O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent Viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Unversiteti
<
> fakulteti Maxsus pedagogika kafedrasi
Yosh fizalogiyasi va gigenasi fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: O'quv muassasalarning o'quv xonalari va ularning jihozlanishini gigiyenik baholash
Bajarildi: Xusanboyeva Muxlisa
Qabul qildi: Xomidova G.O
O'quv muassasalarning o'quv xonalari va ularning jihozlanishini gigiyenik baholash
Reja:
1. O'quv muassasalari binosini rejalashtirish va unga qo'yiladigan
gigiyenik talablar
2. EHM xonalariga qo'yiladigan talablar
3. Sinf jihozlariga qo'yilgan gigiyenik talablar
4. DS bo'yicha o'quvchi jihozlarining o'lchamlari
Zamonaviy m aktab binolari bloklar yoki seksiyalar ko'rinishida bo'ladi, o‘quv xonalari har xil yoshdagi bolalar guruhlari uchun ham alohida qilib quriladigan bo‘lgan. Binolar ana shundaqurilgandagina gigiyenik tadbirlarni to‘la-to‘kis tadbiq qilishga imkon tug‘iladi. Maktablar qurilishi umumta’lim maktablarini loyihalashtirishga doir qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan namunali loyihalarga asosan olib boriladi. Hozirgi zamonda maktab binolarini qurishda 44 sinfga mo'ljallangan maktablar, 2 ta avtonom maktabdan va sport, madaniy-ommaviy hamda xizmat binolarini birlashtiruvchi umummaktab markazi ko‘zda tutiladi.
Maktabning joyi va to‘rini tanlashda xizmat ko‘rsatish doirasi asosiy mezon hisoblanadi, maktabning xizmat doirasi bolalarning maktabga piyoda kelib-ketishini ta’minlaydigan, yoshi hamda tumanning iqlim xususiyatlari hisobga olingan bo‘lishi kerak.S haharlarda m aktabgacha b o ig a n m asofa, ayniqsa quyi sinf o'quvchilari uchun 0,5 km dan uzoq boimasligi kerak. Masofaning olis boiishi o‘quvchilarning kun tartibini buzadi, uy vazifalarini bajarish va maktabdan tashqari ishlar bilan shug'ullanishga ajratiladigan vaqtni qisqartirib qo‘yadi. Darslar boshlanishidan oldin uzoq piyoda yurib kelish bolalarni charchatib, aqliy ish qobiliyatini pasaytiradi. Ob-havo noqulay kunlarda salomatligi zaif bolalarning ahvoliga salbiy ta’sir qiladi. Qishloq joylarda maktabgacha boigan masofa 3 km dan ortiq boiganda bolalarni maktabga olib kelishni uyushtirish zarur. Bu maktabni o‘quv-tarbiyaviy markazga aylantirish talablariga javob beradi, oila va maktab hamkorligini mustahkamlaydi.
Maktabning yer uchastkasi uning ajralmas qismi hisoblanadi. Yer uchastkasining o‘quv-tarbiya ishlari hamda sogiomlashtirish jihatidan ahamiyati katta. Fasllar bo‘yicha amaliy mashg'ulotlar o‘tkaziladigan yer uchastkalarining boiishi bolalarning qiziqishini, mehnat qobiliyatini oshiradi.Kuni uzaytirilgan guruhlarga qatnaydigan bolalarning tanaffuslar vaqtida faol dam olishi va o‘ynashlari uchun maktab qoshidagi yozgi bolalar lageridan yoki yozda shaharda qoladigan bolalarga atab dam olish maydonchalari tashkil etish uchun maktab maydonidan imkoni boricha ko‘proq foydalanish kerak. Boshlangich maktab o‘quvchilari uchun «ochiq havodagi sinflar» tashkil etish tavsiya qilinadi.U m um taiim m aktablari uchastkasining maydoni 0,5-0,4 gektar boiishi kerak. Amaldagi me’yorlar maktab maydonini o‘quv-tajriba, sport, xo‘jalik tarkibi va dam olish hududlariga ajratishni ko‘zda tutadi.0 ‘quv-tajriba hududi uchastka maydonining taxminan 25 foizini egallaydi. Sport o'yinlari - to‘p o‘ynash, irgitish, gimnastika, yengil atletika bilan shug'ullanishga atab ajratiladigan maydonchalami o‘z ichiga oluvchi sport majmuasi uchastka maydonining 40 foizini tashkil etadi. Dam olish hududida tayyorlov sinflar bilan 1, 3-sinf o'quvchilarining serharakat o‘yinlari uchun maydonchalar boiishi kerak. Maktab binosi hudud ichkarisiga k atta k o ‘chalar, kinoteatr binolari va kolxoz bozorlaridan kam deganda 50 m ichkarida joylashtirilishi, maktab maydonining kamida 40-50 foizi ko'kalamzorlashtirilishi kerak. Maktabni ko‘kalamzorlashtirishni tashkil etishda maktab tibbiy xodimlarining maslahati zarur bo‘ladi. Maktab maydonini ortiqcha asfaltlash mikroiqlimga yomon ta ’sir ko‘rsatadi, kun isib ketganda asfalt o‘zidan zaharli modda ajratadi. Shuning uchun asfalt o‘rniga yerga yirik beton plitkalar yotqizish, mevali va manzarali daraxtlar ekish maqsadga muvofiqdir.Ayniqsa, IV iqlim tum anida joylashgan m aktab maydonlari ko‘kalamzor bo‘lishi zarur, bu yerlarga shoxlari baland bo‘lib o‘sadigan daraxtlar ekish tavsiya etiladi. Mevalari zaharli, shoxlari tikanli daraxt va butalami ekish yaramaydi. Maktabning yer maydoni yashil chorbog'i shaklida gir aylantirib o‘rab olinishi kerak. Maktab binosi yo‘nalishiga ko‘ra har xil bo‘limlardan iborat. O'‘quv bosim i 1-3 (ko‘pi bilan 6)-sinfIardan iborat o‘quv seksiyalarini o‘z ichiga oladi, bularda tegishli rekreatsiyalar va sanitariya tarmoqlari bo‘ladi; 4-10-11-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv kombinatlari va laboratoriyalarda ham rekreatsiyalar va sanitariya tarmoqlari, mehnat ta’limi va kasb-hunar xonalari, o‘quv-sport xonalari bo'ladi.Madaniy-ommaviy ishlarga m oljallangan bolim ga yig‘ilishlar zali (ma’ruza qiladigan auditoriya), ashula va musiqa xonasi hamda texnika markazi, jamoat tashkilotlarining xonalari, kutubxona bilan qiroatxona, to‘garak mashg‘ulotlari xonasi va kuni o‘zaytirilgan guruhlar xonasi kiradi.Xizmat ishlariga m oljallangan bo‘lim m a’muriy-xo'jalik binolari, oshxona, tibbiy xona va boshqalardan iborat boiadi.Xonalarning o‘rni vazifasiga mos kelishi, har xil yoshdagi bolalarga qulay va gigiyenik jihatdan maqsadga muvofiq boiishi kerak.Boshlanglch sinf o‘quvchilari uchun moljallangan xonalar oshxona va boshqa umum maktab binolari bilan boglangan alohida o ‘quv bolimlariga joylashtirilishi kerak (birinchi sinf uchun ko‘p deganda 2-3 xona va 2-hamda 3-sinflar uchun 3-4 xonaga moljallangan boiadi). 6- 7 yashar bolalar uchun o‘quv bolimlarini bolalar kombinatining guruh bolim lari shaklida, yaxshisi birinchi qavatga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Kabinet usuli bo‘yicha o‘qitishda ayrim fan kabinetlari orasi qulay va yaqin bo'lishi juda muhim. Maktab binolarining blok - bolimlaridan iborat tuzilishi ana shu talablarga javob beradi.
Amaldagi me’yorlarga muvofiq zamonaviy maktab binolari uch qavat bo‘ladi. IV iqlim tumanida maktablarni ikki qavatli qilib qurish tavsiya etiladi.Maktab binosi va xonalari mikroiqlim sharoitiga moslab qurilishi va jihozlanishi kerak. O'quv xonalari jumlasiga sinf xonalari, o‘quv xonalari, laboratoriyalar, o‘quv ustaxonalari va o'quv-sport xonalari kiradi.Sinflar, o‘quv xonalari va laboratoriyalarning katta-kichikligini belgilashda mebel va uskunalarning to ‘g‘ri joylashtirilishi, o‘quvchilarning bemalol yura olishi, ko'zga zo‘r keltirmaydigan sharoit yaratish hisobga olinadi. Sinflarning kattaligi 50, 64 m2, kabinetning kattaligi 66 m2 va laboratoriyaning kattaligi 70 m2 bo‘lsa, bu gigiyena talablariga mos tushadi. Fizika, astronomiya, kimyo, biologiya laboratoriyalarida o‘quv mashg'ulotlaridan tashqari laboratoriya ishlari olib boriladi va tajribalar o‘tkaziladi. Buning uchun maxsus asbob-uskunalar va jihozlar bo‘lishi kerak. Laboratoriya sathi me’yorida 66 m2 deb belgilangan, bunda bo'yi ko‘pi bilan 1 lm va eni 6 m bo‘lishi kerak. Unga yondosh laborant xonalari sathi 16 m2 bo‘ladi.
Kasb tanlash va mehnat ta’limi uchun maktablarda metall va yog‘ochni qayta ishlash ustaxonalari k o ‘zda tutilgan, bularda asboblarga mo‘ljallangan umumiy xona, ustaxona va tayyor mahsulot saqlanadigan omborxona bo‘ladi. Gazlama bilan ishlanadigan mehnat xonasi (4, 8- sinflar uchun 50 m) bichish-tikish (32 m), shuningdek o'quvchilarning kasb tanlashiga mo‘ljallangan o‘quv-metodika xonasi (sathi 66 m2) ham ana shu xonalar guruhiga kiradi. Shifokor kabineti birinchi qavatda, bolalar ko‘p to'planadigan va shovqinli xonalardan chetroqda joylashtirilib, oldida kutish xonasi ham bo‘lishi zarur.
O'quvchilar ishlaydigan ustaxona yorug‘, harorati me’yorida, havosi toza boiishi kerak. Agar maktab binosi ko‘p qavatli bo‘lsa, ustaxona birinchi qavatga, iloji bo‘lsa, alohida binoga joylashtirilishi kerak. Lekin ustaxonani yertoiaga o‘xshash qorongi, nam, sovuq binoga joylash tirish mumkin emas. Ustaxonaning polini taxtadan qilish shart. Agar sement yoki yer boisa, bolalarning ishlaydigan joyida ularning oyog‘i ostida taxta panjara yasab beriladi. Devori, shipi, eshik va deraza romlari och bo‘yoq bilan bo‘yalsa, yorugiik yaxshi boiadi. Har bir darsdan keyin derazalarni ochib, xona havosi yangilanadi, ustaxonaning poli va asbob-uskunalari namlangan mato bilan artib turiladi. Maktab ustaxonasining har bir xonasi 18-20 o‘quvchiga moijallangan bo'lib, uning pol sathi 66-70 m2, har qaysi o‘quvchiga 3,0-3,3 m2 ga to‘g‘ri kelishi kerak.Ishlab chiqarish korxonalaridagi o‘quvchilar mehnat darsi o‘tadigan va ishlaydigan ustaxonalarda asbob-uskunalar ko‘p boiadi, shuning uchun ham sinf xonasiga nisbatan ustaxonalarda pol sathi kengroq bo'lgani ma’qul. Duradgorlik, temirchilik ustaxonalari dastgohlar bilan jihozlanadi. Dastgohlar ustaxonada 2-3 qator qilib joylashtiriladi, qatorlar o‘rtasidagi oraliq 120 sm dan, dastgohlarning bir-biri o‘rtasidagi orliq esa 80 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Dastgohlarning kengligi 75 sm dan kam boimasligi, balandligi esa o'quvchilaming bo‘yiga mos boiishi lozim. Duradgorlik dastgohlarining balandligi quyidagicha boiadi: o‘quvchining bo‘yi 120-127 sm boisa, dastgoh balandligi 65,5 sm, bo‘yi 139-133 sm bo‘lsa dastgoh 70,5 sm, bo‘yi 134-141 sm bo'lsa, dastgoh 77,5 sm boiishi kerak. Temirchilik ustaxonasida esa o‘quvchi bo'yi 120-127 sm boisa, dastgoh 75,7 sm, bo‘yi 128-133 sm bo‘lsa, dastgoh 80,5 sm, bo‘yi 134-141 sm boisa, dastgoh 88 sm. 0 ‘quvchining bo‘yi juda past boisa, uning oyog'i ostiga taxtadan zinacha yasab beriladi.Ustaxonada texnika xavfsizligi choralari ko'rilgan boiishi kerak. Ishlagan paytda yog‘och, tem ir, tunuka parchalari (o ‘quvchi shikastlanmasigi uchun uning ishlayotgan joyi) bir metr balandlikdagi mayda sim panjara bilan to‘sib qo'yiladi.Ustaxonaga elektr asboblari xavfsizlik qoidalariga binoan juda ehtiyotkorlik bilan chegaralab qo'yilgan elektr toki ulaydigan tugmacha devor sathidan 3-5 mm chuqurlikda, ajratuvchi tugmacha esa tekislik sathidan 3-5 mm ko‘tarib joylashtiriladi.
Elektr asboblarining xavfli qismlari to‘siladi, qolgan qismlari esa yashil bo‘yoqlar bilan bo'yaladi. Ustaxonani tozalash paytida elektr asboblari tokdan uziladi. Chiqindi, axlat, changni tozalash uchun uzun dastali ilgak, cho‘tka va boshqa asboblar ishlatiladi. Mashg'ulot vaqtida mehnat darsi o‘qituvchisi va o‘quvchilar (qo‘lqop, himoya ko'zoynagi va hokazo bilan) ishlashlari kerak.O'quvchilar ustaxonada ishlashning texnika xavfsizligi qoidalari, ish tartibi bilan ham tanishtiriladi.Yong‘inning oldini olish choralariga katta e’tibor beriladi. Ustaxona yong‘inni uchiruvchi (kabonat kislotali) moslamalar bilan ta ’minlanadi. Duradgorlik ustaxonasida faqat m ashg'ulot uchun yetarli yog‘och bo‘lishi, kerosin, benzin, lak, bo‘yoqlar saqlanmasligi kerak.Ustaxonaning tabiiy yorug‘ligi 1:4 yoki 1:5, sun’iy yorug‘likda cho‘g‘lantiruvchi elektr lampalarda 150 lyuks, lyuminestsent lampalarda esa 300 lyuks bo‘lishi kerak. Temirchilik ustaxonasida ish joyi qo‘shimcha «Alver» lampasi bilan yoritilsa yaxshi bo‘ladi. Tabiiy va sun’iy yorug‘lik ish joyiga o'quvchining chap tomonidan tushishi kerak.Ustaxonada mashg‘ulot uchun toza suv qulflangan jumrakli idishlarda saqlanadi. Har orati +8°C dan +20°C gacha (yaxshisi +14°C) bo‘lishi kerak. Katta ustaxonalarda maxsus suvxona yoki buloqchalar quriladi. Havoni yangilab turish uchun derazalarga framuga hamda elektr havo tortgichlar o‘rnatiladi.Ustaxonada havo har orati +15-16°C bo'lishi kerak. Ustaxonani cho‘yan, tunuka, elektr pechkalar yordamida isitish mumkin emas. Asosan markaziy isituv sistemalari yoki golland pechkalari yordamida isitish gigiyenik nuqtai nazardan talabga javob beradi. Ustaxonada «Dori-quti» bo‘lishi shart. Vaqti-vaqti bilan dorilami yangilab turish lozim. 0 ‘quvchilar o‘z-o‘ziga va bir-biriga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidasi bilan tanish bo‘lishlari kerak.
EHM xonalariga qo‘yiladigan talablar.
Keyingi yillarda axborot texnologiyalari o‘quv jarayoniga keng tatbiq qilinmoqda. O'‘quvchi va talabalaming zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan xonalarda ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu xonalar bir qancha gigiyenik talablarga javob berishi kerak.EHM xonalar 9-12 kishiga m o‘ljallanadi va har tinglovchi uchun alohida joy ajratiladi. Har bir ishchi o‘ringa to‘g‘ri keladigan maydon 5 m2 dan kam boimasligi kerak. Xonaning umumiy maydoni shundan kelib chiqib aniqlanadi. Xona yuzasi, devorlar va pollar gigiyenik talablarga javob beradigan materiallar bilan qoplanishi kerak. Xonalarning turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishiga yo'l qo'yilmaydi. Shu sababli DSP, DVP va dekorativ qog‘oz plastik va polivinilxlorid qoplamalar qoilash mumkin emas. Ulaming ba’zilari havo o‘tkazmaydi, boshqalari esa ulami o‘ziga yutib radioaktiv va elektromagnit changga to‘yinadi. Ish joyini tashkil qilayotganda o‘quvchilaming ehtiyotsizlik bilan yoki tasodifan qurilmalarning orqa devorlariga (turli simlar, qurilmalar joylashgan qismlariga) tegib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydigan qilinadi. Shu sababli qurilmalarning orqa qismlari devorga qaratib, yoki xonaning o ‘rtasida bir-biriga qaratib o'm atiladi. Aks holda maxsus to ‘siqlar o‘matish lozim. Monitor, klaviaturalarga disketlar, disklar, kitoblar, daftarlar qo‘yilishi mumkin emas. Shuningdek ho'l qo'llar va ho'l kiyimda ishlash taqiqlanadi.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, foydalaniladigan asbob va jihozlar turli elektromagnit, rentgen, ultrabinafsha, issiqlik nurlari manbadir. Ulardan chiqadigan nurlar xonaning ion va sifat tarkibini buzadi. Havo isiydi, namlik kamayadi, mayda chang zarralari ko‘payadi.Xonaga quyosh nurlarining radioaktivligi ham qo'shimcha ta ’sir qilmasligi va xonaning bir tekisda, mayin yoritilishini ta’minlash uchun derazalari shimolga qaragan xonalar tanlash tavsiya qilinadi. Agar buning iloji boim asa derazalar mahsus darpardalar, jalyuzlar bilan jihozlanadi.
Xona harorati 19-21°S, uning namligi 30-45% boiishi talab qilinadi.Bu xonalarni shamollatishdan tashqari maxsus sovutgich va namlagichlar, havo ionizatorlari o‘rnatishni talab qilinadi.Agar xonalar sun’iy yoritilsa ish stollari va sinf taxtalari yorugiigi 500 lk dan kam boim asligi lozim. Yorug‘lik o‘quvchining orqasidan tushishi kerak. EHM xonalarida individual yoritish moslam alari qo'llanilmaydi.Har bir ish joyi talabga javob beradigan o'rindiqlar (yarim yumshoq, suyanchiqli, balandligi o'zgaradigan) bilan jihozlanadi. Monitorlarning ko'zga yaqin boiishi natijasida ko‘zning ko‘rish quvvati kamayishi, ko‘z og'rishi, toliqish (85% bolalarda) aniqlangan.
O'quvchilarning 2 soat EHM xonalarida ishlashidan keyin ularda yaqindan ko'rishning yomonlashuvi (akkomodatsiya 5 barobar kamayadi), aqliy ish qobiliyatining kamayishi, yurak-tomir tizimming zo'riqishi aniqlangan.
Turli kom pyuter qurilm alarining zararli ta'sirlari o'rnatilgan me’yorlardan 10 barobar kam. Lekin bu m e’yorlar katta yoshdagi operatorlarga nisbatan olingan. Bolalar va o‘smirlar organizmining sezgirligi, sog‘ligining oxirigacha mustahkamlanmaganligi, ko‘pchilik fiziologik k o ‘rsatgichlarning, jinsiy balog‘atga yetishning tugallanmaganligini hisobga olish kerak. Shu sababli 4-7 sinf o‘quvchilarining monitor oldida uzluksiz o‘tirishi 15 min. umumiy vaqti (bir kunda) 1,25 soatdan oshmasligi kerak. Yuqori sinflar va KHK o‘quvchilarida esa monitor oldida uzluksiz o‘tirish 25 min, umumiy vaqt 2 soatdan oshmasligi lozim.
Sinf jihozlariga qo'yilgan gigiyenik talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |