22
e‟tibor berilgan. Ibn Sinoning ta‟kidlashicha, jismoniy mashqlar insonni ortiqcha
vazndan xalos etadi, tanaga engillik baxsh etadi, kun bo„yi yig„ilgan ortiqcha yukdan
xalos etadi.
Ovqatlanish va jismoniy mashg„ulotlar, Maymonid fikricha, bir-birini me‟yorga
solib turuvchi qarama-qarshiliklardir. U xususan, shunday deb yozgan edi: «Gimnastik
harakatlar o„rnini hech narsa bosa olmaydi: ular tabiiy issiqlikni oshiradi, hatto kuchli
taomlarni etarlicha eganda ham tanada ortiqcha vazn hosil bo„lishiga yo„l qo„ymaydi».
Ozod O„zbekistonda aholini jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida
sog„lomlashtirish, sog„lom avlodni tarbiyalash, sog„lom turmush tarzini targ„ib etish
masala-larini hal etishni muhim vazifalar deb hisoblaydi. «O„zbekiston mustaqilligi
bizning ma‟naviy va madaniy boyligimiz gurkirab o„sishi uchun muhim
asosdir», - deb
yozadi Respublika Prezidenti I.Karimov o„zining «O„zbekiston yangilanish va
taraqqiyotning o„z yo„li» kitobida.
Jismoniy tarbiya va sport - umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismlaridir. SHu
sababli davlatimizda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti muammolariga chuqur
e‟tibor berilishi lozim. Bu borada O„zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va
sport to„g„risida» gi qonuni muhim ahamiyatga ega.
Bu qonunda yoshlarni sog„lomlashtirish shakllari va usullarini muntazam
takomillashtirish haqida alohida ta‟kidlanadi. CHunki davlat kelajagi ham jismonan,
ham ma‟nan sog„lom yoshlar qo„lidadir.
Jismoniy madaniyat - umummadaniyatning tarkibiy qismidir. U nafaqat
salomatlikni mustahkamlaydi, balki ayrim tug„ma orttirilgan kasalliklardan forig„
qiladi, osteoxondroz, trombo-flebit kabi kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya bilan shug„ullanish - bu jismoniy mashqlarni muntazam bajarish, kun
tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish, tanani quyosh, havo va suvdan samarali
foydalanib chiniqtirish demakdir. Jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi - bu sportdir.
Sport bilan shug„ullanish - doimiy mashg„ulotlar, doim ortib boruvchi yuklamalar yo„li
bilan musobaqalarda yuqori natijalarga erishish demakdir.
Sog„lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyada quyidagilar muhim o„rin tutadi:
-
jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, yurak-tomir tizimining ishlashi, salomatlik
darajasi ko„rsatkichlari diagnostikasi;
-
o„quv faoliyati, dam olishni tashkil etish, o„z-o„zini baholash, tahlil qilish va
nazorat qilish ko„nikmalarini shakllantirish;
-
pedagogik jarayonda asosiy usul sog„lomlashtiruvchi mashqlar va jismoniy
mashg„ulotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: