Tibbiy yordam va maslahat berish: 1. Bemor ertalab uyqudan uyg`onganda o`rnidan darrov turmasdan, yotgan joyida 10 marta qo`llarini yuqoriga ko`tarib va tushirib chuqur nafas olish va nafas chiqarish mashg`ulotini bajarishi lozim. O`rnidan turgandan keyin ham shu mashg`ulotni 10-20 marta bajarishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
2.Ovqatlanish meyorida, ovqati tarkibida go`sht, tuxum, sut-qatiq, meva-sabzavotlar tavsiya qilinadi.
3.Dorilardan:
- mezaton 0,5-1 ml teri ostiga kuniga 1 mahal, ya`ni 10 marta;
- vitamin B1, B6 -1ml dan, askorbin kislota- 2 ml, vitamin B12-100-200 mkg. Bular bir vaqtning o`zida alohida shpritsda muskul orasiga yuborilishi mumkin, jami 10 kun.
- kofein 1-2 ml teri ostiga yuboriladi;
- ATF - 1 ml muskul orasiga kuniga bir mahal, 10 kun.
2.Gipertoniya – arterial qon bosimining normadan oshishi bilan surunkali kechadigan xastalikdir.
Sababi: Sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik, ya’ni, chekish, spirtli ichimlik, sho‘r va yog‘li taomlarni ko‘p iste’mol qilish, aqliy zo‘riqish, tez-tez hayajonlanish, asabiylashish, aziyat chekish, surunkali kechadigan nefrit, piyelonefrit kasalliklarining asorati bo‘lishi mumkin.
Belgilari: bemorning arterial qon bosimi normadan oshgan bo‘ladi: kasallikning yengil-og‘ir kechishiga ko‘ra maksimal bosim 150-250 mm gacha va bundan ham yuqori ko`tarilishi mumkin (normada maksiaml-110-130 mm simob ustinigacha, minimal bosim 65-80 mm gacha bo`ladi).
Bosh og‘riydi, quloqda g‘uvillash, ko‘z oldining qorong‘ulashuvi, bosh aylanish, yurak o‘ynashi, ba‘zida yurak sohasida tez o‘tib ketadigan sanchuvchi, g‘ijimlovchi og‘riq, asabiylashish, mehnat qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Tibbiy yordam:1. Bir kunlik ovqat tarkibidagi tuz miqdorini 4-6 g. gacha kamaytirish (normada 8-12 g).
2. Tuzlangan, qovurilgan taomlarni kam iste’mol qilish.
3. Spirtli ichimliklar, chekish kabi zararli odatlardan voz kechish.
4. Dorilardan:
- arterial qon bosimi kamroq ko‘tarilgan bo‘lsa, papazol yoki raunatin 1 tabletkadan kuniga 2-3 mahal;
- arterial qon bosimining ko‘tarilishi o‘rtacha bo‘lsa - adelfan 1 tabletka kuniga 2-3 mahal, yoki korinfar 1 tabletka kuniga 2-3 mahal, enalopril yoki atenalol-0,5-1 tabletka kuniga 2 mahal;
- arterial qon bosimining ko‘tarilishi juda yuqori bo‘lsa konkor-1/2-1 tab. 1 mahal ertalab, lozam 1 tab. 1 mahal yoki teveten-1 tab. 2 mahal, magneziy sulfat 25 %-5 ml novokain -2 ml muskul orasiga.
5. Gipertoniya kasalligi yillar davomida surunkali kechadi. Shuning uchun bemor poliklinikaning kardiolog shifokori nazoratida muntazam davolanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |