Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   189
Bog'liq
ekologiya

(a) Biologik xizmatlar:  
O‘zbekiston  qishloq  xo‘jaligiga  asoslangan  davlat.  Biroq,  qishloq  xo‘jaligi 
mahsulotlarining ishlab chiqarilishi tabiatning sifatiga bog‘liqdir. 
Bioxilma-xillik  mahsulotning  sifatida  o‘z  aksini  topadi.  Biologik  turlarning 
xilma xilligi qay darajada kam bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish doirasi tor bo‘ladi.   
(b) Mahsulotlardan to‘g‘ridan–to‘g‘ri foydalanish: 
Bizning 
davlatimizda 
bioxilma-xillikni 
kamayib 
borish 
sabablari 
quyidagicha:  
yog‘ochdan  o‘tin  sifatida,  o‘simliklardan  dorivor  va  ozuqa  sifatida 
foydalanish, hayvonlarni ovlash va hokazo. 


195 
 
Ko‘p  hollarda  bioxilma-xillik  mahsulotlaridan  foydalanish  tartibsiz  amalga 
oshiriladi, ya’ni tabiat qayta tiklaydigandan ko‘ra ko‘proq mahsulot ishlatiladi.  
O‘zbekistonda  bioxilma-xillik  yo‘qolishining  asosiy  sabablaridan  yana  biri 
qishloq  xo‘jaligi  yerlarining  kengayishi  oqibatida  biologik  turlar  yashash 
joylarining  buzilishi  hamda  bioxilma-xillik  mahsulotlari  va  xizmatlaridan 
nooqilona  foydalanishdir.  Natijada  tabiat  resurslari  miqdori  ozayadi  va 
degradatsiyaga uchraydi. 
O‘zbekiston  tabiiy  qo‘riqxonalari  hududlari  va  eng  muhim  biologik 
turlarning  tarqalish  hududlariga  (EMBTTH)  qishloq  xo‘jaligi  va  boshqa  ishlab 
chiqarish  tarmoqlari  kengayishining  oldini  olish  O‘zbekistonning  tabiiy 
qo‘riqlanadigan  hududlari  (TQH)  bioxilma-xillikni  saqlashdagi  asosiy  o‘zak 
hisoblanadi.  Shuning  uchun  hozirda  mamlakatdagi  eng  muhim  vazifalardan  biri 
“TQHlardagi  mavjud  bioxilma-xillikni  saqlashdir”.  Qishloq  xo‘jaligining 
rivojlanishi, aniqrog‘i, yangi hududlarning qishloq xo‘jaligiga tortilishi eng asosiy 
xavfdir.  TQHning  vazifasi  bunday  kengayishning  oldini  olish  va  iloji  boricha 
yovvoyi  turlarning  tarqalishiga  sharoit  yaratish  maqsadida  TQH  atroflaridagi 
hududlarni yoki EMBTTH larni tiklashdir. 
Buzilgan  ekotizimlarni  hamda  bioxilma-xillik  xizmatlari  va  funksiyalarini 
tiklash  va  rivojlantirish  vazifa,  maqsadi  mavjud  bo‘lgan  hududlarni  tiklash  va 
yaxshilash  bo‘lgan  loyihalarga  ko‘maklashishga  qaratilgan  bo‘lib,  bioxilma-xillik 
ob’ektlaridan  oqilona  foydalanish  va  ularni  saqlash  mumkin  bo‘lgan  hududlarda 
amalga oshirilishi mumkin. Bu vazifa hududlarin va biologik majmualarni nafaqat 
jismoniy  jihatdan  tiklashni  balki  ularni  boshqarishni  takomillashtirishni  nazarda 
tutadi. 
Mazkur  ish  tiklanayotgan  hududlar  orasida  aloqa  va  ekologik  butunlik 
bo‘lmasa  ma’nosiz  bo‘lib  qoladi.  Shuning  uchun,  topshirilyotgan  loyihalardagi 
tiklanadigan hududlar mavjud TQH larning va mavjud tabiiy majmualarning ichida 
yoki  atofida  joylashishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  bunday  hududlar 
hozirgi kungacha muhim biologik turlarning tarqalish hududlari hisoblanadi.  


196 
 
Bundan tashqari, mazkur vazifaga ekotizimning sog‘lom saqlanishiga ijobiy 
ta’sir  qiladigan  lekin  hozirda  buzilgan  xizmatlar  va  funksiyalarni  tiklash  ham 
kiradi. 
Bioxilma-xillikni  saqlash  milliy  strategiyasi  va  harakat  rejasida  (1998) 
maqsadli  masala  aniqlangan:  O‘zbekiston  va  Markaziy  Osiyo  bioxilma  xilligini 
namoyon  etuvchi  noyob  va  yo‘qolib  ketish  xavfi  ostidagi  turlarni  saqlash  va 
ko‘paytirish, ularni tabiiy sharoitlarga reintroduksiya qilish, ilmiy izlanishlar uchun 
ularni  saqlash  yo‘llari  va  kelajakda  ulardan  barqaror  foydalanish.  Bu  quyidagi 
maqsadlarni  o‘z  ichiga  oladi:  maxsus  markazlar  va  ko‘paytirish  bo‘yicha 
qo‘riqlanadigan  hududlar  institutini  rivojlantirish  va  bor  tajribaga  tayangan  holda 
mamlakatda  tabiatni  muhofaza  qilishda  bosh  maqsadlarga  erishish  uchun 
mavjudligi muhim deb tan olinayotgan jiddiy tahlika ostida turgan turlarni saqlash 
bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish. Turlarni aniqlash, yashab qolishini ta’minlash va 
bu turlarni ko‘paytirish institutini amaliy imkoniyati mavjudligini baholash uchun 
alohida  kuch  talab  qilinadi.  Noyob  va  yo‘qolib  borayotgan  turlarni    ko‘paytirish 
bo‘yicha  O‘zbekiston  imkoniyati  va  tajribasini  ko‘rib  chiqish,  xalqaro  texnik  va 
moliyaviy  yordam  potensial  manbalarini aniqlash. Noyob  va yo‘qolib  borayotgan 
turlarni  ko‘paytirish  bo‘yicha  markazlarni  tashkil  qilish  uchun  ma’lum  joylar  va 
ko‘paytirilayotgan  turlar  reintroduksiyasini  amalga  oshiriladigan  hududlarni 
aniqlash.  Biologik  xilma-xillikni  saqlash  va  bu  masalani  targ‘ibot  qilishda 
hayvonot  bog‘lari,  botanika  bog‘lari  faoliyatini  zamonoviy  vazifalarini  baholash. 
Noyob  va  yo‘qolib borayotgan  turlarni saqlash  sohasida xalqaro  tajriba bahosi va 
xalqaro texnik va moliyaviy potensial manbalarni baholash. 
Hayvonot  bog‘lari  hamda  botanika  bog‘larini  rivojlantirish  va  boshqarish 
bo‘yicha dasturni ishlab chiqish, bu dasturda asosiy diqqat bioxilma-xillikni saqlab 
qolish, ilmiy izlanishlar, targ‘ibot va ta’lim qismida O‘zbekiston uchun zarurligiga 
qaratiladi. 
O‘zbekistonda  ikkita  hayvonot  bog‘i  (Toshkentda  va  Termizda), 
shuningdek,  O‘zR  FA  “Botanika”  IIM  ga  qarashli  botanika  bog‘i  (Toshkentda) 
bor.  Toshkent  hayvonot  bog‘ining  (1924  yildan  beri  faoliyat  yuritadi)  asosiy 


197 
 
yo‘nalishi – noyob va yo‘qolib ketayotgan hayvon turlarining tirik kolleksiyalarini 
yaratish, ularni su’niy ko‘paytirish, respublika hayvonot olamini muhofaza qilishni 
targ‘ibot  qilish.  Hozirgi  paytda  Toshkent  hayvonot  bog‘ining  kolleksiyasi  124 
hayvon turidan tashkil topgan. Botanika bog‘i (1922 yildan beri) ilmiy-tekshirish 
instituti  huquqlari  ostida  5  ta  laboratoriyani  o‘z  ichiga  olgan  holda  faoliyat 
yuritadi:  ajnabiy  dendroflora  introduksiyalari,  mahalliy  flora  reintroduksiyalari, 
noyob  va  yo‘qolib  ketayotgan  o‘simliklarni  muhofaza  qilish,  gulli-dekorativ 
assortiment introduksiyasi, tibbiy va sanoat botanikasi.  
Tirik o‘simliklar kolleksiyasida mo‘tadil zonadan kelgan 6000 dan ortiq turi 
va  shakllari  mavjud.  Dendroflora  kolleksiyasi  2500  turni,  shu  bilan  birga  170 
ignabargli va 2200 o‘tsimon o‘simliklar turlarni o‘z ichiga oladi. Botanika bog‘ida 
yo‘qolib ketishi xavfiga uchragan o‘simlik turlari (lolalar, piyozlar, eremuruslar va 
b.)  yetishtiriladi,  shu  yo‘l  bilan  ularning  genofondining  saqlanishi  ta’minlanadi. 
Respublika  ekologiya  qo‘mitasi  “Jayron”  ekomarkazida  regional  va  global 
yo‘qolib  ketishi  xavfiga  uchragan  hayvonlar  (jayron,  qulon,  Prjevalskiy  tulpori) 
turlarini  saqlash  va  ularni  su’niy  ko‘paytirish  yuzasidan  ishlar  olib  borilmoqda. 
Buxoro  bug‘usini  (xongul)  ko‘paytirish  Zarafshon  qo‘riqxonasi  va  “Quyi 
Amudayo biosfera rezervati” ( avvalgi “Baday to‘qay”) qo‘riqxonalarining volyer 
majmualarida  amalga  oshirilmoqda.  O‘zbekistonda  1991  yildan  buyon  Tabiatni 
muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  (hozirgi  ekologiya  qo‘mitasi)  Bionazorat 
bo‘limida  noyob  turlarni  ko‘paytirish  bo‘yicha  maxsus  pitomnik  “TIN”  bazasida 
100  dan  ortiq  itolg‘i  ko‘paytirilgan.  Faqat  1997-1998  yillarda  50  ga  yaqin  yosh 
itolg‘ilar olingan. 
Toshkent  va  Termiz  hayvonat  bog‘larida,  Toshkent  botanika  bog‘ida  va 
“Jayron”  Ekomarkazida  ekskursiya  xizmatlari  ko‘rsatish  yo‘li  bilan  jamoatchilik 
orasida  maorif  va  ta’limni  rivojlantirish  bo‘yicha  maxsus  ish  dasturi  ishlab 
chiqilgan. Har  yili 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish