8
I. BOB. MUSTAHKAM OILA VA UNDA FARZAND KAMOLOTINI
TA`MINLOVCHI USTUVOR OMILLAR.
1.1.Mustahkam oila – bola tarbiyasi poydevori.
O`sayotgan yangi avlodning ta`lim-tarbiyasi,
bolalarimizning kelajakda
qanday insonlar bo`lib etishishlari bolalik davrida olgan ta`lim-tarbiyasiga bog`liq,
albatta. Chunki bola tarbiyasida ilk maktab-ota-ona va oila. Bolaning o`sishi va
rivojlanishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida
shakllanishi hamda ilk bor olamni, o`z atrofini o`rab olgan buyumlar, ashyolar
orqali anglab, undan o`ziga ma`no topishga intilishi, qiziqishlari
va hissiyotlarini
rivojlanishini kuzatish mumkin. Inson hayotining har bir dari, faqat o`sha
davrgagina xos bo`lgan rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga ega bo`ladi.
Bolaning o`sib, ulg`ayishida, kelajakda qanday shaxs bo`lib etishishida
maktabgacha bo`lgan davr alohida ahamiyatga ega. Chunki bolalar ohanraboli
olam hisoblanib, juda tez o`sish, rivojlanish va o`zgarishlar ichida yashaydilar. Bu
farzandlar tarbiyasida maktabgacha yosh davrining qanchalik muhim ekanligiga va
unga alohida e`tibor berish kerakligining yana bir isbotidir [3].
Bola tarbiyasiga e`tibor qanchalik erta boshlansa, uning natijasi shunchalik
samarali bo`ladi, hamda insonning hayot tarziga shunchalik ijobiy ta`sir qiladi. Shu
boisdan
kelib chiqqan holda, O`zbekiston xukumati, uzluksiz ta`lim tizimining
poydevori bo`lmish maktabgacha ta`limga va uni kun sayin takomillashuvi va
rivojlanib borishiga katta e`tibor qilmoqda va qator muhim vazifalarni qo`ymoqda.
Bizning o`zbek xalqimiz bolajon xalq bo`lganligi uchun ham bolasiga jonini fido
aylaydi. Bobo-momolarimiz duo qilganlarida xonadonga tinchlik,
oilaga totuvlik,
farzandlarga kamol, rizq-ro`zga baraka tilaydilar. Har bir ota-ona bolalarini o`nib-
o`sishini, nevara-chevara baxti-rohatini ko`rishni istaydi. Barcha orzu-tilaklar
negizi, avvalo oilaning mustahkamligiga chambarchas bog`liqdir.Bugungi kunda
dunyoqarashi, maqsad va vazifalari butunlay o`zgacha bo`lgan yangi avlodni
9
tarbiyalash, uni turli-tuman yod ta`sirlardan asrab-avaylash, hech kimdan kam
qilmay voyaga etkazishda oila hech shubhasiz muhim o`rinni tutadi.
Oila, farzand kabi tushunchalar jamiyat asosi va har bir odam hayotining mazmuni
hisoblanadi. Shu bois xalqimiz azal-azaldan
oilani muqaddas bilib, unda sog`lom
muhit qaror topishi va mustahkam bo`lishiga alohida e`tibor qaratib, e`zozlab
kelgan. Zero, oilaviy tarbiya masalasi barcha zamonlarda ham nihoyatda muhim
omil hisoblanib kelingan.
I.Karimov "ongli yashaydigan har bir odam yaxshi anglaydiki, bu
yorug`olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, hayot abadiyligi,
bebaho
ne`mat bo`lmish farzand bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha kelajagini
o`ylab, ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi".Bugungi kunda biz hech kimdan
kam bo`lmaydigan demokratik davlat, xalqimiz uchun ozod va farovon hayot
qurish maqsadlari bilan yashar ekanmiz, oila institutini yanada mustahkamlash, bu
borada olib borayotgan ishlarimizni yangi bosqichga ko`tarish
alohida ahamiyat
kasb etadi", degan edilar.Yuqorida keltirilgan so`zlari negizida juda katta ma`no-
mohiyat bor. Chunki oila sog`lom ekan – jamiyat va bolalar tarbiyasi mustahkam.
Tarbiya mustahkam ekan, mamlakat barqaror. Bu isbotsiz qabul qilinadigan
aksiomadir [4].
Shubhasiz farzand dunyoga kelar ekan, oila mustahkamlanadi. Farzandning
sihat-salomat kamol topishi ota-ona hayotining eng asosiy mazmuniga aylanadi.
Bu esa bola tarbiyasiga mamlakatimizda davlat ahamiyatiga molik masala sifatida
e`tibor qilinayotganligini butun jahon xalqlari tomonidan olinayotganligining
dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: