Samaraqand davlat universiteti



Download 1,26 Mb.
bet56/81
Sana23.05.2023
Hajmi1,26 Mb.
#942745
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81
Bog'liq
e6d665e454f413c43706cccc78f7ebd5 MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH (1)

Rahbarlik usullari. Kichik guruhda ertalabki gimnastikaga bolalar o‘z xohishlari bilan qiziqib, jamoaviy harakat faoliyatini boshlab yuborishlari, bundan rohat olishlari g‘oyat muhimdir. Mashqlarni har kuni ko‘p martadan takrorlayverish shunga olib keladiki, harakatlar bir maromda bajariladigan maqomli xususi- yat kasb etadi, berilgan harakat yo‘nalishi (oldinga, orqaga, yon tomonlarga, yuqoriga va hokazo) ga rioya qilinadigan bo‘ladi.
Tarbiyachi bolalar bajarayotgan harakat sifatiga ayrim talablar qo‘ya boshlaydi. U bolalarning zarur dastlabki holatda mumkin qadar to‘g‘ri tura olishlarini kuzatib boradi va ular baja- rayotgan harakatlarni sal bo‘lsa ham ko‘rsatib berilgan asosiy harakatga o‘xshashiga erishadi. Masalan, agar mashqqa qo‘llari boshdan yuqoriga ko‘tarish kerak bo‘lsayu, ko‘pchilik bolalar qo‘llarini faqat yon tomonga ko‘tarsalar tarbiyachi ularga qarab: “balandroq, balandroq yana ham balandroq ko‘taring! Qo‘llarimizni boshimizdan yuqoriga ko‘tarib, quyoshga yetka- zamiz”, – deydi. Ayni vaqtda u qo‘llarini yuqoriga muayyan usul bilan: yon tomondan, oldindan yuqoriga ko‘tarish zarur- ligini ta’kidlab o‘tmaydi.
Mazkur yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika mashqlari uchun o‘zgaruvchanlik va tugallangan belgili holatlarning nihoyatda kam miqdorda bo‘lishi o‘ziga xos xususiyatdir. Deyarli barcha harakat izchillik bilan bajariladi. Tarbiyachining mashqlarni ko‘rsatib va tushuntirib berishining o‘ziga xos ekanligini shu bilan izohlanadi. Bu bilan uning o‘zi ham rivojlanib boradigan o‘yin mazmunining
ishtirokchilaridan biriga aylanadi.

O‘rta guruhda bolalarning diqqatini jamoaviy faoliyat shakl- lariga jalb qilish va maktabgacha ta’lim muassasasida kunni uyushqoqlik bilan boshlash uchun ertalabki gimnastikaning ahamiyatini saqlab qoladi. Shu bilan birga bola organizmining harakat faoliyatini faollashtirishda uning ahamiyati orta boradi. Bu esa tarbiyachidan ertal abki gimnastikani mashqlar orasida uzoq tanaffus qilmasdan yaxshi, jo‘shqin sur’at bilan o‘tkazishni talab qiladi.
Mashqlarni tushuntirishning o‘ziga xos xususiyati – bu qisqalik va aniqlikdir. Ertalabki gimnastika uchun bolalarga tanish bo‘lgan yoki juda oddiy mashqlar to‘planadi, shuning uchun o‘yinning har birini mufassal tushuntirib o‘tirishga hojat qolmaydi. Tarbiyachi faqat mashqning umumiy mazmunini, uning qismlari qanday izchillikda bajarilishini eslatib qo‘yadi, xolos. Masalan, u “Oyoqlarimizni kengroq ochdik, qo‘llarni belga qo‘ydik, oldinga engashish mashqi. Boshladik! Bir- ikki-uch, rostlandik!” – deydi. Mashqni bajarish davomida shu tarzda tushuntirib berib boriladi. Bunda harakat maromini yo‘qotmasdan tarbiyachi harakatlarining to‘g‘ri bo‘lishini talab qilib, izoh berishda davom etadi: “Pastroq, pastroq engashinglar, menga qarab turinglar, rostlandik. Yana bir marta qaytaramiz”, – deydi tarbiyachi guruhni bir daqiqa mashqdan to‘xtatib. Ko‘rsatib berilayotgan mashq va izohlar tushunarli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega, chunki ertalabki gimnastika vaqtida qo‘l, oyoq, gavda boshning asosiy harakat malakalari mustahkamlanadi.
Bolalarda ertalabki gimnastikaga nisbatan ijobiy emotsional
munosabat shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Ular mashq baja- rishda yuksak darajada mustaqillik ko‘rsatishga o‘rgatiladi. Bolalar mashqni tarbiyachining tushuntirishi bo‘yicha bajara oladigan bo‘lib qoladilar, mashqlarni kompleks holida eslab qo- ladilar va mustaqil ravishda izchillik bilan takrorlay oladilar. Ular mashqning qanday atalishini aytib berishlari va uni bajarib hamda tushuntirib berishlari ham mumkin. Bolalarning hammasi kompleks mashqlarni bir-biriga izchil bog‘lanishini bilish-bilmasliklarini, dastlabki holatlarni esda saqlab qolganla rini tekshirish uchun tarbiyachi bolalarni mashqlarini mustaqil

bajarishga majbur qiladigan usullarni qo‘llaydi. Masalan, bir yoki birnecha bolani chaqirib, ularni guruhning oldiga turg‘azib qo‘yadi, bolalarni bitta qatorasiga mashqlarning butun yigindisi ni ko‘rsatishni taklif qiladi. Bolalar o‘rganib qolgan saflanish tartibida ularni chapga, o‘ngga buradi yoki orqaga aylantira- di. Bunda u kolonna oldida boruvchilarni hamda nimaga qarab tekislanish kerakligini – tekislanish mo‘ljalini o‘zgartirib turadi. Bunday tadbir bolalarning hammasini ertalabki gimnastikada faol ishtirok etishga, ularni sherengada, kolonnada yetakchi borishi uchun, birovning yordamisiz mustaqil harakat qilishga hamisha tayyor turishga majbur qiladi.
Yetti yoshga qadam qo‘ygan bolalardan ertalabki gimnastika vaqtida harakatning chiroyli bajarilishini talab qilish kerak; ular dastlabki holatlarni hamda mashq o‘rtasidagi holatlarni aniq va puxta egallashlari, mashqlarni to‘g‘ri bajarishlari kerak.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish