Samaraqand davlat universiteti


Jismoniy tarbiya daqiqalari



Download 1,26 Mb.
bet62/81
Sana23.05.2023
Hajmi1,26 Mb.
#942745
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
Bog'liq
e6d665e454f413c43706cccc78f7ebd5 MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH (1)

Jismoniy tarbiya daqiqalari. Jismoniy tarbiya daqiqalari o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffusda, shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonining o‘zida o‘tkaziladi.
Sport daqiqalarining ahamiyati bola faoliyati va holatini ha- rakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa, statik holat oqibatida muskullarning asab tizimi ta’sir qiluvchi, organizmdagi funksional jarayonlarni susayturuvichi turib qolish hodisasi yuz beradi, bularning hammasi toliqishni keltirib chiqaradi. Bola betoqat bo‘la boshlaydi, holatini o‘zgartirishga intiladi, gohida qaddi-qomatini tiklash uchun noqulay holatda turib qoladi.
Toliqish bir xil ish, shuningdek, mashg‘ulot uchun belgi- langan me’yorning buzilishi tufayli kuchayadi. Bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po‘stlog‘ida rivojlanadigan tormozlanish va shu bilan bog‘liq reflektorli reaktiyalar tezligi, bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatini o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hatto 6

yoshli bolalar ham faqat 20 minutgina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar shu muddatdan so‘ng ular toliqish tufayli bilimlarini yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni egallashga qodir bo‘la olmaydilar (M.C. Grombax).
Jismoniy mashqlarni bajarish muskul ishini faollashtiradi, bu o‘z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, simpatik asab tizimi faoliyatini, umuman miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional ijobiy holatning tiklanishiga, diqqatning aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug‘ullana boshlaydi.
Turli xarakter va intensivlikdagi mashqlarning bolalarning jismoniy holati va aqliy ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish sport daqiqalarga kiritiladigan mashqlar bolalarda emotsional holat- ni uyg‘otishi, intensiv bo‘lishi kerakligini ko‘rsatdi. Jismoniy tarbiya daqiqalari tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho‘qqayib o‘tirish yoki turgan joyda yugurish (30-40 sekund) kiradi. Sport daqiqalari o‘z ichiga yelka kamari va qo‘llariga mo‘lj allangan 2-3 xil mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlari hamda oyoq mashqlarini oladi. Jismoniy tarbiya daqiqalari 2-3 minut davom etadi.
Ikki xil kam harakatli mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffuslar to‘p, arg‘amchi bilan o‘ynash yoki harakatli o‘yin, estafetalar- dan iborat bo‘ladi.
Kunduzgi uyqudan keyingi jismoniy mashqlar asab tizimini faollashtirish va bolalarning faol faoliyatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Ular qayta saflanish, qomatni, qo‘lni mayda muskullarini shakllantirishga yordam beradigan, harakatli o‘yinlardan iborat bo‘ladi. Bu o‘yinlar 2-3 minutdan 10 minutgacha davom etadi. Shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan jismoniy daqiqalarga turli xil mashqlar tanlanadi.
1-mashq. Tayoqcha bilan bajariladigan mashq:
D.h.: tik turish, tayoqcha gorizontal holatda ko‘krakka qo‘yilgan holatda.

1–4 tayoqcha yuqori ko‘tariladi va tushiriladi. Mashq 6–8 marta takrorlanadi.
2–mashq.
D.h.: tik turish, oyoqlar yelka kengligida, tayoqcha gorizontal holatda ko‘krakka qo‘yilgan.
1–2 oldinga engashib, tayoqchani polga qo‘yish. 3–4 dastlabki holatga qaytish.
10–15 marta arg‘amchilarda sakrash.
Jismoniy daqiqalarga mashqlar qanday tanlanadi?

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish