
1. Qonning tarkibiy qismlari qon tomirlardan tashqarida hosil 
bo‘ladi. 
2. To’qimaning hujayralararo qismi suyuq moddalardan tashkil 
topgan. 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva

3. Qonning asosiy qismi harakatda bo’ladi. 
Odam va hayvonlar qoni yopiq qon-tomirlar halqasida 
harakatlanadi. Qon ikki qismdan: suyuq plazma va shaklli elementlar - 
eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardan iborat. Katta yoshdagi 
odamlar qonining 40-48% ni shaklli elementlar va 52-60% ni plazma 
tashkil qiladi. Bu nisbat gematokrit kattaligi (grekcha haima - qon, kritos 
- ko‘rsatkich) deb nomlanadi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish