Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

Dekstran hosilalari.
 
O‘z molekulyar massasidan kelib chiqib
ushbu guruhga kiruvchi eritmalar ikki turga bo‘linadi: 
▪ o‘rtacha molekulyarli (poliglyukin, polifer, rondeks, makrodeks, 
intradeks, dekstran, plazmodeks, xemodeks, onkovertin), 
▪ past molekulyarli (reopoliglyukin, reoglyuman, reomakrodeks, 
lemodeks, dekstran-40, gemodeks). 
Poliglyukin
– dekstran o‘rtacha molekulyarli fraksiyasining (60000- 
80000 molekulyar massali) natriy izotonik eritmadagi 6%li eritmasi. 
Vena ichiga yuborilganda tezlik bilan AQH ko‘taradi, arterial bosimni 
ko‘taradi va barqaror ushlab turadi. Poliglyukin qon tomir ichidagi 
aylanayotgan suyuqlik hajmini yuborilgan dori vositasidan ham ko‘proq 
hajmga ko‘paytiradi, zero bu undagi yuqori kolloid-osmotik bosim bilan 
izohlanadi. Organizmda u 3-7 sutka davomida aylanib turadi, birinchi 
sutkada uning 45-55%i chiqib ketadi, chiqib ketishning asosiy yo‘li – 
buyraklar orqali. Poliglyukinning yuborilishi organizmdagi ishqorlanish-
tiklanish va kelayotgan qondagi kislorodni hujayralar tomonidan qabul 
qilinishi vazifalarini kuchaytiradi. Dori vositasining oqim bilan 
yuborilishi qon tomir tonusini ko‘taradi.Poliglyukinni qo‘llash 
travmadan, xirurgik jarohatlardan va kuyishdan kelib chiqqan shok, turli 
kasalliklar bilan bog‘liq o‘tkir qon yo‘qotilishi va o‘tkir sirkulyator 
yetishmovchilik 
kabilarda 
tavsiya 
qilingan. 
Poliglyukinning 
yuborilishidan kelib chiqishi mumkin nojo‘ya asoratlari o‘ta kam. Biroq, 
ayrim odamlarda (0,001%dan kam) dori vositasiga nisbatan 
anafilaksiyadan anafilaktik shokkacha bo‘lgan asoratlarni keltirib 
chiqaruvchi individual yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Ushbu 
reaksiyaning oldini olish uchun dori vositasini qo‘llashdan oldin biolgik 
sinama o‘tkazib ko‘rilishi lozim. 
Reopoliglyukin
 
– past molekulyar dekstranning (20000-40000 
molekulyar massali) natriy izotonik eritmadagi yoki 5%li glyukozadagi 
10%li eritmasi. Poliglyukin kabi ushbu dori vositasi ham giperonkotik 
kolloid eritma bo‘lib, quyilganida qon tomir ichida aylanayotgan suyuqlik 
hajmini ko‘paytiradi. Dori vositasining har bir grami qon tomir ichida 20-
25 ml. suvni bog‘laydi. Bu bilan uning gemodinamik ta’siri izohlanadi. 
Reopoliglyukin organizmda 2-3 sutka davomida aylanib turadi, birinchi 
sutkada uning 70%i peshob bilan chiqib ketadi. Reopoliglyukinning 
asosiy ta’siri, poliglyukindan farqli o‘laroq, qonning reologik 


O’quv qo’llanma 
124 
xususiyatlari va mikrosirkulyatsiyasini yaxshilashdan iborat. Bu dori 
vositasi eritrotsitlar dezaggregatsiyasini keltirib chiqarish, qon dimlanishi 
va tromb hosil bo‘lishining oldini olish funksiyalari bilan izohlanadi. 
Qonga tushgan ushbu dori vositasi qon tomiriga hujayralar orasidagi 
suyuqlikni jalb qiladi va bu qonning gemodilyutsiyasi va yopishqoqligini 
pasayishiga olib keladi. Dekstran molekulalari qon hujayralari yuzasini 
qoplab olib, undagi eritrotsitlar va trombotsitlarning elektrokimyoviy 
xossalarini o‘zgartiradi. Reopoliglyukinning trombga qarshi ta’siri balki 
uning trombotsitlar salbiy zaryadlanishini kuchaytirish va ularning 
adgeziya hamda agregatsiya funksiyalarini oshirish xususiyati bilan 
bog‘liqdir. Reopoliglyukinni qo‘llash turli xildagi shoklar holatida 
mikrosirkulyatsiyaning buzilishi, tromboembolik asoratlar, ochiq yurakda 
xirurgik amaliyot, qon tomir kasalliklari, qon tomirlaridagi xirurgik 
amaliyot, 
transfuziyadan 
keyingi 
asoratlar, 
o‘tkir 
buyrak 
yyetishmovchiligi 
kabilarda 
tavsiya 
qilingan. 
Reopoliglyukinni 
qo‘llashdan kelib chiqishi mumkin reaksiya va nojo‘ya asoratlar xuddi 
poliglyukindagidek. Shuningdek, uni qo‘llashdan oldin ham bioloik 
sinama tekshiruvini o‘tkazib ko‘rish lozim. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish