Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi axborot texnologiyalari fanidan


Rinel-Lingo SX108 Audio lingafon kabineti



Download 13,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/186
Sana01.02.2022
Hajmi13,2 Mb.
#423047
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   186
Bog'liq
Axborot texnologiyalari fanidan uslubiy qullanma rejali

 
Rinel-Lingo SX108 Audio lingafon kabineti 
Rinel-Lingo SX108 Audio multimedia-lingafon kabineti xorijiy tillarni 
o‘rganish uchun zarur bo‘lgan yangi texnikalar bilan ta‘minlangan standart o‘quv 
kompyuter sinfi uchun mo‘ljallangan.
Bu lingafon kabineti quyidagi fanlarni o‘rgatish uchun qo‘llaniladi: 
informatika, geografiya, biologiya va boshqalar. Biroq uning imkoniyatlari ko‘proq 
xorijiy tillarni o‘rganish uchun amalga oshiriladi.
Uning to‘plami tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
Rinel-Lingo SX108 Audio audiokommutatori; 
-
har bir ish joyi uchun Lingo Card platasi;
-
RS-232 boshqarish kabeli; 
-
Rinel Lingo dasturiy ta‘minoti; 
-
hujjatlashtirish. 
Berilgan lingafon kabineti asosiy imkoniyati o‘qituvchining barcha 
o‘quvchilar yoki o‘quvchilar (guruhda 8 o‘quvchigacha) guruhi bilan hamda 
guruhlarga o‘zaro birlashgan o‘quvchilar ovoz va videoaloqasi hisoblanadi. Sinf 


17 
guruh qatnashchilari orasida faol nutqiy harakatni talab qiladigan guruhdagt ishning 
turli yangiliklarini rivojlantirish uchun ishlatilishi mumkin.
Berilgan lingafon kabineti tarkibiga kiruvchi apparat va dasturiy vositalarga 
ishlarning quyidagi variantlarini qo‘llaniladi: 
1. O‘qituvchi mikrofonga gapiradi va uning nutqi barcha o‘quvchilar 
garniturasi hamda ovoz kuchaytirgichli aloqaga translyastiya qilinadi. O‘quvchilar 
ekranining tasviri o‘quchilar monitoriga yuborilishi mumkin.
2. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlagan holda ular bilan nutqiy aloqaga kiradi 
va uning ekranining tarkibini o‘zining monitorida ko‘radi, hamda uning kompyuter 
ekranini o‘zining klaviaturasi va sichqonchasi bilan boshqarishi mumkin. Berilgan 
imkoniyat o‘qituvchiga o‘quvchi bilan o‘z ish joyini tark etmagan holda ishlashiga 
ruxsat beradi.
3. O‘qituvchi o‘quvchilar guruhi bilan ishlaydi. 1 variantdan quyidagilar bilan 
farq qiladi: translyastiya ovoz kuchaytirgich aloqa orqali berilmaydi, butun guruh 
bilan emas, balki aniq guruh bilan ish olib boriladi.
4. O‘quvchilar o‘zining ekrani tarkibini guruh o‘quvchilarining monitorlariga 
taqdim etadi, bu esa sinfni virtual auditoriyalarga bo‘lishga olib keladi. Virtual 
auditoriyalarda bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘quvchilar o‘tilgan materialga javob 
berishi mumkin yoki dasturni namoyish qilish orqali masalalarni birgalikda echishi
chet tili darslarida matni o‘qishi yoki muloqot olib borishi mumkin.
Barcha yuqoridagi variantlar garnitura bilan ishlashi yoki ishlamasligiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda ishlatilishi mumkin, chunki o‘qituvchi ovozi va uning 
kompyuteridan beriladigan ovoz o‘quvchilarga ovozkuchaytirgich orqali ham, 
naushnik orqali ham beriladi. O‘quvchilar o‘zining kompyuterida sintezlanadigan 
aralash ovozni va o‘qituvchi va o‘qituvchi kompyuteridan chiqadigan ovozni 
eshitadi.
Lingafon kabinetida ovozni uzatish kompyuterlarning hisoblash resurslari va 
lokal tarmoq ishlatilmagan apparatlar yordamida amalga oshirilgani uchun ixtiyoriy 
dasturiy ta‘minot tezligi va sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi. 
Videoaloqa deganda o‘quvchilar ekranining o‘qituvchilar monitorida
o‘qituvchi ekranining o‘quvchilar monitorida (o‘quvchilar guruhi), o‘quvchilar 
ekranining boshqa o‘quvchilar monitorida (o‘quchilar guruhi) ko‘rinishiga aytiladi. 
Ekran ko‘rinishi passiv kabi, aktiv ham bo‘lishi mumkin. Ekranning passiv ko‘rinishi 
– bu kompyuter ekranida boshqa ish joyining tasvirini ko‘rsatish. Ekranning aktiv 
ko‘rinishi – bu kompyuter ekranida boshqa ish joyining tasvirini klaviatura va 
sichqoncha yordamida boshqargan holda ko‘rsatish.
Sinfda videoaloqa kompyuterning hisoblash resurslari va lokal tarmoqlarini 
ishlatgan holda Rinel-Lingo dasturiy ta‘minotida sozlangan qo‘shimcha dasturiy 
vositalar yordamida dastur bilan ta‘minlanadi.

Download 13,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish