Mavzu: Ish fartugini tikish, tugma qadash va dars ishlanmasini tuzish
Reja:
1. Ish fartugi haqida ma`lumotlar
2. Ish fartugi turlari
3.Tugma qadash haqida ma’lumotlar
4.Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: Ish fartugini tikish, tugma qadash va dars ishlanmasini tuzish
Ishdan maqsad: Ish fartugi haqida ma`lumotlar berish .
Ish fartugi turlari va ularni tikish texnologiyasi bilan tanishtirish.
Ish fartugini tikish darsiga ishlanma yozishga o’rgatish.
Bundan quyidagi natijalarga erishiladi:
Ish fartugi va turlari haqidagi bilimlarga ega bo’ladi;
Ish joyini to’g’ri tashkil qilishni o’rganadi;
Ish fartugini tikish texnologiyasini o’rganadi;
Mavzuga dars ishlanmasi yozish tartibini tushunadi va yozadi;
Natijalarni taqdimot qiladi, muhokama qiladi va baholanadi.
Ish joyini to’g’ri tashkil etish: O’qituvchi stolning ustiga kilyonka yozib, o’ng tomoniga qaychi, tayoqcha, suv pulkagich, idishlar va suv joylashtiriladi. O’quvchini old tomoniga va sochiq joylashtiriladi. O’quvchining chap tomoniga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib turli rangdagi iplar, mato, qaychi, metr va igna joylashtiriladi. Ish jarayonida sanitarik-gigienik talablarga va ish qurollaridan foydalanish qoidalariga rioya etish kerak.
Ish fartugini tikish
Ish fartugini tikish bosqichalari quyidagilar:
Ish fartugi uchun gazlama tanlab olinadi;
Bel aylanasi o’lchami olinadi;
Fartuk uzunligi o’lchami olinadi;
Olingan o’lchamlar qog’ozga tushriladi;
O’lchamlar asosida qog’ozga andoza chiziladi;
Chzilgan andoza qirqib olinadi;
Andoza gazlama ustiga qo’yib chizib olinadi;
Chzilgan gazlama qirqib olinadi;
Belbog’i o’lchanadi va qirqib olinadi;
Fartug qismi bilan belbog’ qismi bir-biriga qo’shib tikiladi;
Fartukga cho’ntak tikiladi;
Qo’shimcha bezak ishlari beriladi.
Mavzu. Tugma qadash texnologiyasi
Ish materiallar: Tugma turlari, mato bo’laklari, tugma tikiladigan kiyimlar.
Ish asboblari: qaychi, igna, ip, angishvona, nina qadagich.
Ko’rgazmalar: Tugmani tikish usullaridan
Tugmani matoga tikish texnologiyasi
Tugma tikish uchun kiyim tanlanadi.
Kiyim rangiga mos yoki umuman rangiga mos kelmaydigan tugmalar olinadi.
Tugmani tanlashda albatta shakliga va xususiyatiga e’tibor berish kerak. Tugmalar turli materiallardan (yog’ochdan, plastmassadan, temirdan, alyuminiydan, kauchukdan matodan, suyakdan) tayyorlanadi, uning shakllari turlicha (to’rtbarchak, uchburchak, doira) bo’ladi va tugmada bir qancha teshiklar(ikkita, to’rtta, baldoqli) bo’lishi mumkin.
Kiyimning xususiyati aniqlanib, unga mos tugma tanlanadi.
Tugma turli usullarda tikish mumkin
Shaklini tanlashda kiyimning dizayniga mos bo’lishi kerak. Masalan kichik yoshdagi bolalar kiyimlari uchun rangli, turli shakllarga ega tugmalar tanlanadi.
Tugmani tikishda tugma rangiga mos ip tanlanadi, kerakli o’lchamda kesib olinadi va tugun hosil qilinadi.
Kiyimning teskari tomonidan nina o’tkazilib, tugma teshigidan orqaga qaytarib tikiladi.
Tugma bilan mato o’rtasiga gugurt cho’pi qo’yib tikiladi. Tikish tugagandan keyin gugurt cho’pi olib tashlanadi va tugma bilan mato o’rtasi ip bilan aylantirib chiqiladi. Chunki tugmani bemolol teshikdan o’tkazish uchun shu usuldan foydalaniladi.
Qo’shimcha ishlov beriladi.
Xulosa
Men bu mustaqil ishni bajarish orqali ish fartugini qanday tikishni va tugma qadash texnologiyalari haqida tushunchalarga ega bo’ldim.Bu jarayonlarning bosqichlari texnika xavfsizligi qoidalarini bilib oldim. Bundan tashqari qanday matolar tanlash kerakligi va ularga qanday tugmalar mos kelishini bilib oldim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o ‘qitish metodikasi».
Darslik. Т.: TD PU .2015-yil.
2. M avlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o ‘qitish
metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.
3. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Boshlang’ich sinflarda qo g‘ozdan amaliy
ishlar. 0 ‘quv-metodik qoMlanma. T.:Navro‘z. 2013-yil.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
4. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P., Sanaquiova A.K. “Texnologiya” 2-sinfT .; “Sharq”. 2018-yil
5. Sanaqiilov X.R., Xodiyeva D.P., Sanaqulova A.K. Mchnat ta’Iimi 3-sinf darsligi.T . : “Sharq”. 2016-yil
6. The Exquisite Book o f PaperI lowers: A Guide to MaicingUnbelievably Realistic Paper USA, 2014 |)|oom s. USA, 2014.PaperbackNew York, Boston.
Internet saytlar
7.www.tdpu.uz
8. www. p e d a g o g .u z
9. www. ziyonet.uz
10. www.lex.uz
11.www.bilirn.uz
12.www.gov.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |