Tajriba guruhlarining faoliyati
№
|
Nizom boblari
|
Bob vazifalari
|
1.
|
Tajriba guruhlarini tashkil etish tartibi
|
4. Tajriba guruhlari О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Toshkent shahri Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan hududlar ehtiyojlarini birgalikda о‘rganish yakunlari bо‘yicha tashkil etiladi.
5. Tajriba guruhlari ustun darajada maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kollejlar, "Barkamol avlod" bolalar markazlari, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlari, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar mahallalari, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari negizida tashkil etiladi.
6. Tajriba guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun alohida xonalar ajratiladi va ulardan faqat maqsadli foydalaniladi, zarur bо‘lsa ularga alohida eshikdan kirish tashkil etiladi.
7. Tajriba guruhlarini tashkil etish uchun ajratilgan xonalar sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarining belgilangan talablariga muvofiq bо‘lishi kerak.
8. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlovchi tajriba guruhlari О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Toshkent shahri Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda ularning bank hisobraqamlariga о‘tkaziladigan О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga jihozlanadi.
|
2.
|
Tajriba guruhlarida о‘quv-tarbiya
jarayonini tashkil etish
|
9. Tajriba guruhlariga joriy yilning 1 sentabr kunida 5 yoshu 6 oylik bо‘lgan, maktabgacha ta’lim muassasalariga bormayotgan bolalar qabul qilinadi.
10. Tajriba guruhlariga bolalar О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi-ning hududiy bо‘limlari tomonidan tuziladigan rо‘yxatlar asosida qabul qilinadi.
11. Tajriba guruhlariga bolalarni qabul qilish maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
12. Ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning ovqatlanishini tashkil etish shartisiz bir haftada kamida 15 soat (bir kunda 3-4 soat) о‘qitishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun davlat о‘quv dasturi asosida tashkil etiladi.
13. Tajriba guruhlarida bolalarning bо‘lishi vaqti 3-4 soatni tashkil etadi, bir yoki ikki smenada ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi.
14. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.
15. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bormaydigan о‘ziga xos ehtiyojlarga ega bolalar tibbiy moneliklar mavjud bо‘lmaganda tajriba guruhlarida о‘qishi mumkin. О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy moneliklar mavjud bо‘lganda bolaning yashash joyi bо‘yicha davolash-profilaktika muassasasi tomonidan ota-onalarning hozir bо‘lishi kо‘rsatilgan holda tajriba guruhiga borish uchun ruxsat berish tо‘g‘risida xulosa beriladi.
16. Tajriba guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning о‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.
17. Tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim-ga qо‘yiladigan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi, о‘qitadi va maktabga tayyorlaydi.
18. Maktabgacha ta’lim muassasalari negizidan tashqarida tashkil etilgan tajriba guruhlari va ularning pedagoglari tegishli maktabgacha ta’lim hududiy bо‘linmalarining buyrug‘i bilan biriktiriladigan eng yaqindagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari tomondan nazorat qilinadilar va ularga bо‘ysunadilar.
|
3.
|
Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
|
19. Tarbiyalanuvchi, pedagog xodim, ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillari tajriba guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
20. Tajriba guruhlari tarbiyalanuvchilari-ning huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
21. Tegishli ixtisosli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bо‘lgan shaxslar tajriba guruhlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bо‘ladilar.
22. Ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillari tajriba guruhlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni bilan tanishish huquqiga egadir.
|
4.
|
Tajriba guruhlarining mol-mulki
va moliya-xо‘jalik faoliyati
|
23. Tajriba guruhlari faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda rо‘yxatdan о‘tkazilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi.
24. Tajriba guruhlarining mol-mul-ki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktiriladi.
25. Tajriba guruhlari pedagog xodimlari mehnatiga davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan tartibda haq tо‘lanadi.
|
5.
|
Yakunlovchi qoida
|
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bо‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
|
Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni о‘rnatish, о‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan xalqaro baholash dasturlari bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish yо‘lga qо‘yilgan (1.2-jadvalga qarang):
1.2-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |