Salmonova azizabonuning matematika o


Akademik litseylarda matematikadan darslarini loyihalashtirish



Download 1,56 Mb.
bet5/7
Sana07.07.2022
Hajmi1,56 Mb.
#752570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12- MO\'M

Akademik litseylarda matematikadan darslarini loyihalashtirish.

Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o'zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta'lim tizimiga, jumladan, matematikani o'rgatishga ilg'or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta'minlanadi.
Ayniqsa, o'quv fanini akademik bilim berishdan ko'ra ko'proq hayot bilan bog'lash, amaliy misol va masalalarni yechish, o'quvchilarni mustaqil izlanish, o'qib-o'rganishga jalb etishning ahamiyati beqiyos. Dars jarayonida o'quvchi o'zini majburan partaga mixlab qo'yilgandek his etmasligi, aksincha, mashg'ulotlarda katta ishtiyoq, kuchli xohish bilan qatnashishiga erilishi lozim.
Matematika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni taminlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida mashg`ulotlarning xususiyatlari bolalarning matematik materialni o`zlashtirish xususiyatlariga boliq: materialning abstrakt xarakterda bo`lishi ko`rsatma vositalarini, o`qitishning faol usullarini to`g`ri tanlashni, mashg`ulot davomida bola faoliyatining turli-tuman bo`lishini, bolalarga yakka tartibda va tabaqalashtirib yondashishni talab etadi.
Mashg`ulotni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishda avvalo mashg`ulotning asosiy maqsadlarini oydinlashtirib olish muhim.
Mashg`ulot maqsadlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning to`g`ri yo`llarini topishda mashg`ulotning tahlimiy, tarbiyaviy va korrektsion vazifalarini, aqli zaif bolaning ifodaviy soxa sferasini, hissiyotini bilishga oid qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vazifalarni aniqlash yordam beradi.
Mashg`ulotning maqsad va vazifalari belgilab olingandan keyin defektolog mashg`ulotda bajariladigan ishlar mazmunini aniqlashga kirishadi.
Mashg`ulot mazmunini aniqlashda defektolog quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:
1. Mashg`ulotning mazmuni dasturga mos bo`lishi lozim.
2. Har bir mashg`ulot aniq mavzuni va maqsadni ko`zda tutib tuzilgan bo`lishi kerak. O`quv maqsadi qatorida matematika mashg`ulotlarida korrektsion-tarbiyaviy maqsad ham kiritiladi.
3. O`quv materiali mazmuni o`tilayotgan mavzu talablarga javob berishi, mashg`ulotning maqsadiga mos kelishi, bolalarga tushunarli, ilmiy va hayot bilan bog`liq bo`lishi lozim.
4. Matematika mashg`ulotlarida ish uslubiyati va usullari bolalarning yosh xususiyatlariga javob bera olishi, ularning bilish faoliyatini tuzatish va rivojlantirishi, aqliy va amaliy taxlil va sintez qilishi, umumlashtirish faoliyatlarini shaklantirishga qaratilgan bo`lishi kerak.
5. Mashg`ulot uchun zarur ko`rgazmali qurollar va didaktik materiallar bilan tahminlangan bo`lishi lozim.
6. Har bir matematika mashg`uloti tashkiliy aniqligi bilan ajralib turishi, yahni mashg`ulotning har bir qismi aniq maqsadga ega bo`lishi va unga bo`ysinishi, mashg`ulotni puxta rejalashtirish va har bir bosqichlari orasida vaqtni to`g`ri taqsimlash kerak.
7. Matematika mashg`ulotlarida har bir darsda o`tilganlarni takrorlash, yahni uzluksiz takrorlash tamoyiliga amal qilish kerak.
8. Har bir mashg`ulotda defektolog bolaning nutqini o`stirishi, so`z boyligini yangi matematik atamalar, iboralar bilan boyitishi, mustaqil nutqni shakllantirishga ahamiyat berib borishi lozim.
9. Matematika mashg`ulotlari boshqa barcha mashg`ulotlar bilan bog`lab olib borilishi kerak.
10. Matematika mashg`ulotlari amaliy yo`nalgan bo`lishi, aqli zaif bolalarning ijtimoiy moslashishi va reabilitatsiya masalalarini hal qila olishi kerak.
11. Butun matematika o`qitish taqqoslash asosida ko`riladi. Takqoslash asosida bolalarda juft, butun va kism, uzun-qisqa, chapga-o`ngga kabi qarama-qarshi tushunchalar shakllanadi. Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni rivojlantirib, sekin-asta murakkablashtirib borish muhim.
12. Matematik mashg`ulotlarida himoyalovchi rejim talablari amalga oshirilishi kerak. Darsda ish faoliyatining bir turi ikkinchi turi bilan almashib turilishi, jismoniy daqiqalar o`tkazilishi, o`quv materiali aqli zaif bolalarning ruhiy va jismoniy holatlarini, ishlash qobiliyatlarini va tez charchashlarini hisobga olgan holda olib borilishi kerak.
Maxsus maktabgacha tarbiya pedagogikasining asosiy vazifasi aqli zaif bolalar bilan korrektsion-tarbiyaviy ishlar tizimi ustida ish olib borishdir.
Korrektsion tarbiyaviy ishlar mazmuniga ruhiy va jismoniy rivojlanish nuqsoni bor bolalarning psixikasidagi turli yetishmovchiliklarni tuzatish, yahni ularni aqliy rivojlantirish ularning bilish faoliyatini tuzatish, ularning tafakkurini o`stirishda aktivlashtirishdan iborat. Ularni yordamchi maktabda matematika darslariga tayyorlashdir.

Matematika mashg`ulotlarida sensor madaniyatni tarbiyalash muhimdir. Sensor rivojlantirish bu predmetlarning tashqi ko`rinishi, rangi, uzunligi, shakli, fazoda joylashishi, hid va mazasini bilish demakdir. Sensor rivojlanish bir tomondan umumiy aqliy rivojlanishga fundament bo`lsa, ikkinchi tomondan mustaqil ahamiyatga ega, chunki mukammal tasavvur bolaning bahzida, maktabda yaxshi o`qishiga va boshqa ko`pdan-ko`p mehnat turlarini o`zlashtirishiga zamin yaratadi.
Oddiy matematik tasavvurlarni shakllantirish aqli zaif bolalarning mahlum bilim va malakalarni o`zlashtirib olishlarinigina emas, balki ularda xotira, idroq tafakkur, tasavvur kabi bilim qobiliyatlarini umumiy rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Bu yo`nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatning muhim usullarini o`rgatish analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi.
Matematik tahlim jarayonida aqli zaif bolalarning nuqi rivojlanadi, ularning so`z boyliklari maxsus matematik atamalar bilan boyitiladi.
Matematika mashg`ulotlarida amaliy vazifalarni bajarish jarayonida bolalarning motorikasi rivojlanadi.
Ta`lim usullarini tanlash bir qator omillar bilan bog`liq bo`ladi, Maktabgacha tarbiya muassasalarining hozirgi kundagi vazifalari o`rganiladigan materialning mazmuni, o`quvchilarning yoshi va ularning rivojlanish saviyasiga bog`liq bo`ladi.
Ta`lim usullarini tanlashda maxsus maktabgacha tarbiya muossasasida tahlimning korrektsion yo`naltirilgailigi, maktabga tayyorlash va ijtimoiy vazifani yechish tahsir ko`rsatadi.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning bilish faoliyati, emotsional iroda sohasidagi kamchiliklarini hisobga olib, bolalarda avvalo serharakat, ishchan faoliyatni rivojlantirish zarur, bolalarning xotiralash faoliyatini rivojlantirish bilan bir qatorda defektolog ancha murakkab masalani, ularning tashabbuskorligini, ijodiy faoliyatini rivojlantirish vazifasini qo`yadi va hal etadi, o`zlashtirilgan bilimlarni avval o`xshash, keyin yangi sharoitda, yangi masalalarni hal qilishda foydalanishga o`rgatadi.
Bu ularning faqat bilim faoliyatini hisobga olish bilangina emas, balki shaxsiy sifatlarini hisobga olishga ham bog`liq bo`ladi.
Bolalar u yoki bu bilimlarni mahlum kilishdan oldin, ularda bu bilimlarni idrok qilish va mahnosini tushunishlari uchun aniq yo`l-yo`riq yaratish lozim. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi usul hisoblanadi. bilishning birlamchi manbai tajriba va kuzatishlar natijasida hosil qilingan hissiy idrokdir. Xissiy bilish jarayonida tasavvurlar, predmetlarning obrazlari, xususiyatlari va o`zaro munosabatlari shaklanadi. Aqli zaif bolalarning missiy idrokiga tayangan holda ishlarni olib borish yaxshi natijalar beradi.
Ko'p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o'z kasbi bilan bir vaqtda malum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadiShu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo'lgan matematik sistemalar yaratilgan.
Matematika fanlarini o 'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni taminlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Kompyuter texnikalarini talim muassasalariga tatbiq etish, o'qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo'l ochib beradi. Keyingi o'n yillikda matematika fanini o'qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo'nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o'rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o'yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
Matematika o'qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo'nalishi ayrim o'quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o'qitishning boshqa usullari qo'llanganda tasavvur qilish, ko'z oldiga keltirilishi qiyin bo'lgan materiallarni tushunarli bo'lishini taminlashdan iborat.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish