Bitiruv malakaviy ish metodi. Malakaviy ishda qo‘yilgan masalani ochib
berishda hozirgi davr tilshunosligida ommalashgan qiyosiy, tasviriy, struktur-
semantik metodlardan foydalanildi. Shuningdek, rus tilshunos olimlari
V.V.Vinogradov, A.B. Kunin , G‘aybullo as Salom va boshqalarning ushbu sohada
qo‘lga kiritilgan yutuqlar ushbu tadqiqot uchun nazariy manba bo‘lib xizmat qildi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishning ilmiy
yangiligi shundaki, ishda leksikologiyaning bir qismi sifatida o‘rganiladigan
frazeologiya bo‘limi tilshunoslik fanining ob’yekti sifatida o‘rganildi va tadqiq
etildi. Bunda ba’zi bir tilshunos olimlarning nazariyalariga tayaniladi. Shu bilan
birgalikda ingliz badiiy adabiyotlarida ko‘p uchraydigan o‘ziga xos frazeologik
birliklarni turli usullar orqali o‘zbek tiliga o‘girishga astoydil bel bog‘ladik.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |