2-mavzu. TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSIYALAR, TASNIFI,
SAMARADORLIK MEZONLARI
Reja
2.1.
Innovatsion pedagogik faoliyat, uzluksiz ta‟lim tizimida informatika
o„qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati
2.2.Informatika o„qituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorligini
shakllantirish vositalari: innovatsion o„quv-biluv faoliyati, maxsus kurslar,
malakaviy amaliyot
2.1.Innovatsion pedagogik faoliyat, uzluksiz ta’lim tizimida informatika
o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati.
Innovatsiya (inglizcha
innovation-in-kiritish, novation-yangilik, yangilik kiritish)-maqsadga qaratilgan
o„zgarishlar bo„lib, alohida olingan bir tizimni sifat jihati bo„yicha bir holatdan
boshqa yangi holatga o„tkazish, uni tubdan takomillashtirish, degan ma‟noni
anglatadi [3].
Hozirgi kunda “Innovatsiya” atamasining ta‟rifini turlicha talqin
etishmoqda.
Innovatsiya-bu
pedagogik
haqiqatning
mumkin
bo„lgan
o„zgarishlarning shunday mazmuniki, u ta‟lim va tarbiyaning avvaldan ma‟lum
bo„lmagan, avvaldan uchramagan holat, natija, rivojlanadigan nazariyasi va
amaliyotiga olib keladi. Bu holat pedagogikada to„lig„incha, shuningdek, uning
alohida tashkil etuvchilariga ham tegishli bo„lishi mumkin (N.R.Yusufbekova).
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka o„qitish va tarbiya berishda avval
ma‟lum bo„lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi
nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o„zgarib turishi mumkin
bo„lgan mazmuni sifatida qaraydi.
V.I.Zagvyazinskiy «yangi» tushunchasiga ta‟rif berib, pedagogikadagi
«yangi» faqatgina bu g„oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar,
metodlar, texnologiyalar ekanligini ta‟kidlaydi M.M.Potashnikning innovatsiya
jarayonlari talqinlari ham e‟tiborga molikdir. U innovatsiya jarayonining quyidagi
tuzilmasini beradi [2]:
faoliyat
tuzilmasi-motiv-maqsad-vazifa-mazmun-shakl-metodlar-
metodika komponentlari yig„indisi;
subyektiv
tuzilma-innovatsion
faoliyat
subyektlarining
xalqaro,
mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;
mazmun tuzilmasi – o„quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv(va b.)da
yangilikning paydo bo„lishi, ishlab chiqilishi va o„zlashtirilishi;
bosqichlikka asoslangan hayotiy davriylik tuzilmasi-yangilikning paydo
bo„lishi-ildam-o„sish-yetuklik-o„zlashtirish-diffuziya (singib ketish, tarqalish) –
zamonaviylashtirish;
boshqaruv tuzilmasi – boshqaruv harakatlarining 4ta turining o„zaro
aloqasi: rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish:
tashkiliy tuzilma – diagnostikalash, oldindan ko„ra bilish, sof tashkiliy,
amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi.
A.Abduqodirov va A.Pardayevlar o„z qarashlarida innovatsiyaning to„rtta
asosiy elementlari mavjudligini ko„rsatib berganlar. Ular: kreativlik (g„oyalarni
yangilari bilan almashtirib turish),
strategiya
(ushbu g„oyaning jamoa faoliyatini
muvofaqiyatli rivojlantirish nuqtai nazaridan yangi va foydali ekanligini
aniqlash),
amalga oshirish
(yangi va foydali g„oyadan uni aniq mahsulot va
xizmat ko„rinishiga o„tishini ta‟minlash) va
natijaviyligi (
yangi g„oyani amalga
oshirish tufayli olingan mahsulot va xizmatlarning qiymati keskin ko„tarilishi
yoki pasayishi mumkin) [1].
Pedagogikada absolyut(mutloq) yangilik yo„q, nisbiy yangilik(mahalliy,
xususiy, shartli: amalga qo„llanilayotganlarga ba‟zi o„zgarishlarni kiritish) va
psevdoyangilik(yuzaki, mayda-chuyda ixtirochilik) bo„lishi mumkin.
Shunday qilib informatika o„qituvchisi o„z innovatsion faoliyatni amalga
oshirish uchun [4]:
g„oya va fikrlarning xilma-xilligi va o„zgarib turuvchanligiga;
yangilikni tez qabul qila olish (perseptiv qobiliyat);
ijodkorlik qobiliyati(kreativlik)ga;
o„z-o„zini tahlil qilishi va obyektiv baholash (refleksiflik)ga;
bag„ri kenglik, qarama-qarshilikni adolatli bartaraf eta olishga
(tolerantlik);
o„z emotsional holatini boshqarish (rahbar, o„quvchi, ota-onalarga
nisbatan), samimiylik, boshqalarga hamdardlikka (empatiya);
yangilikni amalga oshirib, o„z xulosa va qarorlarini chiqara olish kabi
qobiliyatlarga ega bo„lishi lozim.
Tadqiqotlardan shuni aytishimiz mumkinki uzluksiz ta‟lim tizimida
informatika o„qituvchilarining
Do'stlaringiz bilan baham: |