Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili fakulteti maktabgacha va boshlang


partishligi, mehnatni sevmasligi tezda o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatadi. Ota-



Download 465,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana20.06.2022
Hajmi465,53 Kb.
#679023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PEDAGOGIKA


partishligi, mehnatni sevmasligi tezda o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatadi. Ota-
onaning bir-biriga nisbatan yuksak ahloqiy munosabatini ko`rgan bola kelgusida 
oila qurganda o`z turmush o`rtog`i bilan shunday yashashga tayyor bo`lib boradi. 
Hayot ilmida ona qiz bola uchun, ota esa o`g`il bola uchun ustoz, murabbiydir. 
Dono xalqimizda "onasini ko`rib qizini ol, raxini ko`rib bo`zini ol" deb bejiz 
aytilmagan [11,151].
Ota-onaning, avlod-ajdodlarining nojo`ya hatti-harakatlaridan, nopok 
ishlarida farzand ham aziyat chekadi, shunday odamlarning farzandi bo`lganidan 
ruhan afsuslanadi. Ba`zi ota-onalar farzandlarining kelajagini faqatgina moddiy 
ta`minlashdan iborat deb biladilar. Shuning uchun ham turli yo`llar bilan uzoq 
avlod-ajdodlariga etadigan mol-dunyo to`plashga harakat qiladilar, ochko`zlik 
kasaliga mubtalo bo`ladilar. Inson jismi-jonidagi kasalliklarni davolash mumkin


18 
lekin bu kasallikni davolash juda murakkab. U insonni insoniylikdan mahrum 
etadi, turli jinoyatlarga, noahloqiy hatti-harakatlar sodir etishga etaklaydi, el-yurt 
ichida obro`sizlantiradi. Bunday boylik farzandga baxt emas, baxtsizlik keltiradi.
Bola uchun o`z millati, madaniyati, san`ati, dini, oila an`analari, urf-
odatlarini chuqur bilish va ulardan ma`naviy ozuqa olish, g`ururlanish tarbiyaviy 
xarakter kasb etadi. Oila tarbiya maskani bo`lib, shaxsning kelajagi shu maskanda 
tarbiyaning qanday amalga oshirishiga tarbiyachi hisoblanmish ota-onaning o`z 
burch va vazifalariga qanday munosabatda bo`lishiga bog`liqdir. Oiladagi har bir 
kishining o`z burch va vazifalariga mas`uliyat bilan yondashishi oila 
mustahkamligi, jamiyat farovonligiga erishishning omili hisoblanadi. Oilaviy 
munosabatlar madaniyati qanchalik yuksak bo`lsa, jamiyatning taraqqiy etishiga 
shunchalik ijobiy ta`sir qiladi. Oila faqat er bilan xotin munosabatlarini emas, balki 
ota-onalar 
bilan 
bolalar, 
aka-ukalar, 
opa-singillar, 
qarindosh-urug`lar 
munosabatlarini ham ifodalaydi. Oila jamiyat bag`rida tashkil topib, taraqqiy etib 
borar ekan, o`zi ham ana shu jamiyatning kichik bir bo`lagi sifatida namoyon 
bo`ladi [12,200].
Tarixiy taraqqiyot tahlili shuni ko`rsatadiki, oiladagi bu munosabatlar o`z-
o`zidan, ziddiyatlarsiz shakllanmagan. Balki zamon ehtiyojiga mos holda 
o`zgarib, kurashlar jarayonida hozirgi holatiga kelgan. Hozirgi kunda ham 
oilaviy munosabatlar bola, ona-bola, qaynona-kelin va boshqa oila azolari 
o`rtasidagi munosabatlar turli darajada tafovutlidir. 
Oilaviy 
munosabatlardagi 
bu 
tafovutlarning 
chuqurlashishi 
ayrim 
holatlarda oilaning barbod bo`lishiga olib kelgan. Shuning uchun oilaning 
mustahqamlash 
maqsadida 
hamisha 
oilaviy 
munosabatlarin 
takomillashtirib kelingan. Oilaviy munosabatning sofligi, uning oiladagi 
bolalarning xulq-atvoriga, ma`naviy kamolotiga ta`sirini va ularning bolalar bilan 
o`zaro munosabatiga bog`liq bo`lgan. Oiladagi kundalik munosabat, bu hatto 
extiyoj bo`lib, bolani ijtimoiy va madaniy hayotga tayyorlashining asosidir. Ota-
onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, tarbiyaviy va o`zaro shaxsiy masalalar 


19 
yuzasidan bir-biri bilan bo`ladigan munosabatlari sof, samimiy, erning xotinga, 
xotinning erga nisbatan o`zaro hurmati, ularning har qanday murakkab sharoitda 
ham o`zaro bir-birini tushuna olish, iffati asosiga ko`rilsagina, bunday oilada 
musaffo ma`naviy muhit vujudga keladi. Otaning onaga, akaning otaga 
betakalufligi, bir-biriga qo`pol muomalasi, hayotiy qiyinchiliklarni engishdagi bola 
tarbiyasidagi, oilaning moddiy ta`minotidagi, turli fikrlilik shu oiladagi o`zaro 
munosabatlarning buzilishga olib keladi. 
Ayniqsa, ota-ona munosabatidagi sabrlilik, o`ylab, aql-zakovat bilan oilaviy 
yumushlarini birgalikda maslahatli hal etilishi, ularning bir-biriga mehribonligi, 
farzandlarga bir hilda muomalada bo`lishi har ikkala tomonning qarindosh-
urug`lariga, qo`ni-qo`shnilariga bir hilda mehr-muhabbat, hurmat bilan qarashi, bir 
so`zligi, haqqoniyligi va x.k.lar. tarbiyada ijobiy samarasini beradi. Shuningdek 
ichish, chekish, giyohvandlik, yolg`ochilnk, manmanlik va boshqa shu kabi 
illatlaridan holi bo`lishi oilaviy munosabat madaniyatining sofligini ta`minlovchi 
xususiyatidir. Oilaviy munosabatlar madaniyatining takomillashuvi jamiyat 
taraqqiyotiga hamda har bir oila a`zolarinng jamiyatda va oilada gutgan o`rni, 
movqei, bajaradigan vazifasi, jamiyat va oilaning erkak va ayol farzandlariga 
munosabati, g`amxo`rligi, ijtimoiy himoyasiga bog`liq bo`ladi. Oilaviy 
munosabatlarining mag`zini tashkil etgan er-xotin munosabatlari oila o`zgarishi 
bilan o`zgarib boradi [13,22]. 
Ota-onalarning farzandlarga, farzandlarning ota-onalarga munosabatini 
to`g`ri yo`naltirish o`ta murakkab vazifa bo`lib, har bir oilaning o`ziga xos 
xususiyatidan kelib chikib, tarbiya jarayonida turli uslublarni qo`llashni talab 
etadi. Ota-onalar qanchalik ma`naviy boy, e`tiqodli va yuqori ma`lumotga ega 
bo`lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o`z farzandlarida munosabat 
madaniyatini shakllantira oladilar. Faqat maslahat berish, mu`qullash, jazolash, 
suhbat va fikr almashish bidangina emas, balki shaxsiy namunalari, bolalari bilan 
birgalikda ishlash, ularni mehnat faoliyatiga tortish orqali ham tarbiyalashlari 
kerak. Bolalar o`z faoliyatlarida ota-onalarning mashg`ulotlariga qiziqish bilan 


20 
munosabatda bo`lishsa, ular o`rtasida do`stona munosabatlar qaror topadi. Bolalar 
ota-onalaridan, aka-opalaridan o`zaro munosabat mezonlarini o`rganib, nima 
foydali ekanligini biladilar, bu orqali aniq tasavvurga ega bo`ladilar. Oila 
a`zolarining turmush va hayotiy tajribalari, madaniy saviyalari qanchalik boy 
bo`lsa, ular bolalar bilan shu darajada yaxshi muloqotda bo`la oladilar, ya`ni 
oilada qanchalik mustahkam bo`lsa, bolalarining iste`dod va imkoniyatlarini 
shunchalik boyita oladi. 
Jamiyatning o`zi ham oilalarni moddiy imkoniyatlarini yaxshilash, ota-
onalarnning madaniy saviyasini oshirish, yoshlarga ta`lim va tarbiya berish 
tizimlari faoliyatini yuksaltirish orqali yoshlarni jismonan sog`lom ma`naviy 
barkamol, ahloqiy pok qilib o`stirishga xarakat qiladi. Ota-onalar o`zaro 
munosabatlarining samimiyligi oilada bolalar tarbiyasiga ijobiy ta`sir qiladi. Zero 
oilada turmushning yaxshi tahlil etilishi, muayyan sog`lom ruhiy muhit, ya`ni 
mehnat, dam olish, ovqatlanish, o`quv mashg`ulotlari, o`yinlari, sayr qilish, bo`sh 
vaqtdan samarali foydalanish ko`ngildagidek ichki intizomi vujudga keltiradi. 
Shuning uchun doimo, har qanday .sharoitra xam oilada mu`tadil munosabatlarni 
saqlashga, unda sog`lom vaziyat o`rnatishga erishish lozim. Chunki oilada 
sog`lom ruhiy muhit bo`lmas ekan, yoshlarni tarbiyalashda ham er-xotin 
o`rtasidagi munosabatda xam, qo`yingki, oilaning boshqa azolari o`rtasida xam 
totuvlik va ososyishtalik bo`lmaydi. Bu esa, oilada turli ko`ngilsiz voqealarning 
kelib chiqishga sabab bo`ladi [14,172]. 
Oila - hayotiy mazmuniga hamda jamiyat tomonidan ma`qullanadigan 
xususiyatlarga ega bo`lgan ijtimoiy hodisa. Unda ijtimoiy hayotning barcha asosiy 
qirralari, 
vazifalari 
hamda 
xususiyatlari, 
sinkretik 
tarzda 
bo`lsa-da 
mujassamlashgan. Inson umri mobiynida oila ta`sirini sezib turadi, dastlab ota-
onasining oilasida, so`ng o`zi qurgan oilasida hayot kechiradi. Har ikki holda ham 
oila insonning shaxs sifatida qaror topishiga muhim tarbiyaviy ta`sir ko`rsatadi. 
Insonning shaxs sifatida hayotiy xususiyatlari, so`zsiz, oilada shakllanadi. 


21 
Inson oilada individual va ijtimoiy hayot ko`nikmalarini hosil qilibgina 
qolmay, balki unda o`zaro munosabatlarni yo`lga qo`yish bo`yicha ota-ona 
maqomini ham oladi. Shaxs ijtimoiy faolligini shakllantirishdek yaxlit jarayonning 
bu qirrasiga ko`plab omillar, jumladan, oilaning moddiy farovonligi, ota-onaning 
saviyasi, oilaviy qadriyatlar tizimi, bolaning ta`lim olish jarayonida ota-onaning 
ishtiroki singari jixatlar ta`sir ko`rsatadi. Oilada qabul qilingan va farzandga 
singdiriladigan madaniy qadriyatlar tizimi ota-onaning madaniy saviyasiga va 
manaviy darajasiga ham bog`liq. Agar ota-ona o`zlari qiziquvchan bo`lishsa, 
shubhasiz, ularning farzandlari ham bilimga ixlos qo`yadi. Oilada ehtiyojga 
aylangan kitob o`qish sirasi, ilmga intilish yo`li farzandlarga ta`sir etadi va 
muqarrar ravishda ularga o`tadi. Bolalarga xos bo`lgan ota-onaga taqlid qilish 
tabiiy ravishda bilimni ham o`zlashtirish uchun ma`naviy qadriyatlarni mustaqil 
ishlash mahoratini muntazam boyitib borishga bo`lgan barqaror ma`naviy 
extiyojga aylanadi. Bolaning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi [15,27]. 
Bolaga mustaqil harakat qilish imkoniyati berilishi zarur. Aks holda, u 
xayotga tayyor bo`lmay qoladi. Bolaga muayyan vazifa yuklanayotganda, oila 
a`zolari ushbu vazifaning ma`suliyatini xis ettirishlari lozim. Bir so`z bilan 
aytganda, bolaga berilayotgan oila tarbiyasida g`amxo`rlik bilan talabchanlik 
mutanosib ravishda bo`lishi kerak. Shundagina Vatanga fidoiy, sodiq, e`tiqodi 
mustahkam, jamiyat oldidagi mas`uliyatini xis etadigan, mustaqil fikrga ega 
shaxsni kamolotga etkazish mumkin. 
Oilada bola tarbiyasining o`ziga xos qoidalari mavjud bo`lib, ota-onalar ulardan 
o`rinli foydalnishlari lozim. Xususan, ular qo`ydagicha:


22 

oilada hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish.

ota-ona obro`sini saqlash. 

tarbiyada ota-ona, kattalar o`rtasida talabchanlik birligi.

bola shaxsini mehnatda tarbiyalash va h.q. 
Oilada farzand tarbiyasini to`g`ri yo`lga qo`iishning asosii vazifasi, uning 
ma`naviy olamida e`tiqodni shakllantirishdir. Buning uchun ota-onalar eng avvalo 
oilaning mustahkam bo`lishini ta`minlamoqlari zarurdir.

Download 465,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish