2.IJTIMOIY PROFILAKTIKA O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISI
SALOMATLIGINING OMILI SIFATIDA.
Aholi salomatligini asrash va mustahkamlash rivojlanayotgan davlat sharoitida
alohida ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi:
-
aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish;
-
tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash;
-
ishlab chiqarish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish;
-
har bir insonni, uning ilk bolalik chog„idan boshlab, jisoniy va ruhiy
rivojlantirish;
-
sog„lom hayot tarzi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini shakllantirish;
-
aholining turli qatlamlari xususiyatlarini e‟tiborga olib har tomonlama gigienik
tarbiyalash;
-
aholi salomatligini umumdispanserizatsiya asosida dinamik kuzatish tizimini
tadbiq etish.
19
Inson salomatligi ahvolini kuzatish quyidagilarni ko„rsatdi:
-
aholining 16-20% salomatligi darajasi qoniqarli;
-
aholining 32-44% salomatligi darajasi qoniqarsiz;
-
aholining 10-34% turli kasalliklarga chalingan yoki kasallik oldi holatida.
Salomatlik darajasi qoniqarsiz holatda fiziologik tizimning elementlari o„rtasida
kelishmovchiliklar ro„y beradi, organlar o„z vazifalarini yaxshi bajarmaydilar, natijada,
charchash va holdan toyish kuzatiladi.
SHuning uchun tibbiyotning zamonaviy bosqichida asosiy e‟tibor profilaktikaga
qaratilgan.
Tibbiyotda profilaktika vositalari etarlicha, lekin o„sib kelayotgan avlod, asosan,
davolovchi
jismoniy
tarbiya,
medikamentlar
va
x.z.
vositalar
asosida
sog„lomlashtiriladi. YA‟ni, kasalliklarning oldini olish emas, ularni davolash
usullaridan foydalaniladi. Axir, salomatlikni asrovchi, kasalliklarning ol-dini oluvchi,
umrni uzaytiruvchi tadbirlar tibbiyot uchun ham muhim. Ko„p mamlakatlarda
davolovchi tibbiyot profilaktik tibbiyotdan ajratib qo„yilgan.
Ijtimoiy profilaktika masalalarini hal etish maqsadida «Aholi salomatligini
mustahkamlash va kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish ishlarining kompleks
dasturi» ishlab chiqildi va uning davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan bajarilishi
masalalari hal etildi. Profilaktik yo„nalish taraqqiyotining asosiy bosqichlari ko„rsatib
berilgan. Atrof-muhitni sog„lomlashtirish, mehnat sharoitlarini va muhofazasini
yaxshilash, sog„lomlashtiruvchi sanitar tadbirlarini o„tkazish, aholining ratsional
ovqatlanishini ta‟minlash, aholini gigienik tarbiya qilish bo„yicha ishlarni faollashtirish
masalalari ham keng yoritilgan. SHuningdek, oliy o„quv yurtlarida «salomatlik»
maqsadli kompleks dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga quyidagi bo„limlar
kiritilgan: mehnat sharoiti va muhofazasini tashkil etish; tibbiy ta‟minot; ratsional kun
tartibini tashkil etish; jismoniy sog„lomlashtiruvchi tadbirlar; uy-joy xizmati; moddiy-
texnik ta‟minot; sanitar yorituv ishlari.
2005 yili respublikamizda aholini sog„lomlashtirish bo„yicha davlat dasturi qabul
qilingan va unda quyidagi bo„limlar mavjud:
1) sog„lom hayot tarzi muammolarini o„rganish;
2) bolalar bog„chasi va maktabda sog„lom hayot turziga ehtiyojni shakllantirish;
3) litsey, kollej va pedagogika oliy o„quv yurtlarida sog„lom hayot tarziga
ehtiyojni shakllantirish;
4) o„rta maxsus o„quv dargohlarida sog„lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish;
5) malaka oshirish tizimida sog„lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish
muammolarini o„rganish;
6) sog„lom hayot tarzini shakllantirish jarayonini o„rganish va uni nazorat qilish
tizimi;
7) aholining sog„lom hayot tarziga ehtiyoji asoslari;
8) sog„lom hayot tarzini tashviqot va targ„ibot qilish;
9) sog„lom hayot tarzini O„zbekiston Respublikasining xal-qaro aloqalariga
tadbiq etish.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy profilaktika tibbiyotda keng ishlab chiqilgan, har
bir shaxs salomatligining garovi bo„lgan individual profilaktikaga esa etarlicha e‟tibor
20
berilmayapti. Ijtimoiy profilaktika individual profilaktik tadbirlar uchun sharoit yaratib
berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |