Biologik xilma-xillik
– bu jamiyat ehtiyojini iqtisodiy, ekologik va
madaniy-estetik jihatdan qondirishning zaruriy potensial zahirasidir. Hozirgi kunda
biologik resurslarga inson ta’siri o‘smoqda. Bunga asosiy sabab, aholining o‘sishi,
qishloq xo‘jaligi va sanoatning rivojlanishi, savdo, ishlab chiqarish, dunyo
bo‘yicha turli-tuman ehtiyojlarning oshishidir.
Inson faoliyatining rivojlanishi natijasida o‘rmonlarni kesish, cho‘llarni
haydash, botqoqlarni quritish, sahroga suv chiqarish kabi tabiiy ekotizimlarning
buzilishi ro‘y bermoqda. O‘simlik, hayvon yoki biron bir bakteriyaning
191
yo‘qotilishi oziq zanjirning uzilishiga olib keladi. Bu holatni esa yuqori
rivojlangan texnologiya ham to‘xtata olmaydi. Tabiiy ekotizimdagi turlarning
yo‘qolishi va notirik komponentlarning o‘zgarishiga qarshi 1992 yil Braziliyaning
Rio-de-Janeyro shahrida biologik xilma-xillikni asrash bo‘yicha Xalqaro
Konvensiyaga imzo chekildi. Konvensiyada biologik xilma-xillikni saqlash,
biologik xilma-xillik komponentlaridan oqilona foydalanish, davlatlararo genetik
resurslar va moddiy resurslardan, xalqaro savdoda teng huquqlilik, hamma qonun
doirasiga mos keluvchi texnologiyalardan foydalanib ish yuritishi ko‘zda tutilgan
edi. Hozirgi kunda 170 dan ortiq mamlakat Konvensiyani tasdiqlashdi.
O‘zbekiston 1995 yil iyun oyida Konvensiyani tasdiqlash to‘g‘risida imzo chekdi.
Respublikamizda “Biologik xilma-xillikni saqlash. Milliy strategiya va harakat
rejasi” dasturi 1998 yilda qabul qilingan bo‘lib, o‘simlik va hayvonot dunyosining
tur tarkibi tahlilini, zaruriy xilma-xillikni baholash va ekotizimdagi zamonaviy
asosiy sinflar statusini ko‘rib chiqishni vazifa qilib qo‘yadi. Shuni aytish joizki,
hozirgi paytda respublikamizda 15 ming turdagi hayvonlar, 4500 ga yaqin
o‘simliklar turlarining ro‘yxati olingan. Shulardan 184 turdagi hayvonlar, 324
turdagi o‘simliklar respublikamiz “Qizil kitobi”ning keyingi nashriga kiritilgan.
Respublikamizda biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha 8 ta qo‘riqxona, 2 ta
milliy bog‘, 1 ta biosfera rezervati va boshqa muhofazalangan tabiat ob’yektlari
faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston bioxilma-xilligi asosini yovvoyi umurtqali hayvonlarning 702
turi va umurtqasiz hayvonlarning 14900 ga yaqin turi (shulardan sut emizuvchilar
107 tur, qushlar – 448, repteliyalar – 60, suvda va quriqlikda yashovchila – 3,
baliqlar – 84, hashoratlar – 11000, mollyuskalar – 223, xalqali chuvalchanglar –
61, yumoloq chuvalchanglar – 1179, yassi chuvalchanglar – 533, eng sodda
hayvonlar – 850), yovvoyi holda o‘sadigan o‘tkazuvchi to‘qimali o‘simliklarning
4500 ga yaqin turi (yo‘sinlar – 150 ga yaqin, qirqbo‘g‘imlar – 2, qirqquloqlar – 19,
ochiqurug‘lilar – 18, yopiqurug‘lilar – 4320), suvo‘tlarning 2548 turi,
zamburug‘larning 2102 turi, lishayniklarning 500 ga yaqin turi, bakteriyalarning
192
2000 ga yaqin turi (keng ma’noda), sianobakteriyalarning 822 turi va viruslarning
300ga yaqin turi tashkil etadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biologik xilma-xillik Yer yuzidagi
barcha ekotizimlarda mavjud. Biron bir turning yo‘qolishi yoki kamayib ketishi
har xil tur populyasiyasi uchun noqulaylik keltirib chiqaradi. Chunki turlar doimo
bir-biri bilan turlicha o‘zaro bog‘langan. Suv ekotizimi va quruqlik ekotizimlarida
turlar xilma-xilligini saqlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan bir bo‘lib
qolmoqda. Tabiatdagi jamiki resurslardan oqilona foydalanmasligimiz oqibatida
qanchadan- qancha turlar va notirik komponentlar xavf ostida qolayapti.
Tabiatning chiroyli manzarasi, ko‘rkam go‘shalari, o‘zining hayvonot va o‘simlik
olamining g‘aroyibotligi bilan ajralib turuvchi biosferani saqlash har birimizning
burchimizdir. Maxsus muhofaza etiladigan hududlar yaratish; tabiat yodgorliklari
yoki o‘rmon rezervatlarini saqlash; qo‘riqxonalar, buyurtmaxonalar, milliy parklar
(bog’lar) barpo etish; noyob endemik va relikt turlarni “Qizil kitob”ga kiritish;
Botanika bog‘larida sun’iy ekotizim yaratish, pitomniklar qurish, genofondni
yaratish bugungi kunning asossiy vazifalaridan biridir
3
. SHuni ta’kidlash kerakki,
biologik xilma-xillik, hayvon va o‘simliklarning genetik resurslari maxsus
muhofaza qilinadigan hududlarda samarali saqlanayapti, biroq ular qiyosiy
darajada katta bo‘lmagan maydonlarni tashkil etadi. Shunday qilib, O‘zbekistonda
maxsus muhofaza qilinadigan hududlar respublika maydonining 4,6 % qismini
tashkil etadi. Qo‘riqxonalar esa 227, 4 ming gektar yerni, ya’ni taxminan 0,5 %
maydonni tashkil etadi.
Demak, maxsus muhofaza choralarini talab qiluvchi turlarni saqlash,
tiklashga doir biologik xilma-xillikni asrash bo‘yicha mukammal dasturlarni ishlab
chiqish kerak.
Bioxilma-xillik davlat va xalq rivojlanishida qay darajada muhimligini to‘liq
tushunish uchun birinchi navbatda uning aslida nima ekanligini bilishimiz lozim.
Odatda, “bioxilma-xillik nima?” deb so‘rasangiz, ko‘pchilik oddiy qilib “tabiat”,
yoki “yovvoyi hayot” deb javob beradi. Aslida, bioxilma-xillik bu hayotning
3
Биоразнообразие Западного Тянь-Шаня: Охрана, рациональное использование, 2002.
193
hamma turini va sayyoramizda yashab turgan barcha tabiat tizimlarini o‘z ichiga
qamrab olgan keng tushunchadir.
Bioxilma-xillik muqim tushuncha emas. U tabiatning barcha biologik
qismlarining bir-biriga bog‘liqligini bildiradi.
Bu tushuncha ko‘pincha uch qismga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |