O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI 19/4-GURUH TALABASI SALMONOVA AZIZABONUNING MATEMATIKA OʻQITISH METODIKASI FANIDAN
KURS ishi
MAVZU: Akademik litseylarda matematikadan o’quv mashg’ulotlarini loyihalashtirish.
Bajardi: Salmonova Azizabonu.
Qabul qildi: ___________________
Chirchiq – 2022
REJA: 1.KIRISH 2.ASOSIY QISM I. Akademik litseylarda sinfdan tashqari va fakultativ mashg‘ulotlar.
II.Akademik litseylarda matematikadan darslarini loyihalashtirish.
III. Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
3.XULOSA 4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
O’qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash, o’qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi.
Matematik ta'limga kompetensiyaviy yondashuv o'quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta'limning amaliy, tatbiqiy yo'nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi
Ta’lim islohatlari natijasida litsey, kollej va boshqa shu turdagi yangi turdagi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi; Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish alohida bo‘lim fakultetlarning tashkil etilishi; kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog`lanib borshi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvda yangi kontseptsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi; kasb ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ung xizmat ko‘rsatishni yo`lga qo‘yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg`or shakllarini joriy etish va boshqalar.
Yuqoridagi mavzularda yoritilgan texnologiyalarni ham mualliflik texnologiyalari sifatida e’tirof etish mumkin, chunki har birining asosida yuzlab pedagog-, psixolog-olimlarning yillar davomidagi katta mehnati, izlanishlari va tajribasi yotadi.
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta'lim sandartlari asosida bеlgilanadi. Dars o`quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
Har bir sinfda O`quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir hil
boiishi lozim.
Dars qat'iy jadval bo`yicha bеlgilangan muddatda olib
borilishi kеrak.
Dars o`qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida
Matematika fanini nazariylashtirgan holda o'qitishga yondashishdan voz kechib, o'quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o'quvchilarning mustaqil fikrlash ko'nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e'tiborni kuchaytirish - davr talabi.
Shu bilan birga talabalarga xam matematika darsida o'quv tarbiya jarayonining barcha elementlari o'zaro uyg'unlikda bo'ladi. Bular maqsad va mazmun, vositalar, metodlar, ta'limni tashkil kilish shakllari bilan uzviy bog'liq.
Matematika o'qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo'nalishi ayrim o'quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o'qitishning boshqa usullari qo'llanganda tasavvur qilish, ko'z oldiga keltirilishi qiyin bo'lgan materiallarni tushunarlibo'lishini taminlashdan iborat. modellashtirish yordamida o'quvchilarga malumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko'rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o'rganish va o'quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo'ladilar.
Kompyuter texnikalarini..ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |