Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


Qishloq xo‘jalik chiqindilaridan biogazning chiqish miqdori



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   189
Bog'liq
ekologiya

  
Qishloq xo‘jalik chiqindilaridan biogazning chiqish miqdori 
Organik moddalar 
1 kg quruq moddadan 
ajralib chiqadigan 
biogazning miqdori,% 
Metan gazining 
miqdori,% 
O‘t ko‘katlar  
0,63 
70 
Yog‘och barglari 
0,21-0,29 
59 
Kartoshka palagi 
0,42 
60 
Bug‘doy poxoli  
0,34 
58 
Makkajo‘xori poyasi 
0,42 
53 
Yirik  shoxdor  qoramollarning 
qattiq chiqindilari 
0,2-0,3 
60 
Uy-ro‘zg‘or chiqindilari 
0,6 
60 
Oqova 
suvlarining 
qattiq 
qoldiqlari  
0,57 
70 
 
Bundan  tashqari,  go‘ngni  biogaz  qurilmalarida  achitganda  kasallik 
qo‘zg‘atuvchi  bakteriya  va  mikroblar,  hamda  begona  o‘simliklarning  urug‘i  yo‘q 
bo‘ladi. Ajralib chiqqan biogazni esa turli maqsadlarga ishlatish mumkin. 


180 
 
Sobiq  Sovet  Ittifoqining  barcha  organik  chiqindilarni  fermentatsiyalash 
paytida  ajralib  chiqadigan  biogazdagi  energiya  potensiali  yiliga  33  mln  tonna 
shartli yoqilg‘iga teng edi. 
Eslatib o‘tamiz: 250 l benzin – 1 tonna shartli yoqilg‘iga teng. 
Hozirgi  paytda  organik  chiqindilarning  25%  qayta  ishlansa  (buni  amalga 
oshirish  mumkin),  unda  qariyb  8-10  mln  tonna  shartli  yoqilg‘ini  suyuq  yoki  gaz 
shaklida  ajratib  olish  mumkin.  Ekologik  samaradorlik  esa  5  yil  ichida  sarflangan 
dastlabki 7-8 mlrd. rubl hisobiga 25 mlrd rublni tashkil etadi. 
Yuqorida  aytib  o‘tganimizdek,  agar  O‘zbekistoning  yirik  chorvachilik 
komplekslarida yiliga 19 mln m
3
 suyuq go‘ng yig‘ilib qolgudek bo‘lsa, undan 1900 
mln m
3
 biogaz olish mumkin. Bundan 5,7 mln m
3
 suyuq go‘ng, 570 mln m

biogaz 
va 2,5mln tonna organik o‘g‘itlar Buxoro viloyati ulushiga to‘g‘ri keladi. 
Hozirgi paytda chorvachilik va parrandachilik komplekslaridagi chiqindilarga 
ishlov berish va ulardan biogaz hamda biogumus olishning 4 ta usuli mavjud: 
1. Mezofil usuli. 
2. Termofil usuli. 
3. Sof biologik usuli. 
4. Qo‘shma usul. 
Hozirgi  paytda  chiqindilar  tarkibiga  biostimulyator  kirgizib,  uni  15-20
0
S  da 
mezofil  usuli  bilan  achitish  texnologiyasi  keng  tarqalgandir.  Mezofil  usuli  (past 
haroratli  usuli)  ning  texnologik  jarayonlari  uzluksiz  kechadi,  chiqindilarni 
yig‘ishdan  boshlab,  biogaz  va  biogomus  olishgacha  bo‘lgan  barcha  jarayonlar 
avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgandir. Gumus suyuq holatda qo‘llanilib, 
biogaz hosil qilish ancha samarali hisoblanadi. 
Ammo  bizning  sharoitimizda  biostimulyatorlar  qo‘shib  go‘ngni  mezofill 
usulida  achitib  biogaz  va  biogomus  olish  uncha  samarali  emas,  chunki  bu  usul 
qo‘shimcha  mablag‘ni talab qiladi, mikroorganizmlarni  o‘stirish    va  ularni saqlab 
qolish  uchun  maxsus  laboratoriyalar  ochishni  taqozo  etadi.  Lekin  mezofil  usuli 
termofil  (yuqori  haroratli)  usuliga  nisbatan  arzonroqdir.  Chunki  termofil  usuli 
qo‘shimcha issiqlik energiyasini talab qiladi, holbuki, yoqilg‘i narxi kundan-kunga 


181 
 
ortib  bormoqda.  Sanoati      rivojlangan  mamlakatlarda  texnologik  jarayonlarning 
samarali  kechishi  uchun  qo‘llaniladigan  suvning  sifati  ular  uchun  qo‘shimcha 
muammolarni tug‘dirmaydi. 
Agar  Markaziy  Osiyoning  quruq  mintaqasi,  tabiiy  iqlimi,  suvi,  tuproq 
xususiyatlarini  inobatga  olsak,  chiqindilarni  qayta  ishlash  muammosini 
Yevropadagi  texnologiyalar  va  vositalarni  takomillashtirmasdan,  suv  bilan 
ta’minlanmasdan  va  qo‘shimcha  mikrobiologik  ta’minoti  xizmatlarini  yo‘lga 
qo‘ymasdan  yechib  bo‘lmaydi.  Agar  ushbu  chora-tadbirlarni  amalga  oshirmoqchi 
bo‘lsak, unda faqatgina bitta kompleksning narxi 2,5-3 barobarga oshib ketadi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish