Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


– rasm. Biogaz va biogumus olish qurilmasining tamoyilial sxemasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   189
Bog'liq
ekologiya

11.1– rasm. Biogaz va biogumus olish qurilmasining tamoyilial sxemasi. 
1.  Reaktor  (go‘ngni  achitish  kamerasi).  2.  Aralashtirgich.    3.  Quyosh  radiatori.  4. 
Gaz  yondirgich.  5.  Gazni  haydovchi  vakuum  kompressor.6.  Gazgolder  (gazni  tozalash 
tseolit  filtri).7.  Suvni  qizituvchi  qozon.8.  Teplitsa  (issiqxona)  9.  Tayyor  biomassani 
to‘qish joyi. 
 
Biomassa  achiganda  undan  chiqadigan  biogazni    kompressorlar  yordamida 
gaz  golderga  haydaladi.  Biogaz  tseolit  filtridan  alohida  yoki  navbat  bilan  o‘tib 
oltingugurt  vodorodi,  azot  va  boshqa  gazlardan  tozalanadi.  Qurilmada  tozalangan 
va tozalanmagan gazlarni tahlil qilish uchun namunalar olish joyi mavjud. Bundan 
tashqari,  yoz  paytlarida  achitish  kamerasidagi  suvni  quyosh  isitgichlari  isitilib, 
kerakli  harorat  ta’minlanadi.  Markaziy  Osiyo  sharoitida  bir  yilda  8  oy  quyoshli 
kunlar  bo‘lib  turishi  va  ushbu  arzon  quyosh  energiyasini  qo‘llash  natijasida 
olinadigan biogazning  tannarxi  boshqa  mintaqalarda olingan  biogazlarga  nisbatan 


176 
 
ancha  arzonga tushadi. Qish paytlarida esa, kerakli harorat  elektr  isitgichlari  yoki 
gaz  yondirgichi  yordamida  ta’minlanadi.  Ishlov  berilgan  biomassa  yer  tubida 
joylashtirilgan  maxsus  idishga  to‘kiladi.  Achitish  kamerasidan  ajralib  chiqadigan 
biogazni  issiqxona (teplitsa) qozoniga yuborish mumkin va u yerda ekologik toza 
qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  yetishtirish  mumkin.  Biogaz  olish  uchun  quyosh 
energiyasidan foydalanish harajatlarni 30-70% ga kamaytiradi. 
Qurilmaning ishlash tamoyili quyidagilardan iborat: toza go‘ng yoki parranda 
chiqindilarini  achitish  kamerasiga  yuklab,  1:4  nisbatida  suv  qo‘shiladi  (80% 
namlik),  kamera  zich  yopiladi,  kerakli  50-55°C  harorat  qizitgichlar  yordamida 
ta’minlanadi.  Biomassa  tez-tez  aralashtirilib  turiladi,  harorat,  bosim  va  muhit 
kislotaliligi  (RN)  nazorat  qilib  turiladi.  Biomassadan  biogaz  olish  uchun  ushbu 
texnologik jarayon 10-12 sutka davom etadi. Olingan gazning tarkibida oltingugurt 
vodorodi bo‘lganligi uchun u nihoyatda hidli bo‘ladi. Tozalangan (filtrlangan) gaz 
esa  hidsiz  bo‘ladi.  Tozalangan  gazda  metanning  miqdori  82%  gacha  bo‘lishi 
mumkin.  RN  qiymati  esa  7,0-7,8  atrofida  bo‘ladi.  Chiqindilarni  dastlabki 
achitishda  CO
2
  ning  miqdori  36%  ni  tashkil  etadi,  keyinchalik  u  kamayib,  metan 
miqdori oshadi. Ajralib chiqish davriga qarab azotning miqdori 16% gacha yetadi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  biogazning  chiqish  miqdori  qo‘llaniladigan 
suvning  tabiatiga    bog‘liqdir.    Masalan,  oddiy  vodoprovod  suvidan  qo‘llaganda 
achitish  kamerasining  har  1  m
3
  hajmidan  0,7-1,2  m
3
  biogaz  olish  mumkin. 
Termofil  (50-55°C)  rejimida  distillangan  toza  suvdan  qo‘llaganda  achitish 
kamerasining  har  1m
3
  hajmidan  4m
3
  gacha  biogaz  olish  mumkin.  Yuqori 
unumdorli  organik  o‘g‘itlarda  fosfor,  kaliy  va  azot  birikmalari  96%  gacha 
saqlanadi. Ozuqa potensiali bo‘yicha 1 kg biogumus 7 kg ko‘milgan go‘ngga yoki 
3,5  kg  toza  go‘ngga  tengdir.  1m
3
  biogaz  olish  uchun  takriban  1,2  kg  quruq 
biomassa kerak bo‘ladi. 
Horijiy mamlakatlardagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, biogaz qaysi joyda hosil 
qilingan  bo‘lsa,  o‘sha  yerda  ishlatilishi  kerak.  Chunki  biogazni  suyuqlikka 
aylantirish yoki uni katta bosimlar ostida quvurlarda yuborish mahsulot tan narxini 
oshishiga sabab bo‘ladi. 


177 
 
Ukraina  gaz    ilmiy-tadqiqot  institutida  yaratilgan  metanni  metanolga 
aylantirish yangi texnologiyasi bir sutkada 100 litrdan  o‘nlab tonnagacha metanol 
olish qurilmasining yaratish imkonini beradi. Buxoro OO va YeSTI da yaratilgan 
qurilma  metantenkining  hajmi  2x50  m
3
  bo‘lib,  uni  150  bosh  qoramolga  
mo‘ljalllangan  fermalarda  ko‘rish  mumkin,  fermani  va  ferma  atrofidagi  aholi 
punktini  elektr  energiyasi,  issiqlik  va  suv  bilan  ta’minlash  imkoniyatiga  ega. 
Fermadagi chiqindilardan 420 tonna biogumus olish mumkin, metan miqdori 85% 
bo‘lganda 7 ming m
3
 biogaz yoki 55 ming litr metanol olish mumkin. Qurilmaning 
narxi  16  mln  so‘m  bo‘lib,  unga  sarflangan  harajatlar  bir  yilda  qoplanadi.  Bunday 
kompleksning narxi 7 mln. so‘mni tashkil etadi va qurilmaga sarflangan harajatlar 
bir yilda qoplanadi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash kerakki,  biogaz qurilmalarini  500  dan  5  ming  bosh 
chorva  mollariga  mo‘ljallangan  fermalarda,  semirtirish  bazalarida  qurish  eng 
samarali  hisoblanadi.  Chunki  hosil  bo‘lgan  biogazni  yoki  metanolni  maxsus 
avtomobillarga  yoki  idishlarga  quyish  oson  bo‘ladi,  hosil  bo‘lgan  o‘g‘itni 
granulaga aylantirish mumkin. Natijada ko‘p mablag‘ sarflashga hojat qolmaydi. 
Davriy  ishlaydigan  biogaz-biogumus  komplekslarini  50  ming  dan  500  ming 
parrandaga  mo‘ljallangan  fermalarda,  jamoa  va  fermer  xo‘jaliklarida  kurish 
maqsadga  muvofiqdir.  Reaktor  yoki  reaktorlarning  hajmi  50m
3
  dan  200m

gacha 
bo‘lishi mumkin. 
Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan 
kelib chiqqan holda quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: 
1.  Chorvachilik,  cho‘chqachilik  va  parrandachilik  fermalarida  kundalik 
chiqindilarga  qayta  ishlov  berish  va  fiziologik  sharoitlarni  yaratish  yo‘li  bilan 
chorva mollari va parrandalarning kundalik og‘irligini 40% ga oshirish mumkin. 
2.  Biogumus  bilan  ishlov  berilgan  har  bir  gektar  yer  sabzavot  va  poliz 
mahsulotlari unumdorligini 3-4 marotaba oshiradi. 
3.  Ishlov  berilgan  suyuq  yoki  yarim  quruq  go‘ngdan  sug‘orish  paytida 
foydalanilganda  tuproqdagi  g‘ovakliklar  kolemenatsiya  bo‘lib,  tuproq 
singdiruvchanligi  keskin  kamayadi.  Suv  ta’sirida  mineral  moddalarning  yuvilib 


178 
 
ketishi oldi olinadi, tuproq eroziyasi to‘xtatiladi, o‘g‘itning ko‘p qismi o‘simliklar 
tomonidan o‘zlashtiriladi. 
4.  Go‘ng  tarkibidagi  kerakli  oziqabop  moddalar  (protein,  klechatkalar  va  b.) 
tuproqning unumdor qatlamini boyitadi, chunki ular tuproqdagi mikroorganizmlar 
uchun ham yashash joyi va ham ozuqa rolini  o‘ynaydi. Mikroorganizmlar nafaqat 
tuproqda, balki biosferada global jarayonlarning kechishiga katta hissa qo‘shadi. 
5.  Go‘ng  bilan  ishlov  berilgan  yerlardan  o‘stirib  olingan  yashil  o‘simliklar 
tarkibida  ho‘l  proteinning  miqdori  nihoyatda  ko‘p  (1,5-2%  atrofida)  bo‘ladi. 
Yerning sug‘orilgandan keyin azot va oqsilli azotning miqdori 1,5 marotabagacha 
oshadi.  Go‘ng  tarkibidagi  biogen  moddalar  mineral  o‘g‘itlarni  sarflash  imkonini 
yaratadi,  tuproqning  eroziyaga  uchrashishi  va  sizot  suvlarini  ifloslanishining  oldi 
olinadi. 
6.  Ishlov  berilgan  go‘ng  bilan  yerni  o‘g‘itlash  tuproqning  yumshashiga, 
yoqilg’ini  sarflashini  kamaytiradi  va  yerlarni  haydash  (kultivatsiya  qilish, 
shudgorlash)  paytida  sarflanadigan  energiyalarni  tejashga  imkon  beradi.  Natijada 
agregatlarni iste’mol quvvati 2 barobar kamayadi. 
7.  Tuproq  eroziyaga  uchraganda  suv  tuproqdagi  eng  kerakli  moddalarni-
gumus  va  mineral  hamda  organik  o‘g‘itlarni  yuvib  ketadi.  Gumus  bilan 
o‘g‘itlangan  yerlarning  sho‘rlanish  darajasi  keskin  pasayib,  sho‘r  yuvish  ishlari 
kamayadi. 
8.  Qishloq  xo‘jalik  sohasida  biogaz  (metanol)  qayta  tiklanuvchi  yoqilg‘i 
hisoblanadi.  Ammo  biogaz  texnologiyasining  amalga  joriy  etish  birdaniga 
iqtisodiy  daromad  keltirmaydi.  Yer  unumdorligini  oshirish,  atrof-muhit 
ekologiyasini  yaxshilash,  arzon  va  yetarli  bo‘lgan  chorvachilik  va  parrandachilik 
chiqindilariga  qayta  ishlov  berish  hisobiga  katta  iqtisodiy  daromad  ko‘rish 
mumkin. 


179 
 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish