Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


- BOB. EKOLOGIK QONUNCHILIK VA BARQAROR RIVOJLANISH



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   189
Bog'liq
ekologiya

13- BOB. EKOLOGIK QONUNCHILIK VA BARQAROR RIVOJLANISH 
KONTSEPSIYASI 
13.1. Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy asoslari 
Ekologik  havfsizlik
  deganda  atrof  tabiiy  muhit  holatini  organizmlarning 
hayoti uchun ehtiyojlariga javob bera olishi, yoki insonlar uchun sog’lom, toza va 
qulay  tabiiy  sharoitga  ega  atrof-muhit  tushuniladi.  Ekologik  xavfsizlikni 
ta’minlash uchun har bir alohida davlat ma’lum ekologik siyosatni olib boradi.  
Ekologik  tahdidlar
  deganda  atrof-muhit  holati  va  insonlarning  hayot 
faoliyatiga  bevosita  yoki  bilvosita  zarar  yetkazadigan  tabiiy  va  texnogen 
xarakterdagi  hodisalar  tushuniladi.  Ekologik  tahdidlarning  mahalliy,  milliy, 
mintaqaviy  va  global  darajalari  ajratiladi.  Ekologik  tahdidlar  darajalari  shartli 
ajratilgan.  Aholining  ichimlik  suv  bilan  ta’minlanishi,  havoning  ifloslanishi, 


205 
 
chiqindilar  muammosini  mahalliy  darajadagi  ekologik  tahdidlar  qatoriga  ham 
kiritish mumkin. 
 
O‘zbekiston  Respublikasida  ekologik  xavfsizlikni  ta’minlash    strategiyasi 
ekologiya  sohasidagi  shaxs,  jamiyat  va  davlatning  O‘zbekiston  Respublikasining 
milliy  xavfsizlik  Konstepstiyasi  va  Konstitustiyasida  belgilangan  hayotiy  zarur 
manfaatlaridan kelib chiqadi. 
 
Shaxsning hayotiy zarur manfaatlariga: 
-  insonning  hayot  faoliyati  uchun  optimal  ekologik  sharoitlarni  ta’minlash, 
aholi salomatligini himoya qilish kiradi; 
Jamiyatning hayotiy zarur manfaatlariga: 
- barqaror ekologik vaziyatni  qaror toptirish, aholi salomatligini ta’minlash, 
sog’lom avlodni shakllantirish kiradi; 
-  barqaror  rivojlantirish,  mintaqada  ekologik  vaziyatning  barqarorligi, 
sog’lom turmush tarzini shakllantirish; 
- iqtisodiyotning ustutvor tarmoqlarida ilmiy-texnik rivojlantirishning yuqori 
darajasini ta’minlash; 
- milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratish, O‘zbekistonning kollektiv 
xavfsizlik  va  hamkorlikning  mintaqaviy  va  global  tizimlari  tarkibiga  tabiiy 
qo‘shilishini ta’minlash kiradi. 
 
Har  bir  alohida  mamlakatda  ekologik  xavfsizlikni  ta’minlashning  ustuvor 
yo‘nalishlari  mavjuddir.  O‘zbekistonda  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  atrof-
muhitni ifloslanishdan saqlash borasida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshdi. 
Ekologik  xavfsizlikni  ta’minlash  va  ekologik  tahdidlarning  oldini  olish 
uchun  O‘zbekistonda  birinchi  navbatda  quyidagi  tadbirlarni  amalga  oshirish 
maqsadga muvofiqdir: 
 
1.  Tabiiy  resurslardan,  shu  jumladan,  suv,  yer,  mineral  xom  ashyo  va 
biologik resurslardan kompleks foydalanish; 
 
2.  Respublika  hududida  atrof-muhit  ifloslanishini  ekologo-gigiyenik  va 
sanitar me’yorlargacha kamaytirish; 
 
3.  Ekologik  falokat  zonasi-Orolbo‘yida,  shuningdek  mamlakatning  boshqa 


206 
 
ekologik  nomaqbul  hududlarida  ekologik  holatni  tiklash  va  sog’lomlashtirish 
bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish; 
 
4.  Respublika  aholisini  sifatli  ichimlik  suvi,  oziq  mahsulotlari,  dori-
darmonlar bilan ta’minlash; 
 
5. Ekologik toza va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilish; 
 
6.  Ekologiya  sohasida  ilmiy-texnik  salohiyatni  oshirish,  fan  va  texnika 
yutuqlaridan foydalanish; 
 
7. Aholining ekologik ta’limi, madaniyati, tarbiyasi tizimini rivojlantirish va 
takomillashtirish; 
        8.  Ekologik  halokatlar,  ofatlar,  favqulodda  vaziyatlar,  avariyalarning  oldini 
olish va oqibatlarini tugatish; 
 
9. Ekologik muammolarni hal qilishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni 
chuqurlashtirish va boshqalar. 
Mamlakatning  tashqi  va  ichki  ekologik  siyosatini  jahon  talablari  doirasida 
olib  borishda  qonuniy  hujjatlar  hal  qiluvchi  rol  o‘ynaydi.  Mustaqillik  yillarida 
O‘zbekistonda 120 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilingan. 
Ekologik  qonunchilikning  maqsadi  insonlarning  salomatligi,  mehnati  va 
maishiy sharoitlari to‘g’risida g’amho‘rlik qilish hisoblanadi. 
Ekologik  qonunchilik  bir  necha  darajalarni  o‘z  ichiga  oladi.      O‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitustiyasining  normalari  ekologik  qonunchilikning  asosini 
tashkil  qiladi.  1992  yil  8  dekabrda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitustiyasi  asosiy  qonun  hisoblanib,  hamma  uchun  majburiy  va  oliy  yuridik 
kuchga egadir. 
 Atrof  muhitni  muhofaza  qilish  masalalari  Konstitustiyaning  50,  54,  55  va 
100-moddalarida berilgan. Konstitustiyaning 50-moddasida «Fuqarolar atrof-tabiiy 
muhitga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo‘lishga  majburdirlar»  deb  ta’kidlanadi. 
Ushbu  talabga  ko‘ra  O‘zbekistonning  har  bir  fuqarosi  atrof  tabiiy  muhitni 
muhofaza qilishi va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish talablariga to‘la amal 
qilishi shartdir. 
Asosiy  qonunning  54-moddasiga  ko‘ra,  jamiyatning  iqtisodiy  negizlaridan 


207 
 
biri bo‘lgan mulkiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga mos ravishda 
e’tirof etiladi. Lekin mulkdor mulkiga o‘z xohshicha egalik qilishi, foydalanishi va 
uni tasarruf etishi hech qachon ekologik muhitga, ya’ni atrof-muhit holatiga zarar 
yetkazmasligi kerak. 
Konstitustiyaning  55-moddasiga  muvofiq  «Yer,  yer  osti  boyliklari,  suv, 
o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  zahiralar  umummilliy 
boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».     
Umummilliy boylik tushunchasi jahon konstitustiyalari tarixida birinchi bor 
O‘zbekistonda qo‘llanilgan bo‘lib, u barcha turdagi mulk shaklini inobatga oladi. 
Lekin  barcha  tabiiy  ob’yektlar  o‘zbek  xalqining  mulki  bo‘lib,  uni  O‘zbekiston 
Respublikasi ilk  bor mustaqil tasarruf  etish  huquqiga  ega bo‘ldi. Endilikda  milliy 
boylik  bo‘lgan  barcha  tabiiy  zahiralardan  o‘ta  samaradorlik  bilan  foydalanish 
mamlakatimiz  rivojining  zaminidir.  Shuning  uchun  ham  davlat  ularni  o‘z 
muhofazasiga oladi. 
Konstitustiyaning  100-moddasiga  binoan  ilk  bor  shahar,  tuman,  viloyat 
mahalliy  hokimiyatlariga  o‘z  ma’muriy-hududiy  bo‘linmalarida  atrof-muhitni 
muhofaza qilish vakolati topshirilgan. Ularda  yashovchi  aholini  ekologik  jihatdan 
xavfsizligini  ta’minlash,  iqtisodiy-ekologik  tadbirlarni  uyg’unlashtirish,  hamda 
kelajak  istiqbollarini  belgilash  maqsadida  tabiiy  ob’yektlarni  muhofaza  qilish 
chora-tadbirlarini  tegishli  hududlar  bo‘yicha  ishlab  chiqish,  ulardan  foydalanish, 
egallash,  ijaralash  va  mulk  sifatida  berish  huquqini  yaratdi,  nazorat-javobgarlik 
mexanizmini takomillashtirishga imkon berdi. 
1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish