Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   189
Bog'liq
ekologiya

Energiya  oqimi.
  Ekotizimlardagi  organizmlarning  hayot  faoliyati  va 
moddalarning aylanishi uchun energiya talab etiladi. Yashil o‘simliklar hayot uchun 
zarur  bo‘lgan  kimyoviy  moddalarni  olib,  fotosintez  jarayonida  organik  birikmalar 
to‘playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday organizmlar 
– avtotroflar  deyiladi. 
O‘simliklar  va  boshqa  jonivorlar  bilan  oziqlanib  yashovchi  geterotroflar  esa 
oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga 
aylantiradi.  Ular  organik  moddalarni  o‘simlik  takror  foydalanishi  uchun  yaroqli 
bo‘lgan darajagacha parchalaydi. Shunday qilib, biogen moddalar tabiatda uzluksiz 
aylanib turadi. 
Geterotroflar  -  ya’ni  hayvonlar,  zamburug‘  va  bakteriyalar  ikki  guruhga 
bo‘linadi. Bulardan birinchisi  - iste’mol qiluvchilar, ya’ni konsumentlar bo‘lib, 
ozuqa sifatida tirik  organizmlardan foydalanib, organik moddalarni o‘zgartiruvchi, 
qisman parchalovchilardir. Lekin bu organizmlarning biror turi ham o‘simliklardagi 
organik  moddalarni  oxirigacha  parchalay  olmaydi.  Ular  organik  moddalarni 
muayyan darajagacha parchalay oladi. Bunday turlardan qolgan chiqindilar boshqa 
geterotrof  organizmlarga  yem  bo‘ladi.  Bular  –  redutsentlar,  ya’ni 
parchalovchilar  -  zamburug‘lar,  bakteriyalar  bo‘lib,  o‘lgan  organizmlardagi 
murakkab  organik  moddalarni  parchalab  oddiy  mineral  birikmalarga  aylantirib 
beradi. Bu birikmalar yana tabiiy muhitga qaytadi va avtotrof organizmlar (yashil 
o‘simliklar) tomonidan qaytadan o‘zlashtiriladi. 
Moddalarning  bunday  davriy  aylanishi  -  hayotning  davom  etishi  uchun 
zarur sharoit hisoblanadi, bu uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgandir. 
Shunday  qilib,  uzoq  evolyutsiya  jarayonida  vujudga  kelgan  bir  -  biriga 
bog‘liq  turlardan  barqaror  zanjirlar  paydo  bo‘ladiki,  bular  boshlang‘ich  ozuqa 


66 
 
moddalardan  energiya  va  moddalarni  birin  -  ketin  olib,  turli  yo‘llar  bilan  tabiatda 
moddalarning  davriy  aylanishini  ta’minlab  turadi.  Organizmlar  quyosh 
energiyasini  kimyoviy,  mexanik  va  issiqlik  energiyalariga  aylantiradi.  Bunda 
boradigan hamma o‘zgarishlar energiyani yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lib, u oxirida 
issiqlikka aylanib tarqalib ketadi. 
Organizmlar  orasida  oziq  uchun  o‘zaro  munosabatlar  o‘rnatiladi.  Natijada 
oziqlanish  zanjiri  hosil  bo‘ladi.  Oziq  zanjiri  esa  uchta  asosiy  bo‘g’indan  iborat 
bo‘ladi, ya’ni produtsentlar, konsumentlar, redutsentlardan. 
Har  bir  oziq  zanjirida  ma’lum  bir  trofik  bosqich  shakllanadi:  yashil 
o‘simliklar  -  organik  moddalarni  hosil  qilib,  birinchi  trofik  bosqichni;  fitofaglar 
ikkinchi,  etxo‘rlar  uchinchi  va  hokazo  bosqichlarni  hosil  qiladi.  Oziq  zanjiridagi 
hamma bo‘g’inlar o‘zaro bog‘liqdir. Bularning orasida birinchisidan to oxirigacha 
modda va energiya uzatilishi amalga oshiriladi.  

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish