209
boshqaruv va tabiatni muhofaza qilish va ekologiya idoralarning qarori bilan
ularning faoliyati cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi, tugatilishi yoki o‘zgartirilishiga
erishish mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslar ekologik zararli korxona faoliyatini
to‘xtatish to‘g’risida sudga da’vo bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Zaharli chiqindilarni tashlash natijasida ekinlarni, baliqlarni nobud qilish,
tabiiy ob’yektlarni buzish, yetkazilgan zarar uchun korxonalar, mansabdor
shaxslardan va fuqarolardan belgilangan tartibda tovon pulini undirish majburiydir.
Mavjud qonunchilikda tabiatdan oqilona foydalanish, yangi, kam chiqindili
texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlarini amalga oshirgan korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun rag’batlantirish ko‘zda tutilgan.
Asosiy qonunda tabiatdan umumiy va maxsus yo‘sinda foydalanish shartlari
berilgan. Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish-tabiat qo‘ynida dam olish, baliq
ovlash, o‘simliklar terish va boshqalar fuqarolar uchun tekinga, hech qanday
ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi. Tabiatdan maxsus foydalanish korxonalar,
tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va o‘ziga xos faoliyatni amalga oshirish
uchun tabiiy resurslardan haq olib va maxsus ruxsatnomalar asosida egalik
qilishga, foydalanish yoki ijaraga beriladi. Tabiiy resurslardan foydalanishda
maxsus me’yorlar (limit) belgilanadi. Tabiatdan foydalanishning ijaraga olish,
listenziya, shartnoma va boshqa shakllari mavjuddir. Tabiatdan foydalanish talab
va me’yorlar darajasida bo‘lmasa ruxsatnomalar va ijara shartnomalari bekor
qilinadi va tabiatdan foydalanuvchi keltirilgan zararni qoplashga majbur bo‘ladi.
Atrof-muhit va inson salomatligiga zarar yetkazadigan faoliyat, ekologik
qonunbuzarliklar uchun mansabdor shaxslar va fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi
qonunlariga muvofiq intizomiy, fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka
tortilishi mumkin.
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g’risida»gi qonunning 47-moddasiga ko‘ra -
«Tubandagi hollarda:
- tabiatni muhofaza qilishning standartlari,
normalari, qoidalari va boshqa
normativ-texnik talablarni buzishda, shu jumladan korxonalar, inshootlar, transport
vositalari va boshqa ob’yektlarni rejalashtirish, qurish, rekonstrukstiyalash, ulardan
210
foydalanish yoki ularni tugatish chog’ida, ekologiya nuqtai nazardan xavfli
mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning
belgilab qo‘yilgan ekologiya sig’imini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda;
- tabiiy boyliklardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya
ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda;
- tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitga zararli
moddalar chiqarganlik va oqizganlik, qattiq chiqindilar joylashtirganlik, bu
muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir ko‘rsatishning boshqa turlari uchun
belgilangan haqni to‘lashdan bosh tortganlikda;
- tabiatni muhofaza qilish ob’yektlarini qurish rejalarini, tabiatni muhofaza
qilishga doir boshqa
tadbirlarni bajarmaslikda;
- atrof tabiiy muhitni tiklash, unga bo‘ladigan zararli ta’sir oqibatlarini
bartaraf etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini
ko‘rmaganlikda;
- tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan
idoralarning ko‘rsatmalarini bajarmaganlikda;
- alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ob’yektlarning huquqiy
tartibotini buzganlikda;
- ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini, kimyolashtirish vositalarini,
shuningdek radioaktiv va zararli kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan
foydalanish, ularni zararsizlantirish va ko‘mib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza
qilish talablarini buzganlikda;
- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga
oshiruvchi mansabdor shaxslarning ob’yektlarga borishiga, ayrim shaxslar va
tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilotlariga esa huquq va vazifalarini ro‘yobga
chiqarishlariga to‘sqinlik qilinganda;
- atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslaridan foydalanish to‘g’risida
o‘z vaqtida va to‘g’ri axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga binoan intizomiy, ma’muriy, jinoiy va
boshqa yo‘sindagi javobgarlikka tortiladilar».
212
qabul qilish katta ahamiyatga egadir. Har bir fuqaro o‘zining ekologik huquq va
majburiyatlarini bilishi, qonunlarga rioya qilishi lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: