Reja
1-Ertalabki gimnastikaning namunaviy kompleksi
2- Jismoniy tarbiya daqiqalari Аsosiy harakatlarga doir mashqlar
3- Sogʼlomlashtirish ishlarini tashqil etish
Yurish mashqlari. Tik turib yurishga oʼrgatish. Turli saflanishlarda (bittadan, ikkitadan, toʼrttadan kolonna boʼlib, doira olib, saf tortib) yurish; qoʼllar bilan har xil harakatlarni bajarib yurish. Oddiy holatda va oyoqlarni chalkashtirib gimnastik yurish, oʼng oyoqni tashlab (harbiycha), koʼzlarni yumib yurish.
Gimnastika oʼrindigʼi boʼylab (toʼgʼri va yon tomon bilan) yurish, oʼrtaga kelganda toʼxtash va tayoqchaning ustidan hatlab oʼtish, qoʼllar belda, koʼzni yumib yurish koʼnikmalarini tarkib toptirish. Oyoqlar uchida turish, berilgan ishora boʼyicha koʼzlarni yumib bir oyoq uchida turish; qoʼllarni yuqoriga koʼtargan holda, orqaga aylanish.
Yugurish mashqlari. 40-50 m masofaga oʼrtacha tezlikda yugurish, buyumlar orasidan ularga tegib ketmaslikka harakat qilgan holda yugurish; yugurish vaqtida turgʼun va harakatlanuvchan narsalarga tegmasdan ularni aylanib oʼtib yugurish; tezlik saqlagan holda yugurish, yoʼnalishni va muvozanatni saqlagan holda orqa bilan yugurish; berilgan masofani oʼrta tezlikda yugurib oʼtishga oʼrgatish.
Sakrash mashqlari. Sakrash koʼnikmalarini shakllantirishda davom etish, sakrayotganda, (erga tushishda) muvozanatni saqlash uchun qoʼllarni oldinga, yon tomonga uzatish; bir joyda turli usullarda (galma-gal, oʼng va chap oyoqda, bir oyogʼidan boshqa oyogʼiga turib, oyoqlarni chalishtirgan holda) sakrash, ikki oyoqni juftlab, chiziqlar ustidan, past buyumlar ustidan, turgan joyidan uzunlikka (80 sm masofaga) sakrash, yugurib kelib uzunlikka, balandlikka, argʼamchi bilan sakrash.
Otish, ilib olish va irgʼitish mashqlari. Bolaga buyumlarni uzoqqa va nishonga irgʼitishda barmoqlarni kuchli harakatlantirib otishga oʼrgatish. Koptok bilan xilma xil va ishonch bilan harakat qilishga oʼrgata borish. Toʼpni yuqoriga (kamida 10 marta) otish va ilib olish, xuddi shu mashqning oʼzini chapak chalib aylanib va boshqacha usullar bilan bajarish; koptokni bir qoʼldan ikkinchi qoʼlga olib yerga urib bajarish. Koptokni bir-biriga, pastdan va boshidan oshirib irgʼitish.
Emaklab yurish va tirmashib chiqish mashqlari. Emaklab yurish gimnastika oʼrindigʼi boʼylab qorinda va yelka bilan yotib qoʼllarga tayanib va oyoqlarni itarib xona boʼylab emaklab yurish, gimnastika oʼrindigʼi ustidan qator qilib qoʼyilgan toʼsiqlar ichidan emaklash. Turli usullar bilan gimnastika narvonchasiga tirmashib chiqishni mashq qildirish. Gimnastika narvonining bir zinapoyasidan ikkinchi zinapoyasiga oʼtish. Narvonga chiqib tushish, xodacha boʼylab tirmashib chiqishga oʼrgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |