SALOMATLIKNI MUSTAXKAMLASh, PROFILAKTIKA , ATROF MUXIT GIGENASI FANI BO'YIChA VAZIYaTLI MASALALAR
Mavzu №1 Hamshiralik ishida yangi jamoat sog’ligini saqlash kontseptsiyasi. Hozirgi zamon jamoat sog’lig’ini saqlash kontseptsiyasining evalyutsiyasi.
Vaziyatli masala№1.
Jamoat sog’lig’ini saqlash tibbiy xizmatlarning barchaga baravar bo'lishi, shuningdek bularning har qanday turlari yuzasidan hisob berib turishni ta'minlash uchun javobgardir. Lekin sog’liqni saqlashning ko'pgina jihatlari har bir kishining o'z salomatligi uchun shaxsiy javobgarligiga bog’liq bo'lishi mumkin. Shu narsa odamlarning turmush tarzi va ekologik omillarga ancha jiddiy e'tibor berishni talab qiladi. Jamiyat sog’lig’ini saqlash, tibbiy xizmat ko'rsatish va sog’lom turmush tarzini joriy etish o'rtasidagi o'zaro ta'sir — bu jamiyat sog’lig’ini saqlash ideologiyasini tashkil etuvchi omillar yig’indisidir.
Sog’liqni saqlash taraqqiyotining 70- yillardan boshlangan zamonaviy bosqichida ko'proq noinfektsion kasalliklar epidemiologiya va ularni oldini olishni ko'zda tutgan. Bu davrga kelib turli kasalliklar – yurak qon tomir kasalliklari havf omillari, o'pka rakining chekish bilan bog’liqligining isbot etilishi va boshqa kasalliklarni o'rganish ularning profilaktikasiga doir chora – tadbirlarni qo'llashni talab etadi.
Savol:
1. Tarixiy taraqqiyot davrida infektsion kasalliklarning kamayish sabablarini tushuntirib bering
2. Noinfektsion kasaliklardan - yurak qon tomir kasalliklari va o'pka rakining havf omillariga asoslangan xolda ularning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini tuzing.
Vaziyatli masala№2.
Tsinga uzoq safarga chiquvchi dengizchilar o'rtasida o'sha zamonlarlardagi sog’liqni saqlashning keskin muammosi bo'lib hisoblanardi,chunki bu kasallik savdo sotiq, qidirib – tekshirish yoki harbiy maqsadlarda o'tkaziladigan dengiz safarlarini juda mushkul qilib qo'yardi. Jdeyms Lind 1747 yilning tsinga bilan og’rigan dengizchida hodisa – nazorat tadqiqotini o'tkazdi.
Shu tadqiqot sabab dengizchilar limon (yoki layma) suvi bilan ta'minlanadigan bo'ldilar.
Savol:
1. Bu hodisa – nazorat usulini qanday o'tkazilganini tushuntirib bering.
2. Bu tadqiqot usulini dizaynini tuzib bering.
Mavzu № 2 Turmush tarzi va salomatlik. Sog’lom turmush tarzi
Vaziyatli masala№1.
Barcha populyatsiya uchun bor ma'lumotlar qo'llanilgan va ushbu populyatsiya orasida kasallik yuzaga kelish chastotasi va havf omili darajasini taqqoslangan tadqiqot o'tkazilgan. Go'sht eyish va to'g’ri ichak raki yuzaga kelishi chastotasi orasidagi korrelyatsiya ko'rsatilgan, musbat korrelyatsiya ko'rsatilgan, uning “r” ko'rsatgich Q0,8 yoki Q0,9 bo'lishi mumkin, bu kuchli korrelyatsiya degani, lekin to'g’ri korrelyatsiya emas. Agar korrelyatsiya Q1 bo'lganda grafikda to'g’ri chiziqni hosil qilgan bo'lardi.
Savol:
1. Bu tadqiqotning qanday tadqiqot turi ekanligini tushuntirib bering.
2. Ushbu tadqiqotdagi go'shtni eyish bilan kasallanish o'rtasidagi bog’liqlikning, ya'ni go'shtning grammlarini oshib borishi to'g’ri ichak rakiga olib kelishiga sabab bo'luvchi havfli omil sifatida ko'rsatilgan. Sizning fikringizcha ushbu tadqiqot natijalarini aholi salomatligiga ta'sir etuvchi havf omili sifatida qo'llash mumkinmi?
3. Ushbu tadqiqotning kamchilik va afzalliklarini ko'rsatib bering.
Vaziyatli masala№2.
Havf omiliga nisbatan ta'sirchanlik katta guruhda o'rtacha havf omiliga ta'sirchanlikni bildiradi korrelyatsion tadqiqot asosida murakkab o'zaro bog’liqliklar yashiringan bo'lishi mumkin.
Korrelyatsiya bo'lishi bu sababiy bog’liqlik bo'ladi degani emas, chunki qo'shimcha havf omillari bo'lishi mumkin (postoronnie faktoro' (confounding)).
Televizor o'rtachi ko'rish miqdori bilan koronar arteriya kasalliklarini o'rtasida kuchli korrelyatsiya aniqlangan, uning “r” ko'rsatgich Q0,9 bo'lgan.
Savol:
1. Bu tadqiqotning natijalarini aholi salomatligini mustaxkamlash uchun qo'llash mumkinmi?
2. Bu havf omili o'rtasidagi qo'shimcha havf omillari bo'lishi mumkinmi? Agar qo'shimcha havf omili bor deb bilsangiz qanday omillar bo'lishini aytib bering. Agar qo'shimcha havf omili yo'q deb bilsangiz nima sababdan bunday natijaga kelganingizni tushuntiring.
Mavzu №3. Sog’liqni saqlash sistemasi asosiy komponentlarining bir-biriga bog’lanishi
Vaziyatli masala№1.
Qandli diabet profilaktikasini birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi darajada o'tkazsa bo'ladi.
1. Kishilar sog’lig’ini mustaxkamlash bo'yicha choralar, diabet va uning asoratlari bo'yicha jamoat miqyosida maorif ishlari. Kasallik rivojlanishi yuqori shaxslarga va klinik formadagi diabetli bemorlarga hamda ularning oila azolariga alohida ahamiyat berish.
2. Birlamchi profilaktika: ratsional ovqatlanishni targ’ib qilish yo'li bilan ortiqcha vaznga qarshi kurash.
3. Shu kasallikning jiddiy asoratlaridan saqlanishda katta rol o'ynaydigan ikkilamchi profilaktika: qondagi qand miqdorini nazorat qilish, jismoniy mashqlar va giperglikemiyaga qarshi davolash. Quyidagi kishilar tekshiruvdan o'tishlari kerak:
• Diabeti bo'lgan shaxslarning oila a'zolari;
• Yurak qon tomir kasalliklari, ko'z funktsiyasi va buyrak funktsiyasi pasaygan bemorlar;
• Homilador ayollar;
• Homiladorlik davrida glyukozani ko'tara olmaydigan ayollar va tug’ilganda bolasi 4 kg dan oshiq bo'lgan ayollar;
• Ortiqchi vaznli shaxslar.
4. Uchlamchi profilaktika diabet asoratlari bo'lgan bemorlarga yordam berishga qaratilgan, ularni malakali tibbiy kuzatuv bilan ta'minlanadi, pereferik qon aylanishining buzilishlarida va gangrena xavfi yuzaga kelganda oyoqlarni parvarish qilish va reabilitatsion tadbirlar amputatsiya vaqtini orqaga surishi mumkin;
Sizning qabulingizga turili kishilar: Gipertoniyasi bor, og’irligi 100 kgdan ortik (bo'yi 165 sm) va homilador ayol kelgan.
Savol:
1. Ularda diabetning profilaktikasini o'tkazish kerak. Qanday profilaktika turlarini tanlaysiz?
2. Bu kishilarga ratsional ovqatlashi bo'yicha tavsiyalar bering.
Vaziyatli masala№2.
“Oltin standart” mavjud metodikalarning eng yaxshisi tibbiyot taraqqiyoti va eng yaxshi deb e'tirof etilgan sog’liqni saqlash sistemasi muassasalarida faoliyat talkil etishning zamonaviy darajasiga to'g’ri keladigan, xizmat ko'rsatish xususida qabul qilingan standartlar va normalar.
Aholida SPID bo'yicha IFA test tekshiruvi o'tkazilganda uning sezgirlik (chuvstvitelnost) 50% ni va xususiyligi (spetsefichnost) 55% ni tashkil etgan va kasallikning taqalganligi juda kam bo'lgan. Kasallanish yuqori bo'lgan havf guruhida sezgirlik (chuvstvitelnost) 89% ni va xususiyligi (spetsefichnost) 85% ni tashkil etgan.
Savol:
1. Bu testni “Oltin standart” ga kiritish mumkinmi yo'qmi? Sababini tushuntiring.
2. Nima sababdan turli guruhlarda sezgirlik va xususiylikda farq bo'lgan deb o'ylaysiz?
3. Sezgirlik va xususiylik past bo'lishi qanday natijalarga olib kelishi mumkin?
Mavzu №4. Tibbiy faollik. Jismoniy faollik. Xavf omillari. Havf omillari – gipodinamiya.
Vaziyatli masala№1.
1. Yurak qon tomir kasalligi va jismoniy aktivlik o'rtasidagi bog’liqlikni aniqlash uchun 2 400 ayol o'rtasida tatqiqot o'tkazilgan. Tatqiqot boshida hech bir ayolda yurak qon tomir kasalligi bo'lmagan va anketa orqali ularning faolligining darajasi aniqlangan. 600 ayol “juda faollar”lar guruhiga kiritilgan, 800 tasi “nisbatan faollar” guruhiga va 1000 tasi “juda yalqovlar” guruhiga kiritilgan. Tatqiqot oxirida 100 ta ayolda infarkt rivojlangan (o'limga olib kelgan yoki olib kelmagan infarkt) . 12 infarkt “juda faollar”lar guruhida, 35 infarkt “nisbatan faollar” guruhida va 53 ta infarkt “juda yalqovlar” guruhida yuz bergan.
Savol:
1. Bu qanday tatqiqot turi? Tatqiqotda jismoniy aktivlikni aniqlash uchun anketa qo'llanilgan. Uning afzallik va kamchilik tomonlari qanday?
2. Tatqiqotni davom ettirish uchun qanday resurslar kerak bo'lishi mumkinligin aytib bering.
3. Tatqiqotni natijalari uchun jadval tuzing.Siz yurak qon tomir kasalligini rivojlanishi va jismoniy aktivlik bog’liqlik darajasini siz qanday baxolagan bo'lardingiz? Kerakli hisob kitobni bajarib, natijalarning muximligini aytib bering.
Vaziyatli masala№2.
Savol:
Yurak qon tomir sistemasida aniq bir kasalligi bo'lmagan insonlarda intensiv jismoniy aktivlik to'satdan yurak to'xtab qolishini havfini oldini oladimi?
Bu savolga javobni tez tibbiy yordam sistemasidagi ma'lumotlarni bo'lishi hodisa kontrol tadqiqotidan olishimiz mumkin. Kasallar Sietlning va shahardan tashqari King grafligidan, AQShning Vashington shtatidan hammasi bo'lib 1250 yashovchilar tanlab olingan, ular kasalxonadan tashqarida yurak to'xtashini boshlaridan o'tkazishgan. Ma'lumotlar tez tibbiy yordam ishchilarining hisobotlaridan olingan. Kontrol guruh esa shu turur joylarga tegishli tasodifiy telefon nomerlaridan tanlab olingan (ko'p tanlanganlar uy telefonlariga ega bo'lganlar). Ikkala guruh ham bir kiritish kriteriyalariga mos bo'lishi kerak: yoshi 25 – 74; yurak kasalligining klinik ko'rinishini bo'lmasligi; jismoniy aktivlikni cheklashga olib keluvchi kasallik sabab yuzaga keluvchi ko'shimcha kasalliklar; biron bir jismoniy kuchlinish, xarakat to'g’risida ma'lumot beradigan eri yoki xotinini bo'lishi. Kontrol guruhdagilar asosiy guruhga yoshi, jinsi, oilaviy sharoiti va turar joyi ( shahar yoki shahardan tashqari) bilan o'xshash bo'lgan. Ishtirokchilarning turmush o'rtoqlari dam olish vaqtlari haqida so'ralganlar. Kiritilish kriteriyalar ikki guruh a'zolarini bir aholiga tegishli ekanini va bir xil jismoniy aktivlikka egaligini ta'minlagan.
Natijalarda asosiy va kontrol guruhda bo'lgan asosiy 163 insonni o'rganilganda taxmin qilingan natijalarni qayd qilindi. (Rezultato', osnovno'e na izuchenii 163 lits, vklyuchenno'x v osnovnuyu i kontrolnuyu gruppo', podtverdili naxodki predshestvuyuhix issledovaniy.) Dam olish vaqtidagi intensiv jismoniy aktivlikka ega insonlarda yurak to'xtab qolish havfi kam xarakatli insonlarga nisbatan 65 – 75 % ga kam bo'lgan.
Asosiy va kontrol guruhning yoki kogortaning tanlanishi umumiy aholidan olinishi afzal hisoblansa ham, ko'pincha ikki guruhni ham klinika yoki boshqa tibbiyot muassasalaridan tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Lekin bu yo'l havflidir, chunki davolash muassasalaridagi kasallar kontingenti aholining aralash tanlovidan yuzaga kelgan, bu aholiga tadqiqot natijalarini qo'llash kerak bo'ladi.
Savol:
1. Tadqiqotda tanlab olingan nazorat guruhini qanday kamchilik va afzalliklari bor?
2. Tadqiqotda nazorat guruhini tanlashning qanday yo'llarini bilasiz? Olingan tadqiqot natijalarini aholi uchun reprezentativmi?
Mavzu №5. Infektsion kasalliklarni o'rganish va nazorat qilish. Muhim ijtimoiy ahamiyatga ega infektsion kasalliklar
Vaziyatli masala№1.
Kasalxonaga ich ketishi bilan bemor kelgan. Qornida og’riq,jigar,taloq kattalashgan,3 kun davomida tana xarorati ko'tarilgan. Bemorga qorin tifi tashhezi qo'yildi.
Savol:
1. Epidemiologlar taktikasini ko'rsating
2. I) Qorin tifini qo'zg’atuvchisini ko'rsating:
A) S.tufi abdominalis, B) S.tufi murium, V) S.enterebidis, G) S.Perfingens, D) S.Bodii
II) Qorin tifi kasalligida kasallik manbai kimlar bo'ladi:
A )sog’lom odamlar B) virus tashuvchilar,
V) bemor bilan muloqotda bo'lganlar,G) kasal odam, bakteriya tashuvchilar D) emlanganlar
III) Qorin tifida erta kasallikni aniqlash uchun qanday analiz olinadi:
A) balg’amdan bakteriologik analiz, B) qondan gemokulturaga, V) umumiy qon analizi, G) burundan surtma, D) sulak
2 chi savolga to'g’ri javoblar 1-b, 2-g,3-b
Vaziyatli masala№2.
2 va 13 yoshli bolalar uchun uchastka shifokori chaqirildi. Kasallik birdaniga boshlangan, kechqurun ko'ngil aynishi, qorin dam bo'lishi, qayd qilish, ich ketish kuzatilgan. Shifokor ovqatdan zaxarlanish deb tashhez qo'ydi. Bolalarni onasi 2 kun oldin angina kasalligi bilan kasallangan va bolalarga ovqat tayyorlagan. Kasallik pishirilgan sut ichgandan so'ng bir necha soatdan keyin boshlangan.
Savol:
I) Kasallik manbaini ko'rsating:
A) bolaning o'rtoqlari, B) onasi, V) bolalarning buvisi, G) opasi,
D) kushnisi
II) Bu kasallikda asosiy kasallik keltirib chiqargan qo'zg’atuvchini ko'rsating:
A) salmonellalar, B) shigellalar, V) stafilakokklar, G) viruslar
D) zamburuglar
III)Kasallikning yuqish yo'li:
A) fekal oral
V) havo - tomchi
V) transmissiv
G) vertikal
D) maishiy -mulokot
To'g’ri javoblar 1-b, 2-b, 3-a
Mavzu №6. Noinfektsion kasalliklar va ularga qarshi kurash. Yurak qon-tomir kasalliklari. O'pkaning xronik kasalliklari. Qandli diabet va og’ir formadagi buyrak etishmovchiligi. Rak (o'sma kasalliklari)
Vaziyatli masala№1.
Kogort tadqiqot.
Tibbiyot hamshiralari salomatligi tadqiqoti yo'nalishida semizlik va yurak kasalligi o'rtasidagi bog’liqlik tadqiqoti (Nurse’s Health Study). Ayollarni tana og’irligi bo'yicha guruhlarga bo'lingan. Har bir guruhni havf darajasiga ko'ra kuzatilgan. Kontrol guruh sifatida kichik og’irlikka ega guruh ayollarni guruhini ishlatgan xolda infarkt miokardni kasllanishi/yangi kasallinish xolatlari solishtirilib, nisbiy havf hisoblangan. Nisbiy havf kasalanganlarda 3,2 ga teng bo'lgan. Kasallanganlar orasida havfli omil uchrashi ko'p kuzatilgan. 2 yil kuzatilganda semizlar orasida kasallikning tarqalganligi 9 %ga 4 yilda esa 12% ga ko'paygan. Tana vazni yuqori bo'lgan ayollarning tekshiruvlarida tana vazni kam bo'lgan ayollardagiga nisbatan xolesterin miqdori yuqoriligi, xarakat qilganida pulsning tezlashishi va arterial bosimning oshishi xolatlari kuzatilgan. Tadqiqot tugatilgandan so'ng ma'lum vaqt o'tganda tana vazni yuqori bo'lgan ayollarni tana vaznini kamaytirish choralari ko'rila borilganda bu guruhda tekshiruvlar o'tkazilganda ularning natijalari normallashib borganini va kasallikning yuzaga kelishining kamayganligini ko'rish mumkin bo'lgan.
Savol:
1. Ushbu tadqiqotni evans etiologiyasi mezonlari bo'yicha baxolang. Evans etiologiyasi mezonlari nima uchun tibbiyotda ishlatiladi?
EVANSNING ETIOLOGIYa MEZONLARI
1. Aholi guruhida taxmin qilinayotgan omilning taqsimlanishi kasallikning taqsimlanishi bilan bir xil bo'lishi kerak.
2. Taxmin qilinayotgan omil ta'siriga uchragan shaxslar o'rtasidagi kasallanish darajasi bunday ta'sirga uchramagan shaxslar o'rtasidagi kasallanish darajasidan ishonchli ravishda oshishi kerak.
3. Shu kasallik bilan kasallangan shaxslar anamnezida taxmin qilinayotgan omil boshqa omillarning bir xil ta'sirida sog’lom kishilardagiga qaraganda ko'proq uchrashi kerak.
4. Taxmin qilinayotgan omil ta'siri vaqt nuqtai nazaridan kasallik yuz berishidan oldin bo'lishi kerak.
5. Taxmin qilinayotgan omil nechog’li kuchli yoki davomli bo'lsa, kasallikning yuz berish ehtimoli ko'proq bo'ladi.
6. Ayrim kasalliklar uchun odam biologik reaktsiyasining yuzaga chiqqanligi (kuchsizdan to aniq ifodalanishgacha) taxmin qilinayotgan omilning ta'sir darajasiga mos keladi.
7. Kasallik bilan taxmin qilinayotgan omillar o'rtasidagi aloqadorlik aholining har xil guruxlarida va turli xil tekshirish metodlarida kuzatiladi.
8. Kasallik bilan omil o'rtasidagi aloqadorlikni boshqacha tushuntirib bo'lmaydi.
9. Taxmin qilinayotgan omilni yo'qotish yoki uzaytirish yangi kasallik hollari miqdorining pasayishiga olib kelishi mumkin.
10. Ayrim hollarda organizmning taxmin qilinayotgan omil ta'siriga reaktsiyasining o'zgarishi kasallanishning pasayishiga olib kelishi mumkin.
11. Eksperiment sharoitida taxmin qilinayotgan omil ta'siriga uchragan aholi guruhida kasallik nazorat guruhidagiga nisbatan ko'proq uchrashi mumkin.
12. Aniklangan hamma bog’lanishlar oqilona biologik va epidemiologik izoxlanadigan bo'lishi mumkin.
2. Ushbu tadqotda kogort guruhiga nisbatan solishtirilayotgan guruh qaysi nazorat guruhiga kiritish mumkin (ichki yoki tashqi)?
3. Bu tadqiqotdagi havf omili ko'p tarqalgan yoki antiqa havf omiliga kiritish mumkinmi?
Vaziyatli masala№2.
Ikkita turli shaharlarda onkologik kasalliklarning 100 ming kishiga o'lim xolatlari o'rganilgan, 200 tadan aholi tanlanib ularda turli havfli omillar bor yo'qligi aniqlangan.
Etnik guruhlar orasida, yosh va jins orasida turli onkologik kasalliklarning taqalganligi farqlangan.
Yaponiyada yashovchi yaponlarda oshqozon raki ko'proq uchragan, Yaponiyadan ko'chib kelib ma'lum bir vaqt Amerikada yashagan yaponlarda birmuncha kamaygan, ularning bolalarida deyarli kam uchragan.
O'pkaning havfli o'smalari albatta ayollarga nisbatan erkaklarda ko'p uchragan, ayollar esa sut bezi rakidan aziyat chekkanlar, shaxterlarda ham nafas yo'llari va o'pkaning havfli o'smalari ko'p uchragan.
Savol:
1. Rakning birlamchi profilaktikasini havfli omillar bilan bog’liq xolda tushutiring.
2. Nima sababdan turli etnik guruhlarda sharoit o'zgarishi bilan rak kasalligining tarqalishi o'zgargan. Ketma ketlikda tushuntirib bering.
Mavzu № 7 Shikastlanishlar. Nikotinga qaramlik. Alkogolga qaramlik. Narkotiklarga qaramlik.
Vaziyatli masala№1.
Insultni rivojlanishini chekish bilan bog’liqligi. (jadval). Nisbiy havf 45- 49 yoshdagilarda 4.0 gacha pasayib boradi, 65 - 69 yoshliklarda 1,4 gayaa kamayadi. Ammo qo'shimcha havf yosh kattalashgan sari oshib boradi, chunki qariyalarda ko'pincha insult ular chekmasa ham ko'p uchragaydi. Sabab oqibat bog’liqligi chekish va insult o'rtasida vaqt o'tishi bilan kamaysa ham, chekadigan qariyalarda yanada ko'p havf oshadi.
Qo'shimcha havf kasallikni to'ldiruvchi extimolligini aks ettiradi, ko'pchilik xollarda klinik sharoitlarda individual yondashuv uchun nisbiy havfga nisbatan qo'shimcha havf muxim ma'lumot hisoblanadi. Boshqa tomondan nisbiy havf ko'proq sababiy bog’liqlikni kuchini ko'rsatadi.
Jadval
Chekish, insult va yosh o'rtasidagi bog’liqlikni o'rganishda nisbiy va qo'shimcha havf solishtirish*
Yosh
|
Kasallik
|
Nisbiy havf
|
Qo'shimcha havf
|
чекмайдиганлар
|
чекадиганлар
|
45-49
|
7,4
|
29,7
|
4,0
|
22,3
|
50-54
|
17,8
|
37,0
|
2,2
|
19,8
|
55-59
|
27,9
|
64,7
|
2,3
|
36,7
|
60-64
|
47,4
|
76,9
|
1,6
|
29,5
|
65-69
|
80,2
|
110,4
|
1,4
|
30,2
|
*(PsalyBM el al. J Oin Epidemiol 1990.43 961-970. с изменениями)
Savol:
1. Bu qanday tatqiqot turi?
2. Jadvaldagi ma'lumotlarni, ya'ni nisbiy va qo'shimcha havfni yoshlarga nisbatan hamda chekadiganlar va chekmaydiganlarga nisbatan tushuntirib bering.
3. Chekish qanday havf omillari guruhiga kiradi, ko'p tarqalgan yoki antiqa havf omillarigami?
Vaziyatli masala№2.
Kasalliklarning diagnostikasida skrining muxim axamiyatga ega. Skriningsiz kasallikning simptomlari yuzaga chiqqandan so'ng diagnostika qilinadi. Ko'pincha kasallik simptomlar yuzaga kelmasdan oldin boshlanadi va buni skrining test orqali aniqlash mumkin. Skrining orqali kasallikni topish va simptomlar yuzaga kelgandan so'nggi vaqti oralig’i “kasallikni topilishi mumkin bo'lgan doklinik faza”si (“vo'yavlyaemoy doklinicheskoy fazoy” (VDK)) deb nomlanadi. Jadvalda skrining bo'lgan va bo'lmagan xolatlardagi kasallikning rivojlanish bosqichlari belgilangan.
Yurak qon tomir kasalliklarini va o'pka rakini chekish, hamda alkogolni suiste'mol qilish bilan bog’liq kogort tadqiqot o'tkazilgan. 2 ta guruhga chekadigan va chekmaydiganlar yig’ilib kuzatib borilgan. Bu kasalliklarni rivojlanishini yillar davomida skrining qilib borilgan.
Jadval.
Kasallikning rivojlanish stadiyalarining sxemasi.
Tug’ilish
|
Kasallikni biologik darajada boshlannishi
|
Skrining orqali kasallikni topilishi mumkin bo'lgan oraliq.
|
Simptomlarni rivojlanishi
|
Skrining bo'lmagandagi o'lim xolati
|
|
|
|
kasallikni topilishi mumkin bo'lgan doklinik faza
|
|
Skrining bo'lgandagi o'lim.
|
Skrining Vilson Djaner (Wilson-Jungner) kriteriyalariga to'g’ri kelganda maqsadga muvofiq bo'ladi:
- Bu sog’liqni saqlash uchun muxim muammo bo'lsa,
- Kasallikning rivojlanishi yaxshi o'rganilgan bo'lsa,
- Kasallikni boshlang’ich davrida aniqlash imkoniyati bo'lsa,
- Agar kasallik taqalgan bo'lsa, masalan, 40 yoshdan kattalarda gipertenziya bo'lishi,
- Agar ilmiy ma'lumotlar skriningni foydasini va o'rganilayotgan xolat yoki kasallikni zararini ko'rsata berayotgan bo'lsa.
- Agar davolanish barcha uchun etarli darajada bo'lishi kerak, masalan, kasallik aniqlangandan so'ng davlat qandli diabeti va anemiyasi bor insonlar uchun imtiyoz davolashni imkonini beradi. Ayrim vaqtlarda tuzalib bo'lmaydigan kasalliklarni skriningini o'tkazishadi, lekin bu jamoat foydasi uchun muhimdir.
- Tekshiruvdan jismoniy va psixologik zararni kam bo'lishi;
- Agar tekshiruvni o'tkazish uchun qo'shimcha tekshirish usullari bor bo'lsa.
Savol:
1. Tadqiqotdagi o'rganilgan bu kasalliklarni rivojlanishini skrining qilish yaxshi natija beradimi? Bu sog’liqni saqlash uchun qanday ahamiyatga ega.
2. Tadqiqotdagi kasalliklar skriningini Vilson Djaner (Wilson-Jungner) kriteriyalariga to'g’ri kelishini kriteriyalar asosida tushuntiring.
3. Vilson Djaner (Wilson-Jungner) kriteriyalari bo'yicha har bir punktiga kasalliklar bilan bog’lab misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |