Bog'liq BOLALAR PEDAGOGIKASI Дарслик 2-кисм (24.04.2020)
IV. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: «Atrofimizdagi olam» kitobidagi «Biz va tabiat» rasmini chizish.
V. Uyga vazifa: «O‘qish» kitobidagi «Yer nima der?» she’rini yod olish.
O‘qitish tamoyillari va qoidalari Ta’lim tamoyillari – ta’lim beruvchining faoliyatini va ta’lim oluvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanmalardir. Ta’lim tamoyillari ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli formada, turli mazmunda va har xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun ta’lim tamoyillari ta’lim berishning ma’lum obektiv qonuniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Ta’lim tamoyillari quyidagilardan iborat:
Ta’lim mazmunini unifikatsiyalash va tabaqalashtirish tamoyili – ta’lim mazmunini unifikatsiyalash va tabaqalashtirish, birinchidan, ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis tayyorlanayotganda uni bir necha tur modifikatsiyani (xillarini) tayyorlash imkonini beruvchi unifikatsiyalashgan o‘quv rejalarini tizimni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, umumtexnik va umum pedagogik hamda maxsus predmetlar mazmunini tabaqalashtirish, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishi an’analarini hisobga oladi [28; 43-b.];
Ta’lim-tarbiya tizimi va uzviylik tamoyili – bu ta’lim-tarbiyada qat’iy mantiqiy izchillikka rioya qilish kerak bo‘lgan jarayondan iborat bo‘lib, bunda o‘rganilgan bilimlar va shakllangan tasavvurlar oldingi o‘rganilganlardan kelib chiqadi, ularni mustahkamlaydi, chuqurlashtiradi va keyingi ta’lim-tarbiyaviy jarayonga zamin hozirlanadi. Mazkur tamoyil o‘qish jarayonida didaktikaning umumiylikdan xususiylikka (deduksiya) va aksincha xususiylikdan umumiylikka (induksiya) qoidasini va o‘quv fanlarining bir – biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lishini ta’minlaydi;
Ta’lim-tarbiyaning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili – bu ta’lim mazmunining amalda o‘z ifodasini topish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, unda tarbiyani hayot bilan uzviylikda olib borishlik jarayoni qaraladi. Ushbu tamoyil didaktikaning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib, ruhiy hodisalar bilan yaxlit ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etadi;
Ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili – bu kishilarga bilim va tarbiya berish jarayonidan iborat bo‘lib, unda egallangan bilim va ko‘nikmalarni hayotga qo‘llay olishga o‘rgatiladi hayotda ta’lim oluvchilarning ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan uyg‘unlikda rivojlanishi ta’minlanadi. Yaxlit ta’lim – tarbiya jarayonida ikki o‘zaro bog‘liq juftlik, ya’ni, bilim berish va tarbiyaviy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda shakllangan ta’limiy – tarbiyaviy bilimlar va ko‘nikmalar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatish, obektiv borliqdagi qonuniyatlarni o‘rganish va uning amaliy munosabatlarini tarkib toptirishda namoyon bo‘ladi. Shu sababli ta’lim oluvchilarga bilim berishda egallagan bilimni amalda ishlatishga o‘rgatish, ya’ni, tarbiyalash jarayoni ham uyg‘unlikda olib borilmog‘i lozim bo‘ladi;
Ta’lim-tarbiyaning muntazamiylik va davomiylik tamoyili – bu ta’lim – tarbiyadagi zarur fiziologik – psixologik qonuniyat hisoblanib, u bilimni mantiqiy bog‘liqlikda o‘rganishni ta’minlab beradi. Bu tamoyil har bir fan bo‘yicha tuzilgan o‘quv reja va dasturlarda dasturiy va uslubiy tavsiyanomalarni yaratishda tadbiq etiladi. Amaliyotchi o‘qituvchi o‘quv reja va dasturlaridan chetga chiqmasligi lozim. Bu qonuniyat tushunchalar, dalillar va boshqa fikrlar orasidagi, ularning tadrijidan kelib chiqqan aloqadorliklar qonun va qoidalar bilan amaliy ishlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlarni o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Bu qonuniyat o‘qish faoliyatini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Unga amal qilmaslik ta’lim oluvchilar tafakkurida o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan uzuq – yuluq bilimlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday bilimlardan kishining ijtimoiy mohiyatiga naf bo‘lmaydi, ular tafakkurni charchatadi xolos [28; 44-b.];
Ta’lim-tarbiyada onglilik va faollik tamoyili – ta’lim oluvchilar olayotgan bilimini hayotda qo‘llay bilishlari uchun ta’lim berish jarayonini faol fikrlashga aylantirish kerak. Bunda o‘qitishni shunday tashkil etish kerakki, ta’lim oluvchilar bilimlarini mashg‘ulotlarda ongli va faol qatnashib egallab olishsin. Shunda talabalarda ong o‘sib, ijtimoiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik tarkib topadi.
Ta’lim-tarbiyaning onglilik tamoyili ta’lim oluvchilarda ta’rif, tushuncha va qoidalarni yodlash va esda saqlash bilan ularni egallash emas, balki bu bilimlarni, hayotiy hodisalar, jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mazmunini tushuntirishlarini talab etadi. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish ta’lim oluvchilarda bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishni, hissiy kechinmalar uyg‘otishini o‘z ichiga oladi. Bu tamoyil tafakkurini shakllantiruvchi qoida bo‘lganligi uchun muammoni mustaqil hal qilish maqsadida darsda ta’lim oluvchilarga muammoli vaziyatlar tavsiya etiladi.
Ta’limda o‘quv faoliyatini yaxlit shakllantirish tamoyili – ta’lim oluvchilarning diqqatini boshqarish, ularga bajariladigan ishlarni tushuntirish, zaruriy ehtiyoj – motivatsion holatlarni faollashtarish, faoliyatga yordam berish, tuzatish kiritish jarayoni va ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatining natijasini baholash jarayoni;
Ta’limni ilmiy asosda tashkil etish tamoyili – ta’lim oluvchilardagi o‘qitish ishlarini faollashtiradigan, ongini o‘stiradigan, ularni mustaqil bilim olishga yo‘naltiradigan usullarga o‘rgatadi hamda pedagogik, texnik atamalardan to‘g‘ri foydalanishga odatlantiradi;
Ta’limning ko‘rgazmalilik tamoyili – bu o‘rganilayotgan hodisa va voqealarni jonli idrok etish asosida o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyil o‘quv materialini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishni ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida ko‘rgazmali vositalardan to‘g‘ri foydalanish talabalarning pedagogika, psixologiya, tarbiyaviy ishlar metodikasi, o‘qitish uslubiyati va texnikaga oid fanlarni puxta o‘zlashtirib olishga, ularda malaka hosil bo‘lishiga yordam beradi. Agar ko‘rgazmali qurol biror fikrni bildirish uchun yordamchi vosita bo‘lsa, nutq asosiy qurol hisoblanadi.
Ko‘rgazmali qurol kuzatishni rivojlantirish uchun qo‘llanilsa, nutq qisqa bo‘lib kuzatishning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi.
Demak, ta’limning ko‘rgazmalilik tamoyili – bu ta’lim jarayonidagi sifatni ta’lim oshirishga, talabalarning bilim olishlarini osonlashtirishga (oydinlashtirishga) qaratilgan faoliyat bo‘lib, unda talabalardagi o‘rganilayotgan jarayonlarni (narsa va hodisalarni) bevosita hissiy – amaliy jihatdan idrok qilish asosida bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish jarayoniga asosiy e’tibor qaratiladi [28; 45-b.].
Ta’lim qonunlari quyidagilardan iborat (7.2-jadvalga qarang):
7.2-jadval.