O’yin maqsadi: o’quvchilarning so’zlashish maxoratini oshirish, ularning do’stona munosabatlarini mustaxkamlash, shaxsni tasvirlovchi so’zlarni takrorlash; Kerakli jihozlar: bo’sh quti yoki qopcha, raqamlar yozilgan kichik qog’ozchalar, sinf jurnali; O’yinning borishi: Bu o’yinni avvalam bor har dars boshida o’tkazish tavsiya etiladi. U o’quvchilarning kayfiyatini ko’tarishga va darsga bo’lagan e’tiborlarini oshirishga yordam beradi.
Qutichaga sinfdagi o’quvchilar soniga qarab raqmli kartochkalar yoki sharikchalar solinadi va o’qituvchi undan ikkita raqamni qaramasdan tanlab oladi (bu ishni biror o’quvchi qilsa xam bo’ladi). Jurnaldan shu tartib raqamlarda yozilgan ikki o’quvchini chaqiriladi. Tanlangan o’quvchilar ikki daqiqa davomida bir birlariga Ingliz tilida maqtovlar aytishlari kerak. Har darsda bu mashg’ulotni bajarish barcha o’quvchilarning shaxsni tashqi ko’rinishini, xarakterini va qobiliyatini tasvirlashda ishlatiladiga so’zlarni mukammal o’rganib olishlarida yordam beradi.
Pupil A: Hello, how are you?
Pupil B: Hi, I’m fine and you? You look so nice today?!
Pupil A: Oh, thank you. You also look so wonderful today. Your eyes are shining. Pupil B: Thank you. You are very kind person. You always try to support everyone in the class.
Pupil A: You are also very friendly. You never say no, if someone asks for help. Sentence Chain Gaplar Zanjiri
O’yin maqsadi: o’quvchilarning gap tuzish qobiliyatini rivojlantirish, o’tilgan mavzuni va grammatik qoidalarni mustaxkamlash;
Kerakli jihozlar: mavzuga oid gaplar; O’yinning borishi: Agarda sinfda o’quvchilar soni 14–15 tadan oshsa ikki guruhga bo’lib o’ynaladi (O’quvchilar soni kam bo’lgan holatda butun sinf bilan o’ynaladi).
Guruh sardorlari doska oldiga chiqib gaplar yozilgan qog’ozchalardan birini tanlashadi. Birinchi guruh sardori berilgan gapni o’qiyda, uning guruhi a’zolaridan biri esa shu gapning oxirgi so’ziga gap tuzadi va shu tariqa o’quvchilar bir-ma bir gap tuzib borishadi. So’ngra ikkinchi guruh sardori o’zining gapini o’qiydi va ikkinchi guruh a’zolari xam bir-ma bir har bir gapning oxirgi so’ziga gap tuzib borishadi. Gaplar mavzuga mos bo’lishi lozim.
O’qituvchining vazifasi vaqtni belgilash, qaysi gurh tezroq va mazmunli gaplar tuzganini aniqlash.
Head of the group:
There are different types of advertisement.
Pupil A: Advertisement is used to sell new product.
Pupil B: New product is often advertised by TV or radio.
Pupil C: Radio
Do'stlaringiz bilan baham: |