Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
1970-yildan matematika kursining mazmuni yangi dastur asosida o‘zgartirildi, natijada uni o'qitish metodikasi ham ishlab chiqildi
. Hozirgi dastur asosida o‘qitilayotgan maktab matematika fanining metodikasi bilan professorlardan V.M. Kolyagin, R.S. Cherkasov, P.M. Erdniyev, J. Ikramov, N. G'aybullayev, T. To‘laganov, A. Abduqodirov va boshqa metodist olimlar shug'ullanganlar va shug‘ullanmoqdalar.
Matematika o‘qitish metodikasi pedagogika universitetlarining III—IV kurslarida o'tiladi. U o‘zining tuzilishi xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uchga bo‘linadi.
1. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi. Bu bo'limda matematika fanining maqsadi, mazmuni, formasi, metodlari va uning vositalarining metodik sistemasi, pedagogika, psixologiya qonunlari hamda didaktik prinsiplar asosida ochib beriladi. 2. Matematika o‘qitishning maxsus metodikasi. Bu bo‘limda matematika o‘qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarining aniq mavzu materiallariga tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi.
3. Matematika o‘qitishning aniq metodikasi.
Bu bo‘lim ikki qismdan iborat:
1. Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2. Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda – faqat o’quv tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi. Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Axborot texnologiyalari – ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun axborot yaratish, to’plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.
O'qituvchilarning matematika fanlarini o'qitishda yo'naltirilgan darslar jarayonini noan'anaviy shakllarda tashkil etish, ta'lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko'nikmalariga ega bo'lishi ta'lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta, chuqur o'zlashtirilishi, ularda amaliy ko'nikma va malakalarning hosil bo'lishining kafolati bo'la oladi.
Ta'lim jarayoni o'quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi muayyan mavzu bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi. Ta'lim mazmunida, shuningdek, o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan tushuncha, ko'nikma hamda malakalarning hajmi ham o'z ifodasini topa olishi lozim. Zero, ta'lim mazmunining g'oyaviy jihatdan mukammalligi o'quvchilar tomonidan muayan bilim, ko'nikma va malakalarning o'zlashtirilish darajasi bilan belgilanadi.
Matematika o'qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi:
a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini berish. Bu bilimlar tizimi matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, ya’ni isbotlash va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak;
b) o’quvlarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida xatosiz so‘zlash, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak. Bu degan so‘z o‘quvchilarning har bir matematik qoidani o‘z ona tillarida to‘g‘ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik ifodasini formulalar yordamida to‘g‘ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha shakllantirish demakdir;
d) o‘quvchilami matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlami bilishga o‘rgatish. Bu yerda o‘quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan tortib to murakkab hodisalargacha hammasming fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlami tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko‘zda tutiladi. Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasawur qilishlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagilami qo'yadi:
a) o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu g‘oya bilish nazariyasi asosida amalga oshiriladi;
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlami tarbiyalash.
Ma’lumki, matematika darslarida o‘quvchi!ar o‘qishning dastlabki kunlaridanoq mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o'rganadilar.
Ular awalo kuzatishlar natijasida, so‘ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana shu chiqarilgan xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi.
Matematika o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir;
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida o'rganiladigan har bir matematik xulosa qat’iylikni talab qiladi, bu esa o‘z navbatida juda ko‘p matematik tushuncha va qonuniyatlar bilan ifodalanadi.
O‘quvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-bosqich o‘rganishlari davomida ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi, matematik xulosa chiqarish madaniyatlari shakllanadi. o‘quvchilarni biror matematik qonuniyatni ifoda qilmoqchi bo‘lgan flkrlarni simvolik tilda to‘g‘ri ifodalay olishlari va aksincha simvolik tilda ifoda qilingan matematik qonuniyatni o‘z ona tillarida ifoda qila olishlariga o‘rgatish orqali ularda matematik madaniyat shakllantiriladi.
3. matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalami qo‘yadi: a) matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalami yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish. Bunda asosan o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘lay olish imkoniyatlarini tarkib toptirish, ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalami hal qilishga o‘rgatiladi;
b) matematikani o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda o‘quvchilarning matematika darslarida texnika vositalaridan, matematik ko'rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi;
O‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish.
Bunda asosan o'quvchilami o‘quv darsliklaridan va ilmiyommaviy matematik kitoblardan mustaqil o‘qib o'rganish malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Buning samarasi o'quvchilar tomonidan ma'lum tushunchalarning o'zlashtirilishi, ko'nikma va malakalarning shakllanishini ta'minlovchi shartlarning ishlab chiqilganligida namoyon bo'ladi.
Aynan darsning shakli, metod va vositalari ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli ta'minlanishiga olib keladi. Ular yordami bilangina o'quv predmetining mavzusi borasidagi nazariy bilimlar o'quvchilarga uzatiladi, o'quvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar qabul qilinadi. Dars mashg'uloti uchun eng maqbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta'lim jarayonining qariyb 90 foizlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
O'quvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga yo'naltiruvchi ta'lim shakli, metod va vositalarining to'g'ri tanlanishi dars jarayonini samarali, qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo'lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki beradi. Mana shu holatdagina o'quvchilar tashabbusni o'z qo'llariga oladilar, o'qituvchining zimmasida esa ularning faoliyatini ma'lum yo'nalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni nazorat qila olish, murakkab vaziyatlarda yo'l-yo'riq ko'rsatish, maslahatlar berish, hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi.
Bugungi kunda o'quvchilarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi
.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto
undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar
(aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo
asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi,
o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat
bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv
yo‘l bilan amalga oshadi.
"Fikriy hujum" metodi. Mazkur metod o'quvchilarning darslar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g'oyalarni to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni yengishga o'rganish uchun xizmat qiladi.
"6x6x6" metodi. "6x6x6" metodi yordamida bir vaqtning o'zida 36 nafar o'quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma'lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a'zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin.
Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo'lgan 6 ta guruh o'qituvchi tomonidan o'rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o'qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo'ladi. Yangidan shakllangan guruh a'zolari o'z jamoadoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
"Klaster" metodi. Klaster (g'uncha, bog'lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u o'quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar to'g'risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
"Klaster" metodi aniq ob'ektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi.
Ushbu metod muayyan mavzuning o'quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotlar va o'quvchilar tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida namoyon bo'ladi. Bu esa ilgari surilgan g'oyalarni umumlashtirish va ular o'rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
"Zakovatli zukko" metodi. Mavjud bilimlarni puxta o'zlashtirishda o'quvchlarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. "Zakovatli zukko" metodi o'quvchlarda tezkor fikrlash ko'nikmalarini shaklalantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi.
"Charxpalak" metodi. "Charxpalak" texnologiyasidan o'quv mashg'ulotlarining barcha turlarida, dars boshi va oxirida, biror bo'lim tugatilganidan keyin, o'tilgan mavzularni o'zlashtirganlik darajasini baholashda, takrorlash, mustahkamlash, oraliq va yakuniy nazoratlarni o'tkazishda foydalanish mumkin. Mashg'ulotlarni yakka va guruh shaklida tashkil etsa bo'ladi. Qolaversa, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamragan holda turli mazmun va xarakterga ega mavzularni o'rganishda ham asqotadi Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanisi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur.
.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda.O‘quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish va zamonaviy dasturiy ta’minotlar yaratish masalasi bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf matematika darslari uchun elektron ishlanmalar yaratish metodikasi, darslarda axborot texnologiyalaridan foydalanish va shu asosida darslar o‘tish metodikasi ishlab chiqilgan. Yaratilgan elektron ishlanmada sarvaraq, mundarija, o‘quv materiallarini bayon qilish sahifalari mayjud bo‘lib, bilimlami nazorat qilish uchun test va topshiriqlar ham ishlab chiqilgan
Ta’lim islohatlari natijasida litsey, kollej va boshqa shu turdagi yangi turdagi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi; Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish alohida bo‘lim fakultetlarning tashkil etilishi; kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog`lanib borshi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvda yangi kontseptsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi; kasb ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi
Matematikadan fakultativ mashg’ulot o’tkazish boshqa matematikadan sinfdan tashqari ishlarni inkor etish degani emas. Bu matematika faniga qiziqadigan o’quvchilar bilimini to’ldirishdan iborat.
Fakultativ mashg’ulot qanday o’tkazishdan qat'iy nazar u o’quvchiga qiziqarli bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |