Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. O‘rganilgan tadqiqotlar
natijasiga ko‘ra iqtisodiy matnlar va ularning tarjimasi, iqtisodiy terminlar
ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Ularning ko‘pchiligi rus, ingliz,
va nemis tillari misolida tahlil qilingan.
Bizning tadqiqot ishimizda koreys tilidan o‘zbek tiliga yoxud o‘zbek tilidan
koreys tiliga iqtisodiy matn tarjimalarining xususiyatlari va muammoli jihatlari
tahlil ostiga olinadi. Bu esa koreys va o‘zbek tarjimashunosligida yangilik
hisoblanadi. Chunki bu yo‘nalishda talaygina tarjimalar qilingan bo‘lsa-da, ular
nazariy jihatdan to’la tadqiq etilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |