bunda fanga ajratilgan soatlar, o„quv soatlari tuzilishi, fanni o„qitish haftasiga
necha soatga to„g„ri kelishi, ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi
mavzuga necha soatdan ajratish lozimligi va hokazolarni tahlil etadi.
1.
Ta’lim maqsadini loyihalash.
Bunda maqsadning qo„yilishi va unga
muvaffaqiyatli erishish o„qituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bo„lsa, o„quvchi
va ota-onalar uchun ham shunday bo„lishi (aniq va tushunarli bayon) ta‟minlanishi
lozim. Maqsadni qo„yish va loyihalashtirishda yetarlicha yordamchi so„zlardan
o„rinli foydalanish. Masalan, “... bajara olish”, “... bilib olish”, “...qo„llash”, “...ga
ega bo„lish”, “... xususiyatlarni ifodalay olish” kabi so„z tuzilishlaridan
foydalanish, masadning asosi sifatida o„zlashtiriladigan tushunchalar, bajariladigan
harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan foydalanadi;
2.
Ta’lim shaklini loyihalashtirish
. Bizga ma‟lumki, ta‟lim individual,
guruhli va frontal shakllarda amalga oshiriladi. O„qituvchi aynan ana shu
shakllarda o„quvchilarga ta‟lim mazmunini yetkazadi. Shuning uchun, har doim
o„qituvchi “Nimani, qachon, qayerda o„rgatish”ni loyihalab olishi zarur.
3.
Ta’lim mazmunni loyihalashtirish
. Ta‟limning mazmuni davlat ta‟lim
standartlarida, fanning o„quv dasturida ko„rsatilgan holatda darslik, o„quv
qo„llanma, ma‟ruza matni, o„quv-uslubiy majmualarda o„z aksini topadi [40].
O„qituvchi mazmunni loyihalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga
tamoyilini hisobga olib, o„quvchi
tushuna oladigan tilda, bajara oladigan
topshiriqlar asosida yetkazishi va o„quvchi ta‟lim mazmunini o„zlashtirishiga
erishishi lozim.
4.
Ta’lim metodini loyihalashtirish.
Ta‟lim metodlari deyilganda,
o„rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish
bo„yicha o„qituvchining o„rgatuvchi ishi va o„quvchilar o„quv-bilish faoliyatini
tashkil etish usullari tushuniladi. Bugungi kunda ta‟lim jarayonida an‟anaviy
usullar bilan bir qatorda turli noan‟anaviy ta‟lim texnologiyalari,
interfaol
usullardan foydalanilmoqda. Ta‟lim metodini loyihalashda o„qituvchi qaysi
mazmunni qanday an‟anaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt
davomida qanaqa tartibda yetkazib berishni loyihalaydi.
5.
Ta’lim vositalarini loyihalashtirish.
Ta‟lim jarayonini amalga oshirishga
yordam beruvchi, o„quv materialini ko„rgazmali taqdim etish, o„rganish, shu bilan
birga ta‟lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar ta‟lim
vositalari
bo„lib, o„qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib,
qanday yetkazib berilishini loyihalaydi.
Ta’lim nazorat va baholashni loyihalashtirishda
ta‟limni oldindan kutilgan,
natijasiga erishish, ta‟lim natijasi monitoringini olib borish,
nazorat qilish,
tashxislash va to„g„rilab borishni nazarga tutib, joriy, oraliq yakuniy baholash
mezonlarini ishlab chiqish kerak bo„ladi.
O„qituvchi tomonidan tayyorlanadigan loyihalar - dars ishlanmalarida,
texnologik xaritalarda, o„quv-uslubiy majmualarda o„z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: