Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi axborot texnologiyalari fanidan


-AMALIY MASHG‟ULOT. KOMPYUTER LINGAFON SINFLARIDA



Download 13,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/186
Sana01.02.2022
Hajmi13,2 Mb.
#423047
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   186
Bog'liq
Axborot texnologiyalari fanidan uslubiy qullanma rejali

2-AMALIY MASHG‟ULOT. KOMPYUTER LINGAFON SINFLARIDA 
AMALIY ISHLASH 
Reja: 
1.
Lingafon kabineti
 
moslamalari 
2.
Lingafon kabinet turlari 
3.
Rinel-Lingo SX108 Audio lingafon kabineti 
4.
Ingliz tilini o‘qitishda Rinel Lingo lingafoni 
Mashg‟ulotining maqsadi: 
Kompyuter lingafon sinflarida amaliy ishlash
to‘g‘risida nazariy bilim olish va amaliyotda qo‘llash. 
Amaliy mashg‟ulotning qisqacha bayoni: 
Lingafon kabineti moslamalari 
Lingafon kabineti quyidagi standart moslamalarni o‘z ichiga oladi:
-
O‘qituvchining ish joyi (o‘qituvchi konsoli); 
-
O‘quvchilar ish joyi; 
-
Tarmoq uskunalari, boshqaruv tizimi; 
-
Lingafon maqsad va vazifalarini amalga oshiradigan dasturiy 
ta‘minot.
Bundan tashqari, moslama tarkibiga qo‘shimcha komponentalarni, masalan: 
interaktiv doska, videokameralarni kiritish mumkin.
Ish joyi o‘zida tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlarni oladi. Bundan 
tashqari, har bir ish joyi tarkibiga tovush va ovoz yozish qurilmalari kiradi. 
Ko‘pincha bu mikrofonli naushnikdir.
O‘qituvchi konsoli tarkibiga o‘qituvchiga o‘quvchilarni guruhlarga bo‘ladigan 
va birlashtiradigan, monitor orqali har bir o‘quvchini boshqaradigan va boshqa 
ishlarni tashkillashtirishga ruxsat beradigan boshqaruv paneli ham kiradi.
O‘qituvchining konsulidan tashqari lingafon moslamasi o‘quvchi ish joylarini 
ham o‘z ichiga oladi. Ish joylari soni o‘qitishning maqsadi va ta‘lim muasssasasining 
shartlari bilan belgilanadi. Lingafon moslamalar 10-20 ish joyiga mo‘ljallangan 
bo‘ladi. Lingafon moslamalar xarakteriga bog‘liq holda quyidagi sxemaning biri 
bilan jihozlangan bo‘ladi: audio passiv, audioaktiv yoki audio komparativ.
Audio passiv qurilmalar o‘quvchilarga o‘qituvchi pultiga o‘rnatilgan 
magnitofonlardan fonogrammalarni eshitish imkonini beradi; bunda o‘quvchilar hech 
narsa gapirishmaydi. Audio passiv qurilmalar ish joyi minigarnituralar bilan 
jihozlangan bo‘lib, o‘quvchilarni begona tovushlardan (shovqinlardan) ajratish uchun 
qattiq sintetik material izolyatorlari bilan jihozlangan. Minigarnituralardan tashqari 
ish joylari ko‘pincha o‘quvchilar o‘zi istagancha ishlatishi mumkin bo‘lgan ovoz 
kuchaytirgich regulyatorlari bilan jihozlangan bo‘ladi.
Audio faol qurilmalar audio passiv qurilmalaridan farqli ravishda, nafaqat 
tovushlarni eshitishga, balki baland ovozda mashq qilishga ham ruxsat beradi. 
Qurilma 10-20 ish joyiga ega bo‘lgani uchun, baland ovozda o‘nlab o‘quvchilar 
mashq qilishadi. Shuning uchun bunda vazifa shundan iboratki, o‘quvchi 
boshqalarning emas, balki faqat o‘zining ovozini eshitishi kerak. Bunday vazifaning 


14 
yechish uchun audio passiv qurilmali ish joylariga o‘rnatilgan qurilmalardan ham 
murakkabroq qurilma kerak bo‘ladi.
Minigarnituralar o‘rniga har bir ish joyi past sezgirlik va yo‘nalishli harakat 
mikrofonli telefonli mikrofon garniturasi bilan jihozlanadi. Yo‘nalishli harakat 
mikrofoni faqatgina aniq burchak bo‘yicha mikrofonga yo‘naltirilgan tovush 
to‘lqinlariga javob beradi. Ish joyiga o‘rnatilgan mikrofon shu stolda o‘tirgan 
o‘quvchi tovushini qabul qiladi. Telefon-mikrofonli garnitura kuchaytirgich bilan 
birlashtirilgan. O‘quvchi ovozi mikrofondan kuchaytirgich ―вход‖ iga beriladi, keyin 
esa kuchaytirgich ―выход‖ idan o‘quvchi minigarniturasiga beriladi. Shunday qilib, 
o‘quvchi telefon trubkasiga gapirayotgan o‘z ovozini eshitadi. Aynan shunday 
konstruksiya barcha o‘quvchilar bir-biriga xalal bermasdan gapirishiga ruxsat beradi, 
ya‘ni qurilma audio aktiv hisoblanadi.
Audio komparativ qurilmalar o‘quvchiga o‘zini nutqini yozib olishga
so‘ngra uni na‘munadagi ovoz bilan solishtirishga ruxsat beradi. Audio komparativ 
qurilma ish joyi audio aktiv qurilmalar jihozlangan telefon-mikrofonli garnituradan 
iborat. O‘quvchi mikrofondan foydalanib o‘zining nutqini yozib oladi. O‘quvchiga 
telefon topshiriq kabi, o‘zining nutqini eshitish uchun ham kerak. O‘quvchi o‘zining 
yozuvini o‘qituvchiga tekshirish uchun yuborishi mumkin.
Ba‘zi o‘quvchilar ish joylaridagi individual ovoz yozish qurilmali 
qurilmalarni ikki guruhga bo‘lishni taklif etadi – translyastiya qiladigan va 
translyastiya qilmaydigan.
Birinchi holda umumiy fonogramma individual qurilmalarga yuboriladi va 
ularning har birida yoziladi. Fonogramma to o‘quvchi tayyor bo‘lgancha qo‘yiladi.
Translyatsiya qilinmaydigan qurilmalarda individual qurilmalarda barcha 
uchun umumiy emas, balki faqat o‘zining fonogrammasiq qo‘yiladi.
Bunday holda biz qurilmalar klassifikatsiyasi bilan emas, balki bitta 
qurilmaning turli ko‘rinishlarini ishlatish bilan ish ko‘ramiz. Agar faqat qurilmalar 
konstrukstiyasi haqida gap ketsa, u holda umumiy dasturni translyastiya qilish 
imkoniyati ko‘rib chiqilmagan ovoz yozish qurilmalari bilan jihozlangan ish joyiga 
ega qurilmaning bitta turi bor. Bu oliy ta‘lim muassasasalaridagi fonozallardir. 
Bunday fonozallarning har birida o‘nlab, ba‘zan yuzlab ish joylari o‘rnatilgan bo‘lib, 
ular individual konsultastiyalar uchun mo‘ljallangan.
Yarim kabinali (polukabina) lingafon kabinetlari yopiq va ochiq turdagi 
kabinetlarga bo‘linadi.
Yarim kabinalar ovoz ajratish uchun mo‘ljallanmagan. Zamonaviy tor 
yo‘naltirilgan mikrofonlar ovozni kabinalarsiz ham amalga oshiradi. Bu mikrofonlar 
har bir ish joyining avtonomligini to‘liq ta‘minlaydi, boshqacha aytganda barcha 
o‘quvchilar bir-biriga halal bermasdan bir vaqtda gapirishi mumkin. 
Unda ish joylarida yarim kabinalar nima uchun kerak? Yarim kabinalar 
―kutubxonali‖ deb ataladigan lingafon moslamalarda paydo bo‘lgan. Kutubxonali 
qurilmalar o‘quvchilarning mustaqil ishlashi uchun kerak bo‘lib, bunda o‘qituvchi 
konsultant roli beriladi. Bu holda har bir o‘quvchi individual ishlagani uchun yarim 
kabinalar juda foydali, biroq ular psixologik funkstiyalarni bajaradi. Boshqalardan 
ajralgan holda boshqa o‘quv materiali ustida ishlayotgan o‘quvchi og‘zaki mashqlarni 
hotirjam bajarish imkoniga ega bo‘ladi. Boshqa o‘quvchining borligi unga xalaqt 


15 
bermaydi va u xijolat tortmaydi. Bu holat ish og‘zaki olib borilayotganda juda 
muhim.
Shu bilan birgalikda o‘quv jarayoniga yarim kabinalarni o‘rnatishga 
cheklovlar ham mavjud. Chunki bunda dars o‘tish, ta‘limning jamoaviy shkali 
yo‘qoladi. Oxirgi holatda yarim kabinalar juda zararli hamdir. Shuning uchun ham 
ochiq turdagi lingafon qurilmalari keng tarqalgan. Ochiq turdagi qurilmalarda 
kuchatirgichli telefon-mikrofonli garnituralar o‘quvchiga audio aktiv mashqlarni 
og‘zaki bajarishida zarur ovozni ajratib beradi, bu esa dars o‘tishga umuman xalaqit 
bermaydi.

Download 13,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish