Muhim
bo’lmagan
ishlarni
tashqi
ijrochiga
berilishi
kompaniya
uchun
sezilarli
afzalliklarga ega
.
354
kabilardan umumiy foydalanish imkoniyati mavjud bo’lsa, korxonalarni
markazlashgan boshqaruvi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Muhim bo’lmagan ishlarni tashqi ijrochilarga berish asoslari.
Firmada tovar qiymatini yaratuvchi har qanday qo’llab-quvvatlovchi
faoliyatni shtab vakolatlari doirasida «xizmat ko’rsatish» sifatida qarash
mumkin. Ustama xarajatlarning ko’pchiligi – kompaniyaning o’zi
bajarishni istaydigan xizmatlardir. Bunday xizmatlarni tashqari
ijrochilardan sotib olish mumkin. Muayyan xizmatlarni bajarishga
ixtisoslashgan ijrochi boshqa ijrochilarga nisbatan ularni ham sifatli, ham
arzon bajarishi mumkin. Kompaniya strategiyasi uchun hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo’lmagan faoliyatlarni tashqi ijrochiga berilishi
kompaniyaning mablag’larini, resurslarini asosiy foyda beradigan
sohalarga yo’naltirish, kompaniya tayanch ko’nikmalarini strategik
nazorat qilish, raqobatdoshlik ustunligini ta’minlash, xaridorlar bilan
muloqotlarni yo’lga qo’yish imkonini yaratadi. Ko’pchilik vaziyatlarda
menejerlar norasim guruhlarga va byurokratik bo’g’inlarga qarshi
kurashish uchun o’zining kuch-g’ayratini, mehnatini sarflaydi. Strategik
nuqtai-nazardan yordamchi ishlarni tashqi ijrochiga berilishi (balkim
ba’zi qiymat yaratuvchi asosiy ishlarni ham tashqariga berilishi raqobat
ustunligini oshirishi mumkin) kompaniyadagi byurokratik to’siqlarni
kamaytirishi, boshqaruv tuzilmasini soddalashtirishi, maqsadga nisbatan
strategik safarbarlikni oshirishi mumkin.
Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, ishlarning haddan tashqari katta
hajmini tashqi ijrochilarga berilishi kompaniyani zaiflashtiradi. Malakali
menejerlar kompaniya o’z taqdiriga o’zi ho’jayin bo’lishi uchun tashkiliy
qobiliyatlarni va ko’nikmalarni rivojlantirishi kerak deb ta’kidlaydilar.
Lekin bir qator kompaniyalar detal va buyumlar ta’minotini, mahsulot
dizaynini, mahsulotni sotishni qo’shimcha kanallarini, reklama
agentlarini va moliyaviy xizmat ko’rsatish firmalarini tashqaridan
izlaydilar. Uzoq yillar davomida davomida «Polaroid Corporation» video
tasma ishlab chiqarish uchun materiallarni – «Eastman Kodak»dan,
elektronikani – «Texas Instruments»dan, kameralarni – «Timex»dan
sotib oladi. Bunda u asosiy e’tiborini sifatli fotoapparatlarning keyingi
avlodini yaratishga qaratadi.
355
Do'stlaringiz bilan baham: |