Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi



Download 2,79 Mb.
bet10/89
Sana19.05.2022
Hajmi2,79 Mb.
#604517
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Bog'liq
BOLALAR PEDAGOGIKASI Дарслик 2-кисм (24.04.2020)

Xalqaro tadqiqotlar



Xalqaro tadqiqotlar

Xalqaro tadqiqotlar maqsadi

1.

Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS)

boshlang‘ich 4-sinf о‘quvchilarining matnni о‘qish va tushunish darajasini baholash

2.

Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS)

4 va 8-sinf о‘quvchilarining matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan о‘zlashtirish darajasini baholash

3.

The Programme for International Student Assessment (PISA)

15 yoshli о‘quvchilarning о‘qish, matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash

4.

The Teaching and Learning International Survey (TALIS)

rahbar va pedagog kadrlarning umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida о‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda о‘qituvchilarning ish sharoitlarini о‘rganish

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi va Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yо‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:


xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda О‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;
ta’lim tizimida о‘qish, matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yо‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni о‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va о‘tkazishda ishtirok etish;
ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar о‘tkazish;
ta’lim sifatini baholash bо‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qо‘llab-quvvatlash;
umumiy о‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash;
О‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;
xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bо‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va qо‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
о‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda о‘qish, matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlar bо‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bо‘yicha о‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash [7].
Boshlang‘ich sinflarda inobatga olinishi lozim bо‘lgan jihatlar:
«Tarbiya» fani orqali о‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, kо‘nikma va malakalarni ta’lim mazmuniga keng singdirish;
о‘quv fanlari doirasidagi ma’naviy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qо‘llay olish imkonini beruvchi amaliy mashq va topshiriqlar bilan boyitish (ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar);
muvaffaqiyatga erishishga intilish motivining shaxs ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlanishi;
bolaning о‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish;
о‘zining va atrofdagilarning xulqi, xatti-harakatlariga munosabat bildirish, mehnatsevarlikka о‘rgatish;
kattalar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilishga ijtimoiy motivlarning paydo bо‘lishi;
bilimlarning kengayishi, chuqurlashuvi, ma’naviy-axloqiy kо‘nikma va malakalarning rivojlanishi;
о‘z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bо‘lishi;
ijtimoiylashuv jarayonida talab etiladigan yoshiga mos shaxsiy fazilatlarni shakllantirish;
xavfsiz hayot kо‘nikmalarini mustahkamlash;
kasblar tо‘g‘risida tasavvurlarni kengaytirish, kasbga va mehnatga qiziqtirish;
vijdonan mehnat qilish kо‘nikmalarini о‘rgatish, mehnatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatini kо‘rsatish;
muvaffaqiyatga erishish motivlarini kuchaytirish;
о‘zini-о‘zi baholashga о‘rgatish;
faoliyatda о‘zini kо‘rsatishga intilishni rag‘batlantirish;
tengdoshlari bilan ma’naviy-axloqiy munosabatlar tajribasini boyitish;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni о‘rganish [8].
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bо‘lib shakllanishini ta’minlab, о‘qishga bо‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli о‘qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bо‘lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi – bolalarni maktabdagi о‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bо‘lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, о‘qishga, tizimli ta’limga bо‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari – О‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassalarining turi bо‘lib, turli yо‘nalishdagi maktabgacha bо‘lgan davrdagi umumta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalarni tarbiyalashni, о‘qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar. О‘zbekistonda maktabgacha ta’lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg‘iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim, olinish shakli va usullaridan qat’iy nazar, quyidagi maqsadlarni о‘z oldiga qо‘yadi:
maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim mussasasi (bolalar bog‘chasi-maktab).
tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yо‘nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta’lim muassasalari.
tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og‘ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog‘chasi.
tibbiyot gigiyena, profilaktika va sog‘lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog‘lomlashtirish bog‘chasi.
birlashtirilgan turdagi bolalar bog‘chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog‘chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog‘lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan kо‘rinishda kiradi).
bolalarni maktabda о‘qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste’dodlarini rivojlantirish;
bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
bolalarda yuqori ma’naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini mustahkamlash.
О‘zbekistonda majburiy, bepul, muddati 11 yildan iborat bо‘lgan umumiy о‘rta ta’lim mavjud bо‘lib, u boshlang‘ich (1-4- maktab sinflari) va о‘rta (5-11- maktab sinflari) ta’limga bо‘lingan.
Boshlang‘ich ta’lim umumiy о‘rta ta’lim olish uchun zarur bо‘lgan bilim va malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yо‘naltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim О‘zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga yetgan barcha bolalar umumiy yeki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan bolalar) boshlang‘ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola boshlang‘ich maktabni tugatar ekan, u о‘qish, yozish va hisoblash mahoratiga ega bо‘lishi kerak. О‘quvchiga nazariy fikrlash elementlari, о‘rgatilgan harakatlarni boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiyena asoslari, sog‘lom hayot tarzi va jamiyatda о‘zini tutish bilimlari ham berib boriladi. О‘quv fanlarining sifat va tarkibi boshlang‘ich maktabda, maktab turi va о‘qitish sharoitlariga kо‘ra о‘zgarib turadi.
Maktabning barcha birinchi sinf о‘quvchilari bepul о‘quv kitoblari va о‘quv asboblari bilan ta’minlanadi. О‘zbekistonda boshlang‘ich va о‘rta ta’lim tashkil qilinishi va tarkibiga kо‘ra bir - biri bilan bevosita bog‘liq. Har bir umumta’lim maktabi ikkala pog‘onada umumiy о‘rta ta’limni amalga oshiradi. Bu boshlang‘ich maktabda bitiruvchilarning tо‘liq hisobini olib borishni va umumiy о‘rta ta’lim tizimida uzluksizlikni ta’minlaydi.
Umumiy о‘rta ta’lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qо‘yib, boshlang‘ich professional yо‘nalishni va ta’limning keyingi pog‘onasini tanlashda kо‘maklashadi.
Umumiy о‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’limning mantiqiy davomi bо‘lsa ham, tarkibiy sifatiga va о‘qitish uslubiga kо‘ra farq qiladi. Umumiy о‘rta ta’lim ishtirokchining ijtimoiy mavqeini belgilab olishga bо‘lgan ishtiyoq, qiziqish va qobiliyatlarini, uning shaxs bо‘lib shakllanishini ta’minlaydi. О‘quvchi о‘rta maktabda fan asoslari bо‘yicha tizimli bilimlarni oladi. Ta’lim jarayonida keng dunyoqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bо‘ladi. Xalqning boy ma’naviy va madaniy me’rosi bilan tanishtirib borish orqali bolada atrofdagi olamga bо‘lgan g‘amxо‘rlik hissi uyg‘otib boriladi. О‘rta maktab о‘quvchilar uchun maktab fanlarini mustaqil о‘rganishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. О‘rta ta’limning tarkibiy qismiga majburiy va qо‘shimcha komponentlar kiradi.
Majburiy komponent davlat ta’lim standartlari bilan aniqlanadi va ishtirokchining minimal kerakli tayyorgarlik darajasini belgilaydi. Uning muvaffaqiyati о‘rta ta’lim muassasalari tomonidan kafolatlanadi. Bu komponent davlat va jamiyat buyurtmasi, shaxsning qiziqish va talabi asosida belgilanadi.
Qо‘shimcha komponent ishtirokchining talab va qobiliyatidan, maktabning moddiy-texnik va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan, hududning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga bо‘lgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qо‘shimcha о‘quv vazifalar hajmi Xalq Ta’lim Vazirligi tomonidan belgilangan normativlar asosida taqsimlanadi. Maktabning о‘quv tarbiyaviy ishlari, Xalq Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Bazisli uquv rejasi va umumiy о‘rta ta’limning о‘quv dasturlari orqali amalga oshiriladi.
О‘quv fanlari, umumiy ta’lim dasturlari rо‘yxati, о‘quv vaqtining davomiyligi Bazisli uquv reja va umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari bilan belgilanadi. Umumiy о‘rta ta’lim qatnab о‘qish va bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestatlar beriladi.

Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun о‘quv yiliga mо‘ljallangan tayanch о‘quv rejasi


О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirining 2020 yil 25 fevraldagi “Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun 2020-2021 о‘quv yiliga mо‘ljallangan tayanch о‘quv rejani tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 52-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (1.3-jadvalga qarang):

1.3-jadval.



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish