4.Miya insulti - miyaning biror arteriya tomiri yorilishi tufayli miya to‘qimasiga qon quyilishi (gemorragik insult), yoki biror arteriya tomirining o‘ta qisqarishi tufayli miya to‘qimasining ma‘lum qismi qonsizlanishi (ishemik insult) natijasida vujudga keladigan hayot uchun xavfli kasallik holatidir.
Sababi: gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorning o‘ta hayajonlanishi, ruhiy aziyat chekishi, spirtli ichimlik va qiyin hazm bo‘ladigan taomlarni (qovurilgan go‘sht, tandir go‘sht, yog‘li sho‘rva, palov, qovurilgan tuxum kabilar) ko`p iste’mol qilishi, uzoq vaqt issiq hammomda bo`lishi.
Belgilari: bemorda to‘satdan kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish paydo bo‘lib u hushini yo‘qotadi. Yuzi to‘q-qizil tusga kiradi, pastki labi osilib qoladi, nafas olishi tezlashadi, shovqinli bo‘ladi, sovuq ter bosadi, o‘ng yoki chap qo‘l-oyoqlari falajlanadi, yuzining o‘ng yoki chap tomoni qiyshayib qoladi.
Tibbiy yordam:Bemor boshini baland qilib suyab yotqiziladi. Tez yordam chaqiriladi. U kelgunicha quyidagi tartibda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi:
1. Nafas olishini yaxshilash, tili orqaga ketib qolishini oldini olish uchun:
- shpatel yoki temir qoshiq dastasiga bint o`rab tilini bosib turiladi yoki maxsus qisqich yordamida bemor tili og`zidan tortib qo`yiladi.
2.Qon bosimi 160/100 mm dan yuqori bo`lsa:
a) rausedil -0,25 %-1ml muskul orasiga;
b) yoki magneziy sulfat -25 % -5-10 ml va 0,5 %-2ml novokain bilan birgalikda muskul orasiga yoki dibazol-0,5 %-2-3 ml muskul orasiga.
3.Miyada qon aylanishini yaxshilash uchun:
- kurantil (dipiridamol) – 2 ml muskul orasiga.
4.O`pka shishi paydo bo`lsa:
- laziks (furosemid) – 1-2 ml muskul orasiga yoki vena tomiriga.
5.Tirishish holati paydo bo`lsa:
- seduksen (relanium) 0,05 %-2 ml, 0,9 %-10 ml natriy xlorid bilan venaga yoki magneziy sulfat 25 %-5-10 ml, 0,5 %-3 ml novokain bilan muskul orasiga.
6.Insult turini aniqlash imkoni bo`lsa:
a) agar bemorda ishemik insult bo`lsa: geparin -5000-7000 TB har 4 soatda muskul orasiga;
b) agar bemorda gemorragik insult bo`lsa: ditsinon-4 ml muskul orasiga yoki 0,9 %-20 ml natriy xlorid bilan venaga.
7.Bosh miya nerv to`qimasining hayotiy funksiyasini saqlash uchun:
a) Piratsetam (nootropil) – 20 %-5-10 ml venaga yoki muskul orasiga;
b) Tokoferol atsetat – 5 %-1 ml muskul orasiga (iliq holda);
c) Korinfar (nifedipin)-20-30 mg tabletka ichishga (iloji bo`lsa).
8.Takror qusish va hiqichoq bo`lsa:
a) Serukal – 2 ml (1 ampula) muskul orasiga, yoki venaga;
b) Etaperazin – 10 mg ichishga (iloji bo`lsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |