Parta nomeri
Parta orqa qirg‘og‘ining balandligi (sm)
Parta
o ‘tirg‘ichining
balandligi (sm)
110-119
120-129
130-139
140-149
150-159
160-169
170-179
6
7
8
9
10
11
12
52
57
62
67
72
77
79
32
35
38
41
44
47
47
1971-y. DS bo‘yicha o‘quvchilar jihozlarining oichamlari:
O'quvchilar bo‘yi (sm)
|
Parta stol va stul nomeri
|
Rangli
belgi
|
Parta, stol qirg‘og‘ining balandligi (sm)
|
Parta va stul o‘tirg‘ichining balandligi (sm)
|
130 gacha
130-145
145-160
160-175
175 va undan yuqori
|
A
B
V
G
D
|
Sariq
Qizil
Ko'k
Yashil
Oq
|
54
60
66
72
78
|
32
36
40
44
48
|
Partaning nom erini aniqlash uchun uning o ‘quvchi tom oniga qaratilgan qismi va o‘tirg‘ichi balandligini, o‘tirg‘ich kengligini oichash hamda 12-jadvaldan bilish mumkin. Har bir maktabda turli xil nomerdagi partalar yetarlicha boiishi kerak. O'n yillik maktablarda taxminan 6-nomerli partadan 2%, 7-nomerlidan 19%, 8-nomerlidan 20%, 9-nomerhdan 22%, 10-nomerlidan 11%, 12- nomerlidan 6% boiishi kerak. Sinfga partalar 3 qator qilib, pastlari oldinga, balandroqlari orqaga qo‘yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm; ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60 sm, oxirgi partalar bilan devor orasidagi masofa 50 sm, oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m qilib joylashtiriladi. O'quvchilarni partaga o‘tqazishda bo'yidan tashqari sog‘lig‘i, ko‘rish, eshitish organlarining xususiyatlari ham e’tiborga olinadi. Yaqindan ko'radigan bola, garchi bo‘yi baland boisa ham, oldingi partaga o'tqazilishi kerak. O'quv yili davomida deraza yonida o'tiradigan o‘quvchilar joyi 2-3 marta almashtiriladi. Bu doimo bir tomonga qarab doskadan ko‘chirish yoki ko'rgazmali qurollarni ko‘rishmning oldini oladi.
Hozirgi vaqtda ko‘p maktablarda yangi parta nomerlari (GOSTlari) qo'llaniladi. Bular А, В, V, G, D deb belgilanadi. Har bir partaning suyanchig‘ida parta nomeri va shu partada o‘tirishi mumkin bo'lgan o‘quvchining bo'yi yozib qo‘yiladi. Bola partada to‘g‘ri, boshini oldinga bir oz egib o'tirishi, bel sohasi parta suyanchigiga tegib, tizza bo‘g‘imidan 100-110° ga bukilib turishi kerak.
Sinf partalari va stol, stullami akslanish koef-fitsiyenti 35% dan 50% gacha boigan ranglarda bo‘yash tavsiya etiladi. Parta, stollar och kulrang daraxt rangi yoki boshqa ochroq rangga bo‘yaladi. Bolalarning antrometrik belgilarini hisobga olib partalarga o'tkazish ularni faqatgina to‘g‘ri rivojlanishiga ta’sir qilib qolmay, ish qobiliyatini ham oshiradi.Maktabda fizika, kimyo, biologiya kabinetlari bir yoki ikki o ‘rinli stol va stullar bilan jihozlanadi. Stol usti sintetik-gigiyenik mato bilan qoplangani yaxshi, uning sathi har bir o‘quvchi uchun 60-65 sm2, balandligi 72-75 sm boiib, uch qator qilib joylashtiriladi. Ular orasidagi masofa 60-70 sm dan kam bo'lmasligi kerak. Stol elektr shtepsellari, gaz va suv bilan jihozlanadi, havoni tozalab turish uchun o‘ziga havoni tortuvchi elektr m otor orqali harakatga keluvchi sham ollatgich o'rnatiladi. Sinf xonasi va o‘quv xonalarida oldingi qator partalarga past bo‘yli, orqa qatorga esa baland bo‘yli o‘quvchilar o'tkaziladi.Eshitish qobiliyati pasaygan o‘quvchilar, ya’ni o‘rtacha tovushni 2-4 m dan, sekin tovushni 0,5-1 m dan zo‘rg‘a eshitadigan o‘quvchilarni 1-2 qatordagi devor tomondagi partalarga o‘tkaziladi. Ko‘zi xira o‘quvchilarni bo‘yining uzunligidan qat’i nazar birinchi qatordagi derazaga yaqin partalarga o‘tqaziladi. Agar ko‘zoynakda yaxshi ko‘rsa, bo‘yiga to‘g‘ri keladigan qatordagi partaga o'tirishi mumkin.
O'quv yilining boshida o‘quvchining bo‘y uzunligi,,ko‘rish quvvati, eshitish qobiliyati, parta raqami sinf jumalining maxsus betiga yozib qo‘yilishi kerak.
Sinf taxtalariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Sinflardagi taxtalar asosan ikki xilgi devorga o‘matilgan taxtalar va ko‘chma taxtalarga bo'linadi. Taxtadagi yozuv hammaga ko‘rinishi uchun oxirigi qatordagi partalarga yoki stollarga nisbatan oraliq ко‘pi bilan 8-9 m bo‘lishi kerak. Bunday masofada sinf taxtasiga yozilganlarni o‘quvchi yaxshi ko‘radi.Sinf taxtalarining yuzasi yaltiramaydigan, silliq, jigar rang yoki to‘q yashil tusdagi linoleum, renin, yo bo‘lmasa plastmassadan tayyorlanadi. Taxtaning pastki cheti partalar balandligidan sal yuqorirok (poldan hisoblanganda 85-95 sm balandlikda) bo‘lishi kerak. Yaxshi ko‘rinib turadigan bo'lishi uchun taxtalar tepasiga qo‘shimcha chiroq o'rnatish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |