O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
5A110701 – Ta’limda axborot texnalogiyalari mutaxasisligi talabasi
NAMOZOV DANIYORBEK
1-semestr davomida Ilmiy amaliyot (stajirovka) ishlari bo’yicha bajargan ishlari
Amaliyot rahbar: O.I. Djumanov
Talaba: Namozov D.
Samarqand – 2020
REJA
“Ta’lim to’g’risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizom”, Fakultet faoliyatiga oid yuqori tashkilotlar buyruqlari va qarorlari; Universitetning yillik ish rejasi, uning tuzilmasi; Universitet ustavi; Magistratura mutaxasisliklari davlat ta`lim standarti; Namunaviy o’quv rejalari va fan dasturlari; Ishchi o’quv rejalari va dasturlari bilan tanishish, ularni o’rganib chiqish.
Fakultet hujjatlari: Fakultet yillik ish rejasi va o’quv rejasi; Tashkiliy, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy ishlar rejasi, Ilmiy kengash majlis bayonnomalari kabi hujjatlarni o’rganib chiqish
Namunaviy o’quv rejalari, Ishchi o’quv rejalari va dasturlari bilan tanishish.
Fakultet ustavi, Fakultet nizomi va Fakultetning boshqa me’yoriy hujjatlarini o’rganish.
Dekanat faoliyati bilan yaqindan tanishish.
Tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan shug’ullanish.
Kafedra me’yoriy hujjatlari va ish yuritish foaliyatini o’rganib chiqish.
O’quv va o’quv-uslubiy ishlar, ilmiy ishlar, kafedraning viloyat akademik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan aloqalarini o’rganish.
Mening Ilmiy amaliyot (stajirovka) ishim 2020 yil 3-sentabrdan 2020 yil 18 noyabrigacha bo’lgan davrda olib borildi. Bu 8 hafta davrida men Ilmiy amaliyot (stajirovka) yuzasidan kelajakda o’z kasbimga oid fanlardan dars bera olish va Ta’lim tizimi, hamda unga oid me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lish maqsadida Ta’lim tizimiga oid hujjatlar, fakultet hujjatlari va kafedra me’yoriy hujatlari bilan tanishib chiqdim.
Ilmiy amaliyot (stajirovka) ishimni “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni o’rganishdan boshladim.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish 3 bosqichdan iborat bo’lib, ta’lim jarayonini to’g’ri shakillantirish, nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan bog’lash va mustahkamlashga katta e’tibor berish zarurligi ta’kidlangan.
Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizom, Magistratura to’g’risidagi yangi Nizom, Universitet ustavi, Magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standarti hamda Namunaviy o’quv rejalari va fan dasturlari bilan tanishib, ularni o’rganib chiqdim.
Ilmiy amaliyot (stajirovka) mning ikkinchi qismida men fakultet va dekanat faoliyatini o’rganishga bag’ishladim. Bunda menga bo’lim boshlig’i kotibi Aminov Baxrom yaqindan yordam berdi. Men fakultet va dekanat me’yoriy hujjatlari bilan to’liq tanishdim va shuningdek, xonalarining tartib bilan jihozlanishini, me’yoriy xujjatlarning joylarini to’g’ri toplanganligini, dars jadvallarining chiqarish tartibini, guruh jurnallarining yuritilishini, reting daftarlarining to’ldirish jarayonini, talabalar haqida to’liq ma’lumotlar, 1-kursga qabul qilingan talabalarning bilim darajasini, bitiruvchilarning har–biriga biriktirilgan ilmiy rahbarlarining ro’yxati va me’yoriy xujjatlarning to’g’ri olib borilishini o’rgandim.
Ilmiy amaliyot (stajirovka) ishimni keyingi kunlarini kafedra faoliyati bilan tanishishga bag’ishladim. Bunda men kafedra faoliyatini o’rganishni eng avvolo kafedraning nizomi bilan tanishib chiqishdan boshladim.
Nizom bo’yicha kafedra tashkil etilishi uchun kamida 7 kishi bo’lishi, ulardan bittasi professor unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga va ikkitasi dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lganda tashkil etilishi kerak ekan.
Kafedraning faoliyati o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ish jarayonlarini qamrab olgan istiqbolli va joriy ish rejalari asosida amalga oshirilishini, belgilangan ish rejalari va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi, professor-o’qituvchilar ishtirokida kafedra majlisida muhokama etilib, qaror qabul qilinishini o’rgandim. Nizom bilan tanishish jarayonida yanada muhimroq quyidagi bandlar bilan tanishdim. Kafedraning asosiy maqsadi, kafedra mudirining vazifalari, kafedra mudirning huquqlari va kafedraning faoliyati kabi bandlar bilan tanishib chiqdim.
O’qituvchilarning semenar va amaliy mashg’ulotlarida qatnashib, o’qituvchilardan bilim oldim, malaka oshirdim va kasbiy malaka va pedagogik ko’nikmalarni oldim.
Kafedraning yillik va istiqbolli rejalari bilan tanshib chiqdim. Tanishish jarayonida yillik ish rejasini qachon tuzishni va unda ko’zda tutilgan ishlarni vaqti-vaqtida joyiga qo’yishni va bajarishni o’rgandim. Tashkiliy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, O’quv va o’quv-uslubiy ishlar, ilmiy ishlar, kafedraning viloyat akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan aloqalari bo’yicha ishlaridan iborat ekanligini o’rgandim.
Ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha akademik litsey, kollej va maktablar bilan aloqalar o’rnatilgan bo’lib, “Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasi Jomboy va Kattaqo’rg’on tumanlari kasb-hunar kollejlari va Samarqand davlat universiteti qoshidagi 1-sonli akademik akademik litseyi bilan hamkorlik qilinmoqda. Undan tashqari kafedra bir necha yillardan buyon akademik akademik litsey, kollej va maktablar bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi, kafedradagi o’qituvchilar akademik litsey, kollej va maktablarga borib, bilim va malakalarini berib kelmoqda. O’z navbatida akademik litsey, kollej va maktab o’qituvchilari ham malakalarini oshirish maqsadida “Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchilarining darslariga qatnashayotganlarini va men ham ishtirok etib, malakalarimni oshirish yo’llarini o’rgandim. Bu davrda men ilmiy pedagogik ish yuzasidan o’z kasbimga oid fanlardan dars berish uchun mashg’ulotlarga tayyorlandim va dars mashg’ulotlarini o’tdim va “Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasi va dekanatini ish yuritishi bilan tanishib chiqdim.
Bu vaqt mobaynida dars mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish, ilmiy ma’lumotlarni o’zlashtirish, ta’lim–tarbiya jarayonlarini muvofiq xolda olib borishga alohida e’tibor qaratdim. Dars o’tish jarayoni uchun zaruriy talablarni bajarish ya’ni dars beruvchi pedagogning hujjatlarini to’ldirishni o’zlashtirishga erishdim. Pedagogning o’quv kalendar reja, ishchi reja, dars ishlanmalari, baholash mezonlari, nazoatlar o’tkazish grafiklari bilan ishlash yuzasidan ko’nikmalarga ega bo’ldim. Ayniqsa, mashg’ulotlar o’tish vaqtida yangi pedagogik texnologiyalar qo’llanillishiga alohida e’tibor qaratdim.
Kafedra dotsenti O.I. Djumanov rahbarligidagi “Ta’limda axborot texnalogiyalari” yo’nalishi I - kurs talabalariga I-semestr mobaynida o’tiladigan “Axborot texnalogiyalari fanidan” fanidan amaliy mashg’ulotlarida qatnashib bordim. Bu fan yuzasidan mustaqil ta’limning tashkiliy va o’quv –uslubiy ta’minotiga e’tibor bergan holda ishlab bordim. Dars mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishda adabiyotlardan, asosan kompyuter grafikasi va jadvallardan samarali foydalanish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ldim.
Kafedra xujjatlaridan kafedraning yillik va istiqbolli ish rejalari, kafedraning ishchi o’quv rejasi, o’quv soatlari hajmi, o’quv yuklamalari taqsimoti, Namunaviy va ishchi fan dasturlari, Reyting jurnali yuritilishi, Reyting nizomi va texnologik xaritalar hujjatlari bilan tanishib o’tdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |