15
8. JISMONIY TARBIYA VA SALOMATLIK.
Jismoniy tarbiya - jamiyatdagi umumiy madaniyatning bir qismidir. SHuningdek,
u insonning jismoniy qobiliyatini rivojlantirish, salomatligini mustahkamlashga
yo„naltirilgan ijtimoiy faoliyat sohalaridan biridir. Jismoniy tarbiyaning asosiy
elemenlari: jismoniy mashqlar, mashqlar kompleksoari va ular bo„yicha musobaqalar,
tanani chiniqtirish, mehnat va turmush gigienasi, sport turizmi.
Jismoniy tarbiya o„zining umummadaniy va ijtimoiy vazifalarini
o„zining
maxsus vositalari yordamida bajaradi. Bu vazifalarni quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
1. Organizmni insonning yoshi, jinsi, sog„lig„ining ahvoli, jismoniy
rivojlanishidan qat‟iy nazar rivojlantirish va mustahkamlash.
2. YOshlarni mehnatga va Vatan himoyasiga jismonan tayyorlash.
3. YOshlarning faol dam olish va bo„sh vaqtdan unumli foydalanish ehtiyojini
qondirish.
4. YOshlarning irodasini, jismoniy qobiliyatlarini va harakat imkoniyatlarini
chiniqtirish.
Ma‟lumki, jismoniy tarbiya va sport har tomonlama komil insonni tarbiyalashda
muhim vosita hisoblanadi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug„ullanish ish
qobiliyatini o„stiradi, sog„lom hayot tarziga ehtiyojni tarbiyalaydi, bu esa uzoq yillar
mustahkam salomatlik va ijodiy faollik garovidir.
SHuning uchun jismoniy tarbiya bo„yicha o„quv jarayonlarni takomillashtirish
respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim davlat ahamiyatiga ega, chunki
yoshlar salomatligi omili xalq xo„jaligi uchun ishchi resurslar rezervini tayyorlashning
asosi hisoblanadi. SHu munosabat bilan bo„lajak mutaxassisilar jismoniy tarbiya va
sportni mehnat faoliyatida, turmushda, harbiy burchni bajarishda joriy etishga tayyor
bo„lishlari va sportning ishlab chiqarishning iqtisodiy ko„rsatkichlariga ijobiy ta‟sir
etishini yoshlar ongiga etkazishdir.
Hozirgi vaqtda yoshlar salomatligida jiddiy kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.
O„quv yurtini bitirish oldidan yoshlar salomatligining yomonlashuvi kuzatilmoqda.
Bunga yoshlarning kam harakatliligi sabab bo„lmoqda.
Kam harakatlilik semizlik, diabet, nevroz, yassi tovonlik, qomatning buzilishi
kabi kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi.
SHu paytga qadar jismoniy tarbiyada o„quvchi va talabalar, asosan, chidamlilik,
chaqqonlik, kuch, tezlik, chayirlik va boshqa sifatlarni rivojlantirish g„oyasi asosiy
o„rin egallab, yosh sportchilarni, shuningdek, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash
masalalarini hal qiluvchi sport mashg„ulotlari
Do'stlaringiz bilan baham: