11.5. Biogaz va biogumus ishlab chiqarish texnologiyasi va uning
istiqbollari
Jahon amaliyotida chorvachilik, parrandachilik, uy-ro‘zg‘or va o‘simliklar
chiqindilariga ishlov berish texnologiyasi yangi emas. Ko‘pgina mamlakatlar
(Gollandiya, Daniya, Shvetsiya, Germaniya, AQSh, Angliya)dagi fermer
xo‘jaliklari biogaz, biogumus, issiqlik energiyasi va yoqilg‘iga bo‘lgan o‘z
ehtiyojlarini go‘nglarga va chiqindilarga kichik zavodlarga ishlov berish yo‘li bilan
qondirib kelmoqdalar.
Biogaz qurilmalarida go‘ngni metanli achitish unda 97 % gacha azot saqlash
imkonini beradi, go‘ngni kompost to‘dasi esa 40% dan 50% gacha azotni saqlaydi.
Qishloq xo‘jalik chiqindilaridan biogazning chiqish miqdori quyidagi 11.3-
jadvalda keltirilgan.
11.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |