Nutq faoliyati turlarini amalga oishrish mexanizmlari
№
|
Nutq faoliyati turlari
|
Nutq faoliyati turlarini amalga oshirish mexanizmlari
|
1.
|
Tinglab tushunish
|
Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat bо‘lib, unda umumiy eshituv idroki (akustik appersepsiya), sо‘zlarning tovush tomonini (fonematik) farqlash va mohiyatini anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi, bilib olinadi va tushuniladi.
|
Tinglab tushunishni amalga oshirish uchun quyidagi uch omil nazarda tutiladi. Tinglovchining о‘ziga bog‘liq omillari (eshitish kо‘nikmasining rivojlanganligi, uning xotirasi va matnni diqqat bilan tinglab, mazmunini tushunganligi), tinglash paytidagi shart-sharoit (nutq tezligi, til materiali hajmi va shakli hamda sо‘zlanayotgan nutqning davom etishi) va nihoyat, qо‘llangan materialning lingvistik jihatlari (tinglovchining til tajribasiga mos kelish-kelmasligi) hisobga olinadi, ya’ni tinglab tushunishga beriladigan matn notanish bо‘lib, о‘quvchilar egallagan til materiallarini о‘z ichiga oladi
|
2.
|
Gapirish
|
Fikrni og‘zaki ikki shaklda, ya’ni monolog (yakka nutq) va dialog (juft nutq) tarzida ifodalash mumkin
|
3.
|
О‘qish
|
yozma nutqni idrok etish va anglashdan tarkib topadigan resteptiv nutq faoliyati
|
4.
|
Yozuv
|
Axborotni yozma bayon etish, odatda, ikki yо‘l bilan amalga oshiriladi:
о‘z fikrini yozish;
aytib (о‘qib) turilgan о‘zga shaxs nutqini yozuvda ifodalash
|
Yozish texnikasi deganda, grafika (tovush-harf munosabati va harfning ma’no bildirish vazifasi), kalligrafiya (husnixat), orfografiya (imlo) nazarda tutiladi. Grafika о‘qish va yozish texnikasi tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq
|
Chet til o‘qitish sharoiti va maqsadiga ko‘ra, madaniyatlararo muloqotdosh (kommunikant) va axborot sohibi (kognizant)ni shakllantirish yo‘lida o‘qitish mazmuni maxsus tanlanadi va u chet tilda kommunikativ kompetensiyani egallashda asosiy ta’limiy obekt hisoblanadi. O‘qitish mazmunida ikki jihat kuzatiladi: nimani o‘rganish va nima qilishni o‘rganish. Birinchisi o‘quv materiali va ikkinchisi o‘quv jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv materiali dasturdan o‘rin oladi. Ikkinchisi ko‘nikma va malakalarga mansub kommunikativ kompetensiyani hosil qilish jarayoni bo‘lganligi tufayli dasturda ularga tegishli talablar canab o‘tiladi. Nutq faoliyati doirasi dasturiy mavzular bilan belgilanadi. Yaratilgan (gapirish, yozuvda) va o‘zga shaxs sodir etgan (tinglab tushunish va o‘qishda) diskurs dasturdan o‘rin olgan mavzularga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Chet til o‘qitish mazmuni o‘qitish maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘lib, u odatda maqsad mazmunini belgilaydi. Mazmun ta’lim chog‘ida o‘zlashtiriladigan metodik tushuncha yoki kategoriya bo‘lsa, uning mahsuli erishiladigan maqsadni aks ettiradi. O‘qitish mazmuniga nutqiy mavzular, malaka va ko‘nikmalar hamda til materiali kiradi. Ushbu uchta tarkibiy qism chet tilni o‘rganishda yaxlit o‘zlashtirishni taqozo qiladi [11].
Do'stlaringiz bilan baham: |